Klaviatura. IBM PC klaviaturasi foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarni va boshqaruv buyruqlarini kompyuterga kiritishga mo‘ljallangan qurilmadir. Klaviaturaning umumiy ko‘rinishi undagi tugmachalar soni va joylanishiga qarab turli xil kompyuterlarda farq qilishi mumkin, lekin ularning vazifasi o‘zgarmaydi.
Sichqoncha va trekbol. Sichqoncha va trekbol kompyuterga axborotni kiritishning koordinatali qurilmalari hisoblanadi. Ular klaviaturaning o‘rnini to‘laligicha almashtira olmaydi. Bu qurilmalar asosan ikki yoki uchta boshqaruv tugmachasiga ega.Sichqonchani ulanishining uch usulini ko‘rsatish mumkin. Eng ko‘p tarqalgan usul ketma-ket port orqali ulanishdir. Shinali interfeysli sichqonchalar kamroq tarqalgan. Ularni ulash uchunmaxsus interfeys yoki «sichqoncha»porti kerak bo‘ladi. Uchinchiko‘rinishdagi ulanish PS/2 stilidagi sichqonchalarda amalga oshirilgan.Hozirgi kunda ular portativ kompyuterlarda ishlatilmoqda.
Тrekbol — «ag‘darilgan» sichqonchani eslatuvchi qurilmadir. Тrekbolda uning korpusi emas, balki sharcha xarakatga keltiriladi. Bu esa kursorni boshqarish aniqligini sezilarli ravishda oshirishga imkon beradi. Shu bois trekbolga ega bo‘lgan sichqonchalarga qiziqish ortib bormoqda.
Kompyuterlar arxitekturasining rivojlanishi EHMlarning xar bir avlodi oldingisiga qaraganda juda kup muhim xususiyatlarga ega jumladan, EHMning ish samaradoligi va barcha yodda tutuvchi moslamalar sigimi odatda ortiq bo’ladi.
Vazifasiga ko‘ra EHMlar uch guruhga bo’linadi: universal, muammoli-yo’naltirilgan va ixtisoslashgan EHM.
Universal EHMlar turli muxandislik-texnik vazifalar: iqtisodiy, matematik, axborot va boshqa, algoritmlar murakkabligi hamda ma’lumotlarni qayta ishlash xajmlarining kattaligi bilan ajralib turuvchi vazifalarni xal etish muljallangan. Ular ommaviy foydalaniladigan hisoblash markazlari va boshqa qudratli hisoblash komplekslarida foydalaniladi.
Muammoli-yo’naltirilgan EHM odatda tenologik ob’ektlarni boshqarish; nisbatan uncha katta bulmagan ma’lumotlar xajmlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, to‘plash qayta ishlash nisbatan uncha katta bo‘lmagan algoritmlar hisob-kitobini bajarish bilan bog‘liq ancha tor doiradagi vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi; ular universal EHMga nisbatan cheklangan apparat va dasturiy resurslarga ega bo’ladi. Muammoli-yo’naltirilgan EHMlar turli-tuman boshqaruv hisoblash komplekslarini misol qilib keltirish mumkin.
Ixtisoslashgan EHM tor doiradagi vazifalarni xal etish yoki qat’iy belgilangan guruhdagi vazifalarni amalga oshirishda foydalaniladi. EHMning bunday tor doirada yunaltirilishi ular tuzilmasini anik ixtisoslashtirish, ish faoliyatining yukori samadorligi va ishonchliligini saqlagan holda ularning murakkabligi va tan narxini ancha kamaytirishga imkon beradi. Ixtisoslashgan EHMlarga, masalan, maxsus vazifali mikroprotsessorlar; ayrim nomurakkab texnik qurilmalr,agregatlar va jarayonlarni boshqarish sohasida mantikiy vazifalarni bajaruvchi adapter va kontrollerlarni misol kilib keltirish mumkin.
EHMlarni hajmi va funktsional imkonyatlariga kura uta katta (superEHM), katta, kichik, uta kichik (mikro)- EHMlarga bo’linadi. Dastlab katta EHM paydo bo’ldi, uning elementli bazasi elektron lampalardan to uta yuksak integratsiya darajasidagi integral sxemalargacha bo’lgan yo’lni bosib o‘tdi.
Katta EHMlar xorijda kupincha meynfermlar( mainframe) deb atashadi quyidagi xususyatga ega bo’lishi lozim:
ishlab chiqarish samaradorligi 10 MIPS( sekundiga million operatsiya) dan katta bulmagan;
asosiy xotira sigimi 64 dan 10000 Mbaytgacha bo’lgan;
tashqi xotira hajmi 50 Gbaytdan kam bulmagan.
Ko’p(kishi) foydalanadigan ish rejimi (bir paytning uzida 16 dan 1000 tagacha foydalanuvchigv xizmat qiladi).
1970-yillarda kichik EHMlarning paydo bo’lishiga bir tomondan, elektron element bazasi sohasidagi tarakkiyot, boshka tamondan katta EHM reurslarining takchilligi tufayli shart-sharoit yaratildi.1969 yilda kfshf etilgan mikroprotsessor(MP) 70-yillarda EHMning yana bir sinfi mikroEHM paydo bo’lishiga olib keldi. Hozirda mikroprotsessorlardan EHM barcha sinflarida foydalanilmokda.