O’zgarmas tok ko’prigi yordamida qarshiliklarni o’lchash ishning maqsadi



Yüklə 27,46 Kb.
səhifə1/2
tarix25.12.2023
ölçüsü27,46 Kb.
#196483
  1   2
O’zgarmas tok ko’prigi yordamida qarshiliklarni o’lchash.


O’ZGARMAS TOK KO’PRIGI YORDAMIDA QARSHILIKLARNI O’LCHASH
Ishning maqsadi ko’prik sxema yordamida qarshiliklarni o’lchash mumtoz usuli bilan tanishtirishdir
Kerakli asbob va materiallar: 1) o’lchanuvchi qarshiliklar, 2) galvanometr, 3) qarshiliklar magazini, 4) elektr yurituvchi kuch manbai (akkumulyator), 5) ko’prik sxema elkalarining kommutatori, 6) reoxord, 7) ikki yoqlama kalit.
Asbobva anjomlar tavsifi. Ko’pincha qisqa qilib Uitston ko’prigi deb ataluvchi o’zgarmas tok ko’prik sxemasi bir-biriga simlar bilan ulangan R, X, va (1-rasm) Qarshiliklardan hosil qilingan yopiq to’rtburchakdan iboratdir. Bu sxemaning diagonallaridan biriga elektr yurituvchi kuch manbai, ikkinchisiga esa sezgir galvanometr ulanadi. Sxemaning shu ikkinchi diagonali asl ma’noda ko’prik deyiladi. Bu sxema yordamida bajariladigan butun o’lchash prostessida ko’prikdan tok o’tmasligi (ko’prikda tok kuchining nolga teng bo’lishi) shart.Butun sxemaning ko’prik deb atalishi hamshundadir.Asl ma’noda ko’prik sxema diagonallariga ulangan ikkita sim va galvanometrdangina iborat bo’lishi shart emas. Ba’zi bir hollarda ko’prik galvanometrdan tashqari, qarshiliklar ham ulangan murakkabroq sistemani tashkil etadi (masalan:ikkilanganko’prik deb ataluvchi ko’prik qo’llanilgan 2-vazifaning tavsifiga karang). Butun ko’prik sxemani tashkil etuvchi qarshiliklarning nisbati ixtiyoriy bo’lganda galvanometrdan, turgan gap, tok o’tishi kerak.Ammo, soddagina hisoblash asosida shuni ko’rsatish mumkinki (vazifa tafsifining oxiridagi adabiyotga qarang), sxemani tashkil etuvchi qarshiliklar orasida bitta muayyan munosabat mavjud bo’lganda, sxemaning barcha boshqa qismlardan tok o’tib turgani holda, galvanometrdan tok o’tmaydi.Ko’prik elkalari deb ataluvchi qarshiliklar orasidagi aytib o’tilgan munosabat

ko’rinishga ega. Bundan: .
Bu munosabat ko’prik elkalariga ulangan to’rtta qarshilikdan istalgan bittasini qolgan uchtasi ma’lum bo’lgan holda topishga imkon beradi. Shuning uchun ham ko’prik sxemada o’lchash jarayonining mohiyati shu munosabatni qanoatlantiruvchi va kattaliklarni tajribada topishdir.
Ko’prik sxemadan quyidagicha foydalaniladi. Ko’prikning elkalaridan biriga ma’lum Rqarshilik (masalan, qarshiliklar magazini) ulanadi. Ikkinchi elkagasiga esa o’lchanadigan X qarshilik ulanadi. Nihoyat, ko’prik sxemaning uchinchi va to’rtinchi elkalarida va qarshiliklar bo’ladi. X hisoblanadigan oxirgi formulada va qarshiliklarning absolyut qiymatlari emas, balki ularning nisbati ishtirok qilinishini nazarga olib, ular odatda millimetrli shkala bo’ylab tortilgan metall o’tkazgich (reoxord) ko’rnishida yasaladi. Galvanometrdan bu qarshiliklarga tok reoxord bo’ylab sirpana oladigan kontakt surilgich yordamida beriladi.Shunday qilib, surilgichning ikki tomonidagi sim bo’laklari va qarshiliklardir. Ko’prik uchining qo’zgaluvchan bo’lishi va kesmalarga (1-rasm) mutannosib bo’lgan va qarshiliklarning qiymatlarini va,demak, X ni hisoblash ifodasiga kiruvchi nisbatni oson o’zgartira olish imkonini beradi.
Bu sharoitda ko’prik sxemada o’lchash jarayoni qarshiliklar magazinida (o’lchanadigan qarshilikka yaqin bo’lgan) R qarshilikni qo’yishdan va ko’prik-ning galvanometrdan tok o’tmay qolgandagi vaziyatni kontakt surilgich yordamida topishdan iborat bo’ladi. Kontakt surilgichning bunday vaziyatini qidirish operastiyasi koprikni muvozanatlash deyiladi, galvanometrdan tok o’tmayotgan ko’prik esa muvozanatlangan koprik deyiladi.Ko’prik muvozanatlanganida reoxord bo’yicha hisoblangan va kesmalarning nisbatini tuzib, R ning kattaligini bilgan holda, noma’lum X qarshilikni toppish mumkin. Amalda ishlatiladigan o’lchash sxemasi 2-rasmda ko’rsatilgan.Bu sxema 1- rasmda tasvirlangan sxemaning prinstipial tuzilishi to’la saqlangani holda, ya’ni birmuncha boshqa qismlar bor. Bu sxemaga ko’prik elkalariga ulangan qarshiliklarning o’rinlarini sxemaning ulash simlarini qayta ulamasdan almashtirishga imkonberuvchi K kommutator kiritilgan.

Yüklə 27,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin