24. Kompyuterga qo’shimcha yangi qurilmalarni ulash
Kompyuterga qo’shimcha qurilamalar portlar orqali ulanadi. Tashqi qurilmalarni ulash uchun kiritish/chiqarish kontrollerlarining ketma-ket va parallel portlari ishlatiladi, odatda, ularning razyomlari kompyuterning orqa panelida joylashtirilgan. Portlar ma’lumotlarni bir yo‘nalishda uzatishni (simpleks ish tartibi),
yo‘nalishlarni qayta ulashni (yarim dupleks ish tartibi) va har ikkala yo‘nalishlarda (dupleks ish tartibi) ma’lumotlarni uzatish ish tartiblarida ishlashi mumkin. Abonentlarning ulanish topologiyasi ikki nuqtali (RS-232S interfeys uchun) yoki tarmoqlangan (VSB yoki Fire Wire) bo‘lishi mumkin. Portlar parallel va ketma-ket turlarga bo‘linadi. Parallel port printer, skaner yoki tashqi jamlagichni ulash uchun ishlatiladi. Tashqi qurilmani parallel portga ulash maxsus kabel orqali amalga oshiriladi, u bir necha bitlarni bir vaqtda uzatilishini ta’minlaydi, binobarin, har bir bitni uzatish o‘zining liniyasi bo‘yicha amalga
oshiriladi. ShKning parallel port orqali axborot almashinuvi ish tartibi IEEE 1284 standarti orqali amalga oshiriladi. LPT-port (Line Prin Ter) standart parallel port hisoblanadi. Odatda, port bilan ulanish Centronics standartidagi 25 chiqishli razyom orqali amalga oshiriladi, razyom kontaktlarining taqsimlanishi, signallarning vazifalari, interfeysni boshqarishning dasturiy vositalari har xil turdagi printerlarni, skanerlarni,
diskyurituvchilarni ulashga mo‘ljallanadi. Standart bo‘yicha ulanish kabelining maksimal uzunligi 1,8 metrni,
maksimal almashuv tezligi 100 Kbayt/s ni tashkil qiladi. RS-232C ketma-ket port (Communication port) sichqoncha, tashqi modem, printer kabi qurilmalarni kompyuterga ulash, shuningdek, kompyuterlar orasida bog‘lanish uchun ishlatiladi. RS-232C turdagi ketma-ket portning ishlatilishining Centronics portiga nisbatan asosiy afzalliklari shaxsiy kompyuterdan tashqi qurilmaga axborotlarni 15 metr masofagacha uzatish imkoniyati hisoblanadi. Ma’lumotlar ketma-ketlikdagi baytli paketlar tarzida bit ketidan bit bilan uzatiladi. Har bir bayt boshlang‘ich va to‘xtash bitlari bilan uzatiladi, ma’lumotlar dupleks ish tartibida uzatiladi, uzatish tezligi 115 Kbit/s ni tashkil etadi. USB (Universal Serial Bus) bu universal ketma-ket portdir.
U 1995-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, eskirgan RS-232 (COM-port) va IEEE 1284 (LPT-port) parallel interfeyslarni almashtirishga, ya’ni ketma-ket va parallel klaviatura va «sichqoncha» portlarini almashtirish uchun ishlab chiqilgan, barcha qurilmalar Plug and Play texnologiyasining osonligi bilan ko‘p sonli qurilmalarning o‘rnatilishiga ruxsat beradigan bitta razyomga ulanadi.
Dostları ilə paylaş: |