O’qituvchi 1-sinfning 2-yarim yilligida o’quvchining bir daqiqada 20-25 so’zni o’qiy olishiga erishishi kerak. Bu o’qish tezligi o’quvchilarning asar mazmunini o’zlashtirishini ta’minlashi lozim. Lekin o’qish tezligi har bir o’quvchining og’zaki nutq tempiga ham bog’liq bo’ladi. Bu o’qituvchining diqqat markazida bo’lishi lozim. Sekin gapiradigan bola ravon, to’g’ri o’qisa-yu, bir daqiqada 22-23 so’zni o’qisa, uni o’qish talabini bajarmadi deb bo’lmaydi. O’quvchilarning o’qish sur’atini tezlashtirish uchun turli topshiriqlar asosida o’qishni mashq qilish, o’quvchida o’qishga qiziqish uyg’otish, rollarga bo’lib o’qitish, dialogli matnlarni avval tez o’qiydigan o’quvchiga, so’ng sekin o’qiydigan o’quvchiga taqsimlash kabi usullardan foydalanish tavsiya etiladi
Boshqotirma
“Qish” she’ridagi so’zlardan foydalanib, katakchalarni to’ldiring.
Adabiyotlar:
“O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Barkamol avlod O’zbikiston taraqqiyotining poydevori”- Toshkent: Sharq, 1997-65b.
Karimov I.A “Yuksak m’naviyat yingilmas kuch “. Toshkent: O’zbekiston 2008. 202 b.