O’zgarmas tok ko’prigi yordamida qarshiliklarni o’lchash ishning maqsadi



Yüklə 27,46 Kb.
səhifə2/2
tarix25.12.2023
ölçüsü27,46 Kb.
#196483
1   2
O’zgarmas tok ko’prigi yordamida qarshiliklarni o’lchash.

Kommutator to’rt bo’lakka bo’lingan metall plastikdan iborat bo’lib, uning burchaklaridan simlar ulanadigan klemmalar bor. Simlarni ulashning ko’prik elkalaridagi qarshiliklarni qaytadan ulashda zarur bo’lgan turli kombinastiyalari metall shtiryoklarni metall plastikining to’rt qismi oralaridagi kesiklarning turli juftiga tiqib ko’rishorqali hosil qilinadi.
Reoxord simi hech qachon boshdan-oyoq batamom bir jinsli bo’lma-ganligi va shuning uchun va qarshiliklar nisbati xam va kesmalar uzunliklarining nisbatiga rosa teng bo’lmaganligi tufayli o’lchashlarda qarshiliklarning o’rnini almashtirish maqsadga muvofiqdir. Nomalum qarshilikni uzil-kesil hisoblanganda kommutatorning ikki holatida topilgan va kattaliklardan har birining o’rtacha arifmetik qiymati-dan foydalaniladi.
Amalda ishlatiladigan ko’prik sxemaning prinstipial sxemadan ikkinchi farqi shundaki, bunda tok manbai zanjirigina emas, balki ko’prikka ulangan galvanometr zanjirini ham ulash va uzishga imkon beruvchi ikki yoklama kalit (2-rasm) ishlatiladi.
Kalitning shunday tuzilishi pastki plastinkalarga ulangan galva-nometr zanjirining tok manbai zanjiridan keyin ulanishiga va, aksincha uning tok manbai zanjiridan oldin uzilishiga imkon beradi. Shunday qilib, galvanometr zanjiri sxemaning ish rejimi barqarorlashgandan keyingina ulangan bo’ladi. Gap shundagi, elektr yurituvchi kuch zanjirini ulash va uzish paytida sxemada o’zindukstiya elektr yurituvchi kuchlari vujudga keladi. Shu elektr yurituvchi kuchlar ta’sirida, oquvchi ekstratoklar ancha kata bo’lishi va galvanometrni ishdan chiqarishi mumkin.
Nihoyat, galvanometrni o’zgaruvchan qarshilik bilan shuntlab, sxema-ning bevosita ko’prik qismini murakkablashtirish mumkin. Bu o’zgaruvchan shuntni ulashdan maqsad ko’prikni muvozanatlashni galvanometrdan kichik tok o’tayotganda boshlab, galvanometrning qo’zg’aluvchan tizimini kuchli turtkilardan saqlashdir. Ko’prik muvozanati yaxshilana borgan sari o’zgaruvchan shuntning qarshiligini oshira borish mumkin. Ko’prikni uzil-kesil muvozanatlashda shunt uzib quyiladi.
Sxemada magnitoelektr sistemadagi strelkali galvanometrdan foydalaniladi; uning sezgirligi 10-6 (A/ shkala) bo’lim tartibida bo’lib, nolinchi bo’limi shkalaning o’rtasida va strelkasi nolinchi bo’limdan har ikki tomonga og’a oladi. Galvanometr strelkasi ostida (shkaladan pastroqda) ensiz ko’zgu bor. Kuzatuvchining ko’zi shkalaga va strelkaga nisbattan to’g’ri vaziyatda bo’lganda strelkaning ko’zgudagi tasviri kuzatuvchiga ko’rinmaydi. Shu vaziyatda kuzatuvchining strelkadan o’tuvchi kuzatish nuri shkala tekisligiga normal bo’ladi.
Ko’prik sxemalarda bajariladigan aniqroq o’lchashlarda ko’zguli galvonometrlar ishlatiladi, va qarshiliklar o’rnida reoxord elkalari emas, balki sxemani muvozanatlashda qarshilikni sakratib bo’lsada, oz-ozdan o’zgartirib borishga imkon beruvchi qarshiliklar magazini qo’yiladi.
O’lchashlar. Sxema tuzilgandan keyin galvanometrshuntini eng kichik qarshilikka qo’yiladi va sxemaga magazinning bir necha o’n om qarshiligi qo’shiladi. Ko’prikning surilgichi shkalaning o’rtasiga qo’yiladi, so’ng qisqa muddatgatok manbai va galvanometr zanjiri ulanadi. Bunda galvonometr strelkasi nol vaziyatdan og’adi.
Magazinlar qarshiligi kattaligini asta-sekin o’zgartira borib, surilgich harakatsiz turganida galvanometr strelkasining og’ishi eng kichik bo’ladigan qilinadi. Magazindagi qarshilikning 1–2 om qadar o’zgarishi galvanometr strelkasining og’ishini ortiq kichraytira olmay qolgach, surilgichni u yoq-bu yoqqa surib bu og’ishlarni kichraytirishga tirishiladi. Agar surilgichning shuntlangan galvanometr strelkasi kalit ulanganda og’maganidagi vaziyat topilgan bo’lsa, bunda galvanometr shunti asta-sekin oshira boriladi. Surilgich har safar shunday suriladiki, kalitni bosganda galvanometr strelkasining og’ishi sezilmaydigan bo’la borsin.
Shunt to’la uzilgan holga utilganda o’lchashlar to’xtatiladi.
Birinchi o’lchash tugaganidan so’ng kommutatordagi shtiryoklarning vaziyati ko’prik elkalaridagi R va X qarshiliklarning o’rinlari o’zaro almashinadigan qilib o’zgartiriladi va qarshilik yuqorida ko’rsatilgan tartibda yana o’lchanadi.

Shundan so’ng magazindagi qarshilik taxminan 10% qadar o’zgartiriladi va o’lchashlarning butun stikli qaytadan o’tkaziladi. Barcha o’lchashlar natijasida topilgan o’rtacha qiymat bir qarshilik bilan ishlashning uzil-kesil natijasi bo’ladi. Ishning hisobotiga reoxorddan topilgan natijalar, magazindagi qarshilikning qiymatlari, alohida o’lchash natijalari asosida X ning hisoblab topilgan qiymatlari, X ning o’rtacha qiymati va o’lchash xatoligining kattaligi yoziladi.


Vazifani bajarishda noma’lum (kamida) ikkita qarshilikning yakka-yakka holdagi qiymatlarini, o’sha ikkita qarshilik ketma–ket ulangan holdagi va nihoyat ular o’zaro parallel ulangan holdagi qarshiliklarni o’lchash zarur. Keyingi ikkita o’lchashning natijasini qarshiliklarni yakka-yakka o’lchashda olingan qiymatlaridan foydalanib, ketma-ket va parallel ulash formulalari bo’yicha hisoblab topilgan qarshilik qiymatlari bilan taqqoslab ko’rish kerak.
Uitsonning oddiy ko’prigida 0,1 om gacha aniqlikda o’lchash mumkin. O’lchash simlarining nazoratsiz qarshiligining o’lchanadigan qarshilikka va magazin qarshiligiga qo’shilib qolishi sxemaning kamchiligidir. Bu kamchilik ikkilangan ko’prik sxemasida (2-vazifa) asosan bartaraf qilingan, qarshiliklarni kompensastiya usulida o’lchashda esa, prinstipial yo’qotiladi.
Ko’prik sxemaning turli ish rejimidagi sezgirligi to’g’risidagi masala ancha murakkab bo’lib, bu masala sxemaning ishi bilan dastlab tanishishda muhokama qilinmaydi. Ko’prik sxemaning sezgirligi masalasi M.M.Popovning ushbu vazifaga oid maxsus adabiyot ro’yxatida ko’rsatilgan kitobida batafsil muhokama qilingan.
Adabiyotlar:
1.Kalashnikov S.G. Umumiy fizika kursi. Elektr. Oliy ukuv yurtlarining fizika ixtisosi buyicha darslik. Ukituvchi, Toshkent-1979, 615 bet.
2. Savelev I.V. Umumiy fizika kursi. II kism. Oliy texnika ukuv yurtlari uchun kullanma. Ukituvchi, Toshkent-1976, 450 bet.
3. "Fizikadan praktikum". Elektr va optika. Iveronova taxriri ostida. T.1968 y
4. Buribaev I., Karimov R. Elektr va magnetizmdan fizpraktikum. Universitet. T. 2002y
5. Andreev I.S., Sultanova K.A. Fizikadan praktikum."Elektr va magnetizm".Uqituvchi, Toshkent - 1976 y.
Yüklə 27,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin