SHayboniylar sulolasi
SHayboniyxon ibn Abulxayrxon (1500-10)
Quchqunchixon ibn Abulxayrxon (1510-30)
Ubaydullaxon ibn Maxmud Sulton (1533-39)
Abdullaxon I ibn Quchqunchixon (1539-40)
Navro’z Axmad ibn Suyunchixon (1540-1552)
Pirmuhammad ibn Jonibek Sulton (1556-61)
Iskandar Sulton ibn Jonibek Sulton (1561-83)
Abdullaxon II ibn Iskandar Sulton (1583-98)
Abdulmo’min ibn Abdullaxon II (1598-99)
Pirmuhammad ibn Sulaymon Sulton (1599-1601)
SHayboniylar davlatida jamiyat hayotida, davlat boshqaruvi tutgan o’rni va mavqeiga asosan bir nechta ijtimoiy tabaqalar mavjud edi: xon va uning yaqinlaridan iborat oliy tabaqa, harbiy amaldorlar yoki umaro, yirik din peshvolari-shayxlar, xojalar, olimlar, shoirlar qabilalardan iborat fozillar, raiyat ya’ni oddiy fuqaro va kisman qullar.
SHayboniylarda ham iqtisodiyotning asosini qishloq xo’jaligi, savdo-sotiq, hunarmandchilik tashkil etardi. Mamlakatning asosiy boyligi yer bo’lib, unga egalik shakli quyidagilardan
iborat edi:
Mulki sultoniy-davlatga qarashli yerlar.
Mulki holis-hususiy shaxslarga qarashli yerlar.
Vaqf-diniy mahkamalarga qarashli yerlar.
Qishloq jamoalari egalik qiladigan yerlar.
Dehqonchilik asosan lalmikor va obikor-sug’oriladigan yerlarda bo’lgan. Bug’doyning o’n ikki navi yetishtirilgan va boshqa an’anaviy ekinlar ekilgan. Dehqonchilik uchun qulay bo’lgan va hosildor yerlar yirik amaldorlar va harbiylar hamda din peshvolariga qarashli bo’lgan. SHayboniylar davlati ijtimoiy-iqtisodiy hayotida Buxoro yaqinidagi Jo’ybor qishlog’idan chiqqan Jo’ybor xojalarai katta ta’sirga ega edi. Ular siyosiy hokimiyat boshqaruv ishlariga ta’sir ko’rsatish bilan birga katta yer mulklariga ham egalik qilardilar. SHayboniylar davrida amalga oshirilgan islohotlardan biri qarovsiz yotgan yerlarni o’zlashtirishga ham qaratilgan edi. CHorvachilik ham yaxshi rivojlangan. Hunarmandchilikning 60 dan oshiq turi mavjud bo’lgan. Ichki savdoga katta e’tibor berilgan. Tashqi savdoda Turkiya, Eron, Hindiston, Rossiya, Xitoy kabi davlatlar bilan savdo aloqalari olib borilgan. 1588 yilda Buxoroda bo’lgan ingliz sayyohi Antoni Jenkinson ham o’z ma’lumotlarida Buxoro shahrida har yili yirik savdogarlar qurultoyi bo’lishi, bu yerga Hindiston, Eron, Balx, Rossiya va boshqa mamlakatlardan katta-katta savdo karvonlari kelishini yozib qoldirgan edi.
SHayboniylar davlatida 40 dan ortiq soliq va to’lovlar mavjud bo’lgan. Asosiy soliq turlari xiroj va zakot bo’lgan.
Dostları ilə paylaş: |