1-amaliy ish. Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasining rivojlanish tendentsiyasi.
Kompyuter tuzilmasi Kompyuter nima – elektroenergiya orqali ishlatiladigan jixoz bo’lib, har xil ma’lumotlarni maxsus dastur orqali qayta ishlab, saqlab, natijani chiqarib beradi.
Kompyuter sistemasining asosiy qurilmalari CPU (Central Processing Unit) – Asosiy qayta ishlab chiqish qurilma
Communication – aloqa. Internet va boshqa kompyuterlar bilan aloqasi
Kompyuterlarning yaratilish tarixi Tarixdan ma‘lumki, har bir asrda katta-katta voqealar, yangiliklar, ixtirolar bo’lgan va bu asrlar yodga olinganda mazkur sifatlar bilan aytiladi.
Mazmunan XX asrni atom, molekulyar kimyo yoki xalk xo’jaligiga shiddat bilan kirib kelgan kibernetika va kompyuterlar asri deb nomlash mumkin.
Kompyuter paydo bo’lish tarixiga ahamiyat bersak, XIX asrning boshlaridayoq ingliz matematigi Ch.Bebbidj analitik mashina deb atalgan mexanik kompyuter yaratmoqchi bo’lgan. Boshqaruvni esa perfokartada (qattiq karton kog’oz) beriladigan programma orqali amalga oshirish rejasini tuzgan, afsuski bu rejani ruyobga chiqara olmagan.
1940 yillarda mexanik relelar asosida, Ch. Bebbidj tajribasini birinchi bor nemis olimi K. Tsuge qaytarib kichik kompyuter yaratgan, biroq urush tufayli e‘lon qila olmagan. 1943 yilda esa, AQShda G. Eyken tomonidan arifmometrdan 100 barobar tez ishlaydigan ancha quvvatli «Mark - 1» kompyuteri rele bazasida yig’ilgan. U harbiy hisob kitoblarda ishlatilgan. Biroq elektomexanik rele juda sekin va kerakligicha ishonchli ishlamasdi. Shundan keyin 1943 yilda AQShda J. Muchly va J.P.Eckert tomonidan elektron lampalarga asoslangan ENIAC kompyuteri yaratildi. Uning tezligi «Mark- 1»dan ko’ra 10 ming marota tez bo’lsada, amallar boshqaruvi tuliq o’ylanmaganligi, eng qizigi boshqaruv programmasi simlarni mexanik uyalarga (xuddi avvalgi vaqtda kommutatorlar telefon simlarini ulab aloqa tiklashganidek) kiritib bog’lash bilan amalga oshirilgan. Bunday bog’lashlarga soatlar gohida, kunlar kerak bo’lgan.
ENIAC - 18 000 ta elektr lampadan, og’irligi 30 tonna, eni 9 m, uzunligi 15 m dan iborat bo’lgan. Hozirda bu kompyuter Vashington San’at muzeyida eksponat bo’lib turibdi.