128
demokratik va iqtisodiy islohotlarni ijobiy baholash va qo’llab-quvvatlash bilan birga,
ularning amalga oshirilishi uchun moliyaviy yordam ham ko’rsatmoqda.
Yaponiya Markaziy Osiyo davlatlarining mustaqil rivojlanishi va ijtimoiy-siyosiy
barqarorligidan manfaatdor. Shu maqsadda Yaponiya 2004-yili 28-avgustda
Tashqi
ishlar vazirliklari darajasidagi ilk muloqot-“MO+Yaponiya” tashabbusi bilan chiqdi.
O’zbekiston Yaponiya, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida faol hamkorlik
qilmoqda. O’zbekiston Yaponiyaning BMT Xavfsizlik Kengashiga doimiy a’zo
bo’lish yo’lidagi harakatlarini qo’llab-quvvatlamoqda.
Savdo-iqtisodiy va moliyaviy-investitsion sohadagi hamkorlik. 2004-yili ikki
davlat o’rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 101,8mln.AQSH dollari miqdorida bo’lib,
uning 21,8mln. Yaponiyaga eksport va 80mln. Yaponiyadan importni tashkil etdi.
O’zbekistonga Yaponiya tomonidan taqdim qilingan moliyaviy ko’makning umumiy
hajmi 1,885mlrd.AQSH dollariga teng bo’ldi. Ulardan Rivojlanishga rasmiy
yordam
dasturi bo’yicha 871mln.AQSH dollari, gumanitar va beg’araz yordam
147mln.AQSH dollarini, texnik yordam 47mln.AQSH dollarini tashkil etdi.
Xalqaro
hamkorlik bo’yicha Yaponiya bankining (DJEYBIK) savdo kreditlari 820mln.AQSH
dollariga etdi. Rivojlanishga rasmiy yordam doirasida Yaponiya hukumati tomonidan
Toshguzar-Boysun-Qumqo’rg’on loyihasi uchun 150mln.AQSH dollari atrofida
imtiyozli kredit ajratildi. O’zbekistonda 22
ta Yaponiya kompaniyasining
vakolatxonalari faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 8 ta qo’shma korxona va 3 ta 100%
Yapon sarmoyasi asosida faoliyat ko’rsatuvchi korxona ro’yxatga olingan.
Dostları ilə paylaş: