1. Simsiz lokal tarmoq texnologiyalari: o’tmish va kelajak Wi-Fi texnologiyasi


Wi-Fi simsiz aloqa tarmog’ining keyingi avlodi Li-Fi deb nomlandi



Yüklə 53,59 Kb.
səhifə4/7
tarix14.04.2023
ölçüsü53,59 Kb.
#98135
1   2   3   4   5   6   7
Komilov Maxmudjon iikt

Wi-Fi simsiz aloqa tarmog’ining keyingi avlodi Li-Fi deb nomlandi.

Yaqinda olimlar ma’lumotlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan mutlaq yangi


texnologiya ustida ishlashni boshlab yuborishgan edi. Bu simsiz interfeys bo’lib,
uning yordamida oddiy yoritguvchi asboblardan foydalangan holda nurlanish
maromini buzmay, osongina va tezkorlik bilan ma’lumotlarni o’tkazish mumkin.
Buning uchun insonning ko’ziga ta’siri judayam kam bo’lgan yorug’lik
diodlarining intensivligini tezda va yuqori aniqlikda o’zgartira olish qobiliyatiga
ega texnologiyalardan foydalaniladi. Wi-Fi texnologiyasining ushbu analogi Li-Fi
(inglizcha, light – yorug’lik so’zidan olingan) deb nomlanadigan bo’ldi.
Ma’lumotlarni o’tkazishda yorug’likdan foydalanish g’oyasi yaqinda paydo
bo’lgan emas, bunday g’oya bir asr avval ham mavjud bo’lgan. Ilk marta simsiz
telefon qo’ng’irog’ini amalga oshirgan shaxs Aleksandr Bell bo’lib, bu voqea
1880-yilda yuz bergan. Bell buni o’zining “Fotofon” deb nomlangan kashfiyoti
yordamida amalga oshirgan.
Yorug’lik yordamida ma’lumotlarni o’tkazishga bo’lgan ilmiy va tijoriy
qiziqishlar, asosan, so’nggi yillarda kuchayib ketdi. Tan olish kerakki, bugungi
kunda Wi-Fi texnologiyasi shunday ommalashib ketdiki, hozirda undan hatto
samolyotlarda, avtobuslarda, muzlatgich va sovutgichlarda, umuman olganda,deyarli barcha turdagi elektronika vositalarida foydalanish mumkin. Biroq, ushbu
texnologiya orqali ma’lumotlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan kirish nuqtalari
(access point) va unga bog’lanuvchi simsiz qurilmalarning ishlashi bir-biriga
halaqit berib qolishi mumkin. Bu esa simsiz tarmoqning o’tkazish imkoniyatini
pasaytiradi, natijada kishilarda ma’lumotlarni o’tkazishning muqobil variantlarini
ishlab chiqish ehtiyoji paydo bo’ldi. Garald Xaas – Edinburg universiteti professori
ilk Li-Fi timsolini namoyish qildi. U o’tkazgan tajribada ma’lumotlarni o’tkazish
tezligi 10 Mbit/s gacha yetdi. Biroq, professor Xaas interfeys tezligini 100 Mbit/s
gacha yetkazishni rejalashtirmoqda.
Yorug’lik orqali ma’lumotlarni o’tkazish texnologiyasiga ko’pchilikning
qiziqishi baland, chunki unda hech qanday radioto’lqinlarsiz ma’lumotlarni simsiz
tarmoqda o’tkazish mumkin. Bundan tashqari, neft platformalarida, suv ostida,
navigatsiya qurilmalari ishlaydigan samolyotlarda radioto’lqinlardan foydalanish
ko’pincha ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi

Yüklə 53,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin