129
hamda beg’araz va texnik yordamlarni amalga oshiradigan o’zbek-Yapon
markazi
ochildi. 2002-yilda hukmron Yaponiya Liberal Demokratik Partiyasining taniqli
deputatlari tashabbusi bilan YaLDP-O’zbekiston do’stlik parlament ligasi tuzildi.
2003-yili O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov
tashabbusi bilan
O’zbekistonda Yaponiya bilan hamkorlik bo’yicha qo’mita tashkil qilindi. 2004-
yilning mayidan esa Osaka shahrida Yaponiya fuqarosi-mashhur biznesmen, “Chori”
kompaniyasi boshqaruvi raisi X.Nakamura rahbarligida O’zbekiston Respublikasining
Faxriy bosh konsulligi faoliyat ko’rsata boshladi. 2001-yildan boshlab Toshkent va
Osaka o’rtasida Milliy aviakompaniyamiz aviareyslari yo’lga qo’yilgan.
Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik. Ikki mamlakatning arxeolog olimlari
uzoq yillardan buyon samarali faoliyat yuritib kelishmoqda. Asosan, O’zbekistonning
janubidagi budda madaniyati yodgorliklarini ochish bo’yicha
katta ishlar amalga
oshirilmoqda. Ushbu ishlarda faol ishtirok etgan Yapon olimi K.Kato 2002-yilning
may oyida davlatimizning oliy mukofoti-“Do’stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
2002-yilda mashhur rassom I.Xirayamaning moliyaviy yordami bilan Toshkentda
“Madaniyat karvonsaroyi” nomli o’zbek-Yapon ilmiy-ijodiy markazi ochildi.
2002-yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov
Yaponiyaning Vaseda
va Soka universitetlari Faxriy doktori unvoniga sazovor bo’ldi.
2003-yilda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi A.Oripov Yaponiyaga
O’zbekiston va Yaponiya yozuvchilari o’rtasida hamkorlik o’rnatish
uchun tashrif
buyurdi.
2004-yilning martida Tokioning Soka Universitetida haykaltarosh R.Mirtojiyev
yaratgan Navoiy haykali tantanali sur’atda ochildi. O’sha yilning oktabrida
O’zbekistonga Tashqi ishlar vazirligi axborot va madaniyat
byurosi bosh direktori
130
rahbarligidagi madaniyat missiyasi tashrif buyurdi. Uchrashuvda Yapon delegatsiyasi
“Sivilizatsiya muloqoti”ni o’tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Har yili O’zbekistonda
Yaponiya madaniyati kunlari bo’lib o’tmoqda.
Dostları ilə paylaş: