1-sinf o'qish kitobi tahlili reja: 1-sinf o'qish kitobi tahlili 1-sinf o’qish kitobining tuzilishi



Yüklə 24,62 Kb.
səhifə5/7
tarix17.05.2022
ölçüsü24,62 Kb.
#58298
1   2   3   4   5   6   7
1-SINF O\'QISH KITOBI TAHLILI

Yettinchi bo’lim – “Mehnatning tagi rohat”. Bunda o’quvchilar mehnat insonga baxt keltirishini, insonlar hayotida baxtli yashash uchun biror kasbni egallashlari zarurligi haqidagi mavzularni o’rganadilar. Ularda mehnatga hurmat, mehntsevarlik, kasb egallashga qiziqish tarbiyalanadi.

O’qituvchi badiiy matn ustida ishlaganda mavjud savol va topshiriqlardan foydalanadi. U matnni avval ifodali qilib o’qib beradi. Keyin matn mazmuni ustida suhbat uyishtiradi. Bunda o’qituvchi savollar va tasviriy vositalardan foydalanadi. O’quvchilarning o’zlariga ovoz chiqarmay o’qish, mazmunini tushunish topshiriladi. Keyin navbatma - navbat o’qitiladi. Lug’at ustida ishlab, yangi so’zlarning ma’nosi tushuntiriladi, o’quvchilarning lug’at boyligini oshorishga e’tibor qaratiladi. Oxirida savol – javob, test, boshqotirma, rebus yechib o’quvchilar umumlashtiriladi, reytingi e’lon qilinadi.

Xulosa qilib aytganda, o’qish darslarining asosiy vazifalari quyidagilar:


  1. To’g’ri, tez, ongli va ifodali o’qishga o’rgatish. O’qish malakalarini takomillashtirish.

  2. O’qish darslarida o’quvchilarni axloqiy tarbiyalash va bilimni rivojlantirish vazifalarini aniq belgilash, dunyoqarashini shakllanirish. Shu bilan birga ekologik, estetik, mehnat, iqtisodiy va huquqiy tarbiya berish.

  3. O’quvchilarda ijodiy tasavvur, nutq va tafakurni o’stirish.

  4. Qadim –qadimdan ardoqlanib kelingan kitobga mehr – muhabbatni tarbiyalash, uni e’zozlashga o’rgatish.

  5. O’quvchilarni mustaqil fikrlashga, fikrlarni erkin bayon etishga o’rgatish.

  • 1-sinfda o’qish dasrlarining vazifasi va o’quvchilarning o’qish malakasini takomillashtirish

  • O’qish faoliyati boshlang’ich sinflarda barcha fanlarda amalga oshiriladi, lekin o’qishga o’rgatish o’qish darslarining asosiy vazifasidir.

  • Kichik yoshdagi o’quvchini o’qishga o’rgatishda ularning umumiy rivojlanishini,psixologiyasini hisobga olish zarur. O’quv materialini hajmini oshirib yuborish, tinmay bir maromdagi o’qishni tashkil etish bolani o’qish mashg’ulotidan bezdiradi.

  • O’quvchilarni qiziqarli topshiriqlar, didaktik o’yinlar asosida o’qitish o’qishga o’yin tusini beradi.Bola o’ynab charchamaganidek, o’qib charchaganini sezmaydi.


Yüklə 24,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin