1-шова (М-01 шакл)


 BACILLUS THURINGIENSIS ENTOMOPATOGEN



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/25
tarix14.03.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#53754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
mikrobiologik preparatlarning za

 

1.2. BACILLUS THURINGIENSIS ENTOMOPATOGEN 

BAKTERIYASINING BIOKIMYOVIY XUSUSIYATLARI 

Spora  hosil  qilishi,  hashoratlarga  ta’sir  spetsifikligi  va  ularning  ichki 

organlariga  ta’sir  mexanizmi  nuqtai  nazaridan  eng  ko‘p  o‘rganilgan  bakteriya  

Bacillus thuringiensis bakteriyasidir. Ushbu bakteriyalarning kimyoviy tarkibi ham 

boshqa  mikroorganizmlarning  kimyoviy  tarkibiga  juda  yaqin  bo‘lib,  suv,  mineral 

tuzlar,  uglevodlar,  lipidlar,  proteinlar  va  nukleoproteinlardan  iborat  (Kuzin  1946, 

Mesrobyanu va Peunesku 1963). 

Mineral tuzlar hujayra sitoplazmasining osmotik bosimi va rN ko‘rsatkichini 

boshqarib turadi, enzimatik tuzlarni faollashtiradi, bu esa bakteriyalarning umumiy 

biologik faolligini oshiradi. SHuning uchun yuqori toksin xususiyatiga ega bo‘lgan 

produtsent-kultura olish uchun organizmning mineral tuzlar va organik mosdalarga 

ehtiyojini  bilish  talab  qilinadi,  bu  esa  ozuqa  muhiti  tarkibini  to‘g‘ri  tuzishda 

muhum  ahamiyat  kasb  etadi.  E.M.Gubareva  (1952)  bergan  ma’lumotga  ko‘ra 

bakteriyalardagi  kulli  mosdalar  miqdori,  ozuqa  muhitida  mavjud  bo‘lgan  tuzlar 

miqdori bilan sezilarli darajada bog‘liqliq mavjud. 

V.S.Gostev  ushbu  bakteriyalarning  mineral  elementlarga  bo‘lgan  talabiga, 

ya’ni  hujayraning  hayotiy  davrida  muhimligi  va  ahamiyatiga  ko‘ra  asosiy  va 

ikkinchi  darajali  guruhlarga  ajratishni  taklif  etdi.  U  asosiy  guruhga  fosfor,  kaliy, 

natriy,  magniy  kalsiy,  oltingugurt,  xlor  va  temirni  kiritdi.  Qolgan  elementlar 

hujayrada  kam  miqdorda  uchraganligi  uchun  ularni  boshqasi  bilan  almashtirish 

mumkin. SHu sababli ularni ikkinchi darajali elementlar deb nomladi. 

L.  Mesrobyan  va  E.  Peunesk  esa  bu  holatni  mavjud  va  mavjud  bo‘lmagan 

 




elementlarga  ajratishdi.  Ular  mavjud  elementlar  sifatida,  hujayra  o‘sib 

rivojlanishida  o‘ta  zarur,  ya’ni  ushbu  elementlar  bulmaganda  hujayra  o‘sishdan 

to‘xtaydigan  elementlarni  kiritishdi.  Bir  so‘z  bilan  aytganda  barcha  almashtirib 

bo‘lmaydigan  elementlar  –  mavjud  elementlar  sirasiga kiritildi. Ushbu  elementlar 

bakteriya ozuqalanishida faol ishtirok etadi. 

Ularning  bergan  ma’lumotlariga  ko‘ra  bakteriya  hujayrasining  rivojlanish 

uchun  o‘ta  zarur  bo‘lgan  hodisa  –  bir  element  boshqasining  zararli  ta’sirini 

neytralizatsiyalashidir(mo‘tadillashtirishi).  Masalan:  magniy,  og‘ir  metallarning 

toksin  ta’sirini  neytrallaydi.  Ma’lumki,  nikelning  ma’lum  bir  miqdori,  ozuqada 

magniy  miqdori  ham  bo‘lganda  Acrobactera  larning  o‘sishini  to‘xtatadi,  magniy 

miqdori oshishi bilan esa nikelning zararli ta’siri yo‘qoladi. 

E.M.Guberov  esa  ko‘pgana  bakteriyalarning  o‘sishi  uchun  zarur  bo‘lgan 

mineral  mosdalarni  natriy,  kaliy,  kalsiy  va  magniy  fosfatlar  xloridlar  va  sulfatlar 

holida  bo‘lishi  zarur  deb  hisoblaydi.  Ushbu  mosdalarning  miqdori  oddiy  analitik 

usullarda hisoblanadi. Biroq, ba’zi bir bakteriyalar uchun kremniy, temir, rux, mis 

o‘ta zarurdir, ammo juda kam miqdorda talab etiladi. 

Ilmiy  manbalardan  ma’lumki,  bakteriyalar  va  boshqa  xil  organizmlar 

mosdalar  almashinish  jarayonida  ushbu  mosdalar  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 

Jumladan, Abelson va Aldous hamda Krigier lar tomanidan isbotlanganki, (1967) 

Bacillus thuringiensis kulturalarining o‘sishi uchun juda kam miqdorda rux, mis va 

magniy tezlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi 

Bacillus thuringiensis bakteriyasi kulturalari sporalar hosil qiladi. Qattiq ozuq 

muhitida  o‘stirilganda  har  xil  koloniyalar  hosil  qiladi.  Hosil  qilgan  koloniyalari 

silliq,  g‘adir-budir,  qirralari  har  xil,  yaltiroq,  kulrang,  oqish  va  boshqa  ranglarda 

bo‘lishi  mumkin.  Kulturalar  och  qizg‘ish  va  jigar  rangda  bo‘yaladi  yoki  och 

binafsha  rang  pigmentlar  hosil  qilmaydi  (Ayrim  shtammlari  pigment  hosil  qilishi 

mumkin). 

Glyukoza,  tregaloza,  fruktoza  va  glitserinni  achitib,  kislota  hosil 

qiladi.Arabinoza, ksiloza, galaktoza, laktoza, mannit, dulsit va inulinni achitmaydi. 

Bir  qancha  shtammlari  xitinni  gidrolizlaydi.  Pektin,  melibioza,  fruktozani 

 




gidrolizlamaydi.  rN  ko‘rsatkichi  5-7  bo‘lgan  ozuqa  muhitida  yaxshi  o‘sadi. 

O‘rtacha o‘sish temperaturasi 29-30 

0

S.  


Ilmiy  manbalardan  ma’lumki,  bakteriyalar  va  boshqa  xil  organizmlar 

moddalar  almashinish  jarayonida  ushbu  moddalar  muhim  ahamiyat  kasb 

etadi.  Jumladan, Abelson va  Aldous  hamda  Krigier  lar  tomanidan 

isbotlanganki, (1967) Bacillus thuringiensis kulturalarining  o‘sishi  uchun 

juda kam miqdorda rux, mis va magniy tezlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi 

Bacillus thuringiensis bakteriyasi kulturalari sporalar hosil qiladi. Qattiq 

ozuq  muhitida  o‘stirilganda  har  xil  koloniyalar  hosil  qiladi.  Hosil  qilgan 

koloniyalari  silliq,  g‘adir-budir,  qirralari  har  xil,  yaltiroq,  kulrang,  oqish  va 

boshqa  ranglarda  bo‘lishi  mumkin.  Kulturalar  och  qizg‘ish  va  jigar  rangda 

bo‘yaladi  yoki  och  binafsha  rang  pigmentlar  hosil  qilmaydi  (Ayrim 

shtammlari pigment hosil qilishi mumkin). 

       

 

 



 

10 



       

 


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin