34.Xotira va uning ishlash imkonyatlari.
Xotira kom.yuterda dasturlar va ma’lumotlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilma. Xotiraning turlari quyidagilardir: tezkor hotira, doimiy hotira, tashqi hotira, kesh hotira, video hotira va boshqalar.Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bo‘lib,protsessor undan amallarni bajarish uchun dastur ma’lumotlarini oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kompyuter o‘chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan dasturlar va ma’lumotlar yo‘q bo‘lib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disketalarda saqlab qolish kerak. Kompyuter ishlab turganda elektr tokini ogohlantirmasdan o‘chirish, umuman aytganda, katta zarar keltirishi mumkin. Barcha turdagi xotiralar uchun muhim tushuncha uning hajmidir. Kompyuterlarda ma’lumot birligining eng kichik o‘lchovi sifatida bayt qabul qilingan bo‘lib, 1 bayt 8 bit (ikkili raqam)ga teng. O‘z navbatida bayt bir simvolni (belgini) tasvirlaydi.Hotiralar 250 Mbaytdan hozirgi kunda Terra baytlargacha ishlab chiqarilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |