1-amaliy ish. Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasining rivojlanish tendentsiyasi. Kompyuter tuzilmasi Kompyuter nima



Yüklə 304,26 Kb.
səhifə4/8
tarix26.09.2023
ölçüsü304,26 Kb.
#148928
1   2   3   4   5   6   7   8
1-amaliy. Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasining rivojlan

S uper-EHMlar– juda ulkan miqdordagi axborotlar uchun zarur.
Super-EHMlardan – dunyoda harbiylar, meteorologlar, geologlar va boshqa ishlarda foydalanadilar. U yadro portlashlarni modellashtirish, ob-havoni oldindan aytish va boshqa masalalarda qo’l keladi va o’z pulini oqlaydi. Bu EHM larni–Gray, Research, Hitachi firmalari ishlab chiqaradi. Misol uchun IBM korporatsiyasi sekundiga 3,9tril. amal bajara oladigan, dunyodagi eng tezkor kompyuterni ishlab chiqardi. AQSh ma‘muriyati vakillarini aytishicha bu mashinadan harbiy maqsadlarda foydalanish mumkin. Bu yangi kompyuter “Pacific Blue” degan nom oldi. U oddiy Shaxsiy kompyuterdan 15 ming marotaba tez ishlaydi va 80 ming marta kata operativ xotira bilan jihozlangan. Hattoki eng unumdor zamonaviy kompyuterdan foydalanganda bajarish uchun bir necha oy talab qilinadigan murakkab hisoblashlarni yangi EHMda bir necha sekundda (soatda emas) bajarsa bo’ladi.
M ini-EHM – Shaxsiy kompyuter va katta EHM o’rtasidagi salobatga ega. Horijda uncha katta bo’lmagan tashkilotlar, universitet, davlat idoralarida, ma‘lumotlarni qayta ishlash markazlarida – Shaxsiy kompyuterlarni quvvati yetmaydigan joylarda foydalaniladi. Mini-EHMga (kichik EHM deb ataladi) ham o’nlab, yuzlab terminal yoki shaxsiy kompyuter ulash mumkin. Bu EHMlarni DEC, SUN, Hewlett-Packard, IBM, Silcon Grapics va boshqa firmalar ishlab chiqaradi. SilconGrapic so’z kompyuterlariga maxsus qo’shimcha qurilma kiritib, uch ulchovli fazo holatini monitorda tasvirlash mumkin. Natijada, chet el kino filmlaridagi maxsus effekt holatlari (animatsiya usuli) mazkur kompyuterlarda tayyorlanadi.
Hozirda kompyuter injiniringi va dasturiy injiniringi, hamda ularga yondosh sohalar mutaxassislari – kompyuterlarda, kompyuter tizimlarida va kompyuter tarmoqlarida amalga oshirilayotgan ma’lumotlarni ishlash jarayonlarini qanday tashkil qilinganligini tushunishlari, hamda ulardan kundalik faoliyatlarida foydalana olishlari tobora muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Kompyuterda ma’lumotlarni ishlash jarayonlari, ya’ni hisoblash jarayonlarining qanday tashkil qilinganligi, ma’lumotlarni bir joydan boshqa joyga ko‘chirib yozish amallari, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, kompyuterda, kompyuter tizimlarida va kompyuter tarmoqlarida xavfsizlik choralarini amalga oshirish, hamda multimedia vositalari bilan ishlash uchun yaratilgan dasturiy vositalardan unumli foydalanish, ularni amaliyotda qo‘llashda – kompyuter arxitekturasiga oid bilimlardan xabardor bo‘lishlik ham talab etilmoqda. Hozirda kompyuter va telekommunikatsion tarmoqlar asosida yaratilgan va yaratilayotgan turli xil tizimlarni, jumladan taqsimlangan va bulutli hisoblash tizimlari kabi tizimlarni ham, o‘ziga xos kompyuterlar deb qarash mumkin bo‘lmoqda.

Yüklə 304,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin