Mustaqil ish №1 Mavzu: Zamonaviy komputerlarda qo’llaniladigan tashqi hotira qurilmalari(flash disklar ularning tuzilishi, korsatkichlari va xususiyatlari)
Toshkent -2022 Reja: 1.Tashqi xotira qurilmalari. 2.Hozirgi komputerlarda ishlatilinadigan tashqi xotira qurilmalari flash disklar. 3.Tashqi xotira qurilmalarituzilishi, korsatkichlari va xususiyatlari. Kompyuter elektr manbaidan uzilgandan so'ng, tezkor xotira(ОЗУ)dagi barcha ma'lumotlar o'chib ketadi va kompyuter qayta yuklanganda, o'chgan ma'lumotlarni qayta tiklab bo'lmaydi. Shuning uchun ma'lumotlarni saqlashda, elektr energiyasiga bog'liq bo'lmagan, ma'lumotlarni saqlash qurilmalaridan foydalaniladi.
Barcha tashqi qurilmalar energiyaga bog'liq bo'lmagan holda ma'lumotlani saqlaydi. Hozirgi kunda barcha tashqi xotira qurilmalari quyidagi turlarga bo'linadi:
Magnitli saqlash qurilmasi.
Optik saqlash qurilmasi.
Elektr saqlash qurilmasi.
Tashqi saqlash qurilmasidan biri bu optik disklar hisoblanadi. Bu disklarga ma'lumotlar lazer nurlari orqali yoziladi va lazer nurlari orqali o'qiladi. Optik disklarni quyidagi turlari mavjud:
1.Faqat o'qish uchun mo'ljallangan disklar: CD, DVD.
2. Faqat bir marotaba yozish uchun mo'ljallangan disklar: CD-R, DVD-R.
3. Bir necha marotaba yozish uchun mo'ljallangan disklar: CD-RW, DVD-RW.
CD disklar 700 Mb atrofida, DVD disklar esa 4.7 Gb atrofidagi ma'lumotlarni o'zida saqlay oladi. Bu optik disklarni o'qish uchun kompyuterga CD-ROM, DVD-ROMqirilmalari ulanadi. Hozirgi kunda yangi DVD disklari paydo bo'lgan, bular Blu-ray deb nomlanadi va ular ko'k rangdagi lazer orqali ma'lumotlarni yozadi(oddiy optik disklarga qizil rangdagi lazer ishlatiladi). Blu-ray disklarning hajmi 25 Gb dan boshlanadi.