1. Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti


Ona plataning chipsetlari bilan tanishish



Yüklə 44,75 Kb.
səhifə36/37
tarix02.01.2022
ölçüsü44,75 Kb.
#45021
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
1. Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti

45. Ona plataning chipsetlari bilan tanishish

Tizimli plata ko‘p qatlamli tekstolitdan tayyorlangan bosma plata ko‘rinishida bajariladi. Qatlamlarning soni 12 tagacha bo‘lishi mumkin, ammo ko‘pincha 8 ta qatlamli bosma plata ishlatiladi. Har bir qatlam orasida

mikrosxemalarni, qarshiliklarni, kondensatorlarni va razyomlarni o‘zaro ulanishini ta’minlab turuvchi, yupqa

metall qoplamadan ishlangan bosma o‘tkazgichlar joylashgan. 2.2-rasmda Gigabyte kompaniyasi ishlab

chiqargan tizimli plataning kesimi berilgan. 2.3-rasmda tizimli plata elektronikasining an’anaviy qurish

tamoyili soddalashtirilib ko‘rsatilgan. Markazda, protsessor, tezkor xotira moduli va tashqi qurilmalar orasida

chipset joylashgan. Chipset mikrosxemalar to‘plami bo‘lib, barcha bloklar orasida signallarni taqsimlash vazifasini bajaradi. 2.3-a rasmda protsessordan tezkor xotiraga o‘tuvchi axborotlaroqimi hamda teskariga uncha katta bo‘lmagan ushlanish vaqtini kirituvchi chipset orqali o‘tadigan axborotlar oqimi tasvirlangan. Zamonaviy kompyuter tizimlari uchun bunday ushlanish ko‘plik qiladi. Shuning uchun avval AMD, keyin esa Intel korporatsiyasi xotira kontrollerini protsessor kristaliga joylashtirdi (2.3-b rasm). Tuzilishning bu tamoyilida protsessor xotira bilan bevosita ishlaydi. Bu esa o‘z o‘rnida tizimning umumiy unumdorligini

oshiradi. Tizimli plataning protsessorning arxitekturasiga bog‘liq bo‘lgan boshqa variantlari ham mavjuddir. Masalan, oxirgi vaqtda grafik nimtizimning ishlash tezligini oshirish uchun videokartaning interfeysini (PCI-E uchun) chipsetdan protsessor kristaliga joylashtirilgan varianti keng tarqaldi.



Yüklə 44,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin