1 shavkat zokirov


O`zbekiston-Afg`oniston munosabatlari



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/41
tarix23.03.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#89369
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
 
O`zbekiston-Afg`oniston munosabatlari. 
Siyosiy sohada. O`zbekiston Respublikasi bilan Afg`oniston o`rtasidagi diplomatik
aloqalar 1992-yilning oktabr oyida o`rnatilgan. 1982-yildan buyon Toshkentda 
faoliyat ko`rsatib kelgan Afg`oniston bosh konsulligi 1992-yilning oktabrida mazkur 
davlatning elchixonasiga aylantirildi. O`zbekiston Respublikasining konsullik 
vakolatxonasi esa 1992-yilda Afg`onistonning Mozori-Sharif shahrida o`z faoliyatini 
boshlagan edi. Afg`onistonda jangovar xarakatlar boshlanishi hamda Tolibon 


69 
gurixining hukumat tepasiga kelishi (1996 yil) natijasida faoliyati to`xtatilgan mazkur 
konsullik vakolatxonasi 2002-yil 15 yanvar kuni qaytadan ochilgan. 2002-yilning 
avgust oyida Afg`oniston poytaxti Qobul shaxrida O`zbekiston Respublikasining 
elchixonasi o`z faoliyatini boshladi .Ozbekiston bilan Afganiston o`rtasidagi aloqalar 
hamisha o`zaro xurmat va ishonch , do`stlik, yaxshi qo`shnichilik ,teng manfaati 
hamkorlik hamda ichki ishlarda aralashmaslik tamoillariga asoslangan holda 
rivpojlanib kelgan.2002-yilning 4-5 mart kunlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 
I.A Karimovning taklifiga binoan Afganiston Muvaqqat hukumati raisi H.Karziy 
O`zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi. Tashrif kunlari yuzasidan qo`shma bayonot 
qabul qilindi.Maskur bayonotga muvofiq,tamonlar Afgoniston iqsisodiyotini tiklash 
va obodonchiligi yo`lida muhim ahamiyatga ega bo`lgan suv elektr energiyasi, gaz, 
neft, qishloq xo`jaligi, yo`l qurilishi ,transport , sog`liqni saqlash , shifo maskanlarini 
barpo etish, mutahasislar tayyorlash va maorif sohalarida hamkorlik qilishga kelishib 
oldilar. 2002-yilning noyabr oyida Afganiston tashqi ishlar vaziri doktor A. 
Abdullaning O`zbekistonga tashrifi bo`lib o`tdi. Muzokaralar chog`ida transport 
komunikatsiyalari, va suv xo`jaligi, energetiga, geologiya, qurilish kabi sohalarda ikki 
tomonlama xamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi. O`zbekiston 
2002-yilning 22 dekabr kuni “ Yaxshi qo`shnichilik to`g`risida”gi Qabul 
deklaratsiyasini imzoladi va jahon hamjamiyatining Afg`onistonni qayta tiklash 
yo`lidagi sa`y-harakatlarini qo`llab-quvvatlashga tayyorligini izxor etdi.2003-yilnning 
23 sentabrida Dubay shahrida Qobul deklaratsiyasi imzochilari ishtirokida mintaqada 
tranzit va o`zaro savdo-sotiqni rivojlantirish borasida hujjat imzolandi. Ushbu hujjatni 
imzolanishi O`zbekiston ikki tamonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada 
rivojlantirishga jiddiy ahamiyat berayotganini ko`rsatadi. 2003 yil 8-9 dekabr kunlari 
O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri S.Safayevning qobulga rasmiy tashrifi 
bo`ldi. Tashrif davomida xay`at rahbari Afg`oniston Islom Davlati prezidenti
H.Karzay va bir qator afg`on rasmiy doiralari vakillari bilan muzokaralar olib bordi. 


70 
Muzokoralarda O`zbekistonning Afg`on iqtisodini tiklash jarayonidagi ishtirokini 
faollashtirish, ikki davlat o`rtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish 
masalalari muxokama etildi. Tashrif maboynida ikki davlat o`rtasida 
“Temir yo`l transporti sohasida hamkorlik” va “Savdo-iqtisodiy hamkorlik” 
to`g`risidagi bitimlar imzolandi. 2004-yilning 28-31 avgust kunlari O`zbekiston 
Respublikasi hukumatining taklifiga binoan Afg`oniston O`tish Islom Davlati Tashqi 
ishlar vaziri Abdullo Abdulloning O`zbekistonga rasmiy tashrifi bo`lib o`tdi. 
Muzokaralar chog`ida o`zbek-afg`on munosabatlarining bugungi ahvoli, ularni 
rivojlantirish istiqbollari, Afg`onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, mintaqa 
xavfsizligini ta`minlas, terrorizm va giyoxvand moddalar savdosiga qarshi birgalikda 
kurashish afg`on iqtisodini tiklash jarayonida O`zbekiston ishtirokini yanada 
kengaytirish hamda boshqa dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokama 
etildi. 2004-yil 7 dekabr kuni H.Karzayning inaugratsiya marosimida O`zbekiston 
Respublikasi tashqi ishlar vaziri S.Safayev ishtirok etdi.
2. Iqtisodiy sohada. H.Karzay boshchiligidagi Afg`oniston O`tish Islom Davlati 
hukumati hokimyatga kelganidan so`ng O`zbekiston bilan Afg`oniston o`rtasida 
savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning istiqbolli yo`nalishlari belgilab olindi. 
O`zbekiston Respublikasi hukumati Afg`onistonga ko`rsatilayotgan yordam 
samaradorligini ta`minlash maqsadida 2001 yilning 16 dekabr kuni “Hayraton” 
ko`prigini ochish to`g`risida qaror qabul qildi. 2002- yilning 27-30 yanvar kunlari 
Afg`oniston Muvaqqat hukumati raisi o`rinbosari X.M.Muhaqqyq boshchiligidagi 
delegatsiyaning Toshkentga tashrifi chog`ida neft, elektr energiyasi, irigatsiya, 
transport va yo`l qurilishi sohalarida hamkorlik qilishga oid vazirliklararo dastlabki 
kelishuv hujjatlari imzolandi. O`zbekiston Respublikasi hukumatining qaroriga 
muvofiq, 2002-yilning boshidan Afg`onistonning shimoliy hududlariga elektr quvvati 
uzatish tiklandi. 2002-yilning 26-dekabrida Afg`oniston transport infratuzilmasini 
tiklash maqsadida O`zbekiston, Eron va Afg`oniston mutaxassislari ishtirokida 


71 
Duhorun-Xirot –Termiz yo`lini qurish bo`yicha Toshkent shahrida uch tomonlama 
muzokaralar o`tkazildi. Mozori-Sharif –Qobul yo`lini tiklash bo`yicha loyhani amalga 
oshirishda O`zbekiston faol ishtirok etmoqda. Jumladan, mazkur yo`nalishda urush 
vaqtida vayron bo`lgan 10 ta ko`prikni qayta tiklash ishlari O`zbekiston 
mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi va foydalanishga topshirildi. 2003 yilning 
21-23 yanvar kunlari Afg`oniston savdo vaziri S.M.Kozimiy boshchiligidagi 
Afg`oniston xay`atining O`zbekistonga tashrifi chog`ida Afg`oniston O`tish Islom 
Davlati va O`zbekiston Respublikasi o`rtasida savdo-sotiq to`grisidagi kelushuvlar 
memorandumi imzolandi. O`zbekiston Respublikasi bilan Afg`oniston O`tish Islom 
Davlati o`rtasida Tranzit yuk tashish hamda Savdo bitimi matnlari o`sha yilning 
sentabr oyida Toshkent shahrida muvofiqlashtirildi. 2003 yilning 17-18 iyun kunlari 
O`zbekiston Respublikasi I.A. Karimovning Eronga rasmiy tashrifi doirasida
O`zbekiston Eron va Afg`oniston o`rtasida xalqaro transafg`on yo`lagini barpo etish 
bo`yicha uch tomonlama bitim imzolandi. Bugungi kunda tomonlar mazkur bitimni 
amalga oshirish maqsadida uch tomonlama Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish 
masalasini ko`rib chiqmoqdalar. 2003-yilning sentabr oyida Afg`oniston xalq 
manfaatlari vaziri Abdulla Ali O`zbekistonga tashrif buyirdi va O`zbekistonning 
mutasaddi vazirliklari va idoralari rag`barlari bilan Afg`onistonda transport 
infratuzilmalarini qayta tiklash , ko`priklar qurish hamda Termiz- Mozori-Sharif – 
Maymana –Xirot avtomobil yo`li qurilishiga o`zbek mutaxassislarini jalb qilish 
masalalarni muhokama etdi. 2003-yilning oktabr oyida Afg`oniston suv va energetika 
vazirligi mutaxassislaridan iborat hay`at va Afg`oniton transport vaziri Said 
Muhammad Ali Jovid boshchiligidagi rasmiy delegatsiya O`zbekiston vazirliklari va 
idoralari tomonidan qabul qilindi. Muzokaralar davomida Afg`onistonga elektr 
energiyasini uzatishni davom ettirish, ushbu mamlakatdagi elektr tarmoqlari 
inshoatlarini qayta tiklash, Afg`oniston transport vazirligining Termiz shahrida 
vakolatxonasini ochish hamda Termiz- Xayraton- Mozori-Sharif yo`nalishida temir 


72 
yo`l shoxobchasini qurish masalalarini muhokama etdi. 2003-yilning 9 noyabr kuni 
Termiz chegara hududida joylashgan Ayritom bojxona majmuasi rasmiy ravishda 
ishga tushirildi. Ushbu majmuaning ishga tushirilishi Afg`onistonga mo`ljallangan 
yuklarni qisqa vaqt ichida rasmiylashtirish va belgilangan manzilga yetkazib berishda 
muhim ahamiyat kasb etadi. 2004-yil 6-7 iyul kunlari Ag`onistonga O`zbekiston 
hukumat hay`ati tashrib buyurdi. Bo`lib o`tgan muzokaralar natijasiga ko`ra, Andxoy-
Hirot avtomabil yo`lini qayta qurish va ta`mirlash bo`yicha hamkorlik hususida 
hukumatlararo bitim imzolandi. 2005-yilning 2-6- yanvar kunlari Ag`oniston Islom 
Respublikasi xalq manfaatlari vaziri S.A.Safariy O`zbekistonga tashrif buyurdi. 
Tashrif chog`ida transafg`on transport yo`lagini barpo etish bo`yicha davlatlararo 
muvofiqlashtiruvchi kengashning birinchi yig`ilishibo`lib o`tdi (O`zbekiston, Eron va 
Afg`oniston) va ushbu transport tizimini shakllantirish bo`yicha davlatlararo 
muvofiqlashtirish kengashning Nizomi qabul qilindi. 2002-yili O`zbekiston va 
Afg`oniston o`rtasidagi tovar ayirboshlash hajm 61,69 mln. AQSh dollarini tashkil 
etib, uning 61,5 mln. AQSh dollari O`zbekiston eksportiga va 0,19 mln. AQSh dollari 
importga to`g`ri keldi. 2003-yilning yanvar-mart oylarida ikki mamlakat o`rtasida 
tovar ayirboshlash hajmi 16,46 mln. AQSh dollari miqdorida bo`lib, O`zbekistonning 
Afg`onistonga eksporti 16,43 mln. AQSh dollari va importi 0,03 mln. AQSh dollariga 
teng bo`ldi. Ijobiy sal`do 16,4 mln. AQSh dollari hajmida qayd qilindi. Eksportda 
elektr energiyasi, neftni qayta ishlash mahsulotlari qora metall va undan ishlangan 
mahsulotlar, yo`l transport vositalari, mebel, xizmatlar, sabzovot, tuz, oltingugurt
alkogolsiz ichimliklar, go`sht turli oziq-ovqat maxsulotlari, o`g`itlar va boshqalar 
asosiy o`rinni egalladi. Importning asosiy qismini mevalar, yang`oq, zaytun urug`I va 
mevasi tashkil etdi. O`zbekistonda Afg`oniston ishbilarmon doiralari ishtirokida 
tashkil etilgan 122 ta karxona ro`yxatdan o`tkazilgan bo`lib, ulardan 39 tasi 100% 
afg`on sarmoyasi hisobiga faoliyat ko`rsatadi.  


73 
3.Madaniy va gumanitar sohada. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2003 
yil 28 avgust kuni Afg`onistonning Hirot shahrida Alisher Navoiy maqbarasini qurish 
va unga yondosh hududini obod etish to`g`risida qaror qabul qilindi. Afg`oniston 
hukumati maqbarani tiklash bo`yicha O`zbekiston tomonidan tayyorlangan loyihaga 
juz`iy o`zgartirishlar kiritishni va uni “Musallo” majmuasida joylashgan boshqa 
tarixiy obidalarga uyg`un ravishda amalga oshirishni iltimos qildi. Afg`onistonning 
g`arbiy viloyatlaridagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan qurilish ishlari 
vaqtincha ti`xtatilgan edi. Xozirgi vaqtda mamlakatning mazkur mintaqasida vaziyat 
barqarorlashganligi sababli Alisher Navoiy maqbarasini obodonlashtirish ishlarini 
obodonlashtirish ishlari boshlash rejalashtirilgan. O`tgan davr davomida O`zbekiston 
hududi orqali Afg`onistonga 2,5 mln. Tonnadan ziyod insonparvarlik yuklari yetkazib 
berildi. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin