Satriy turlar
C++ da belgilarning biron-bir ketma-ketligi (massivlar) dan iborat matn qatorlarini xotirada saqlash uchun maxsus AnsiString ma’lumotlar turi qo‘llaniladi.
«Stroka» - «Satr» turidagi o‘zgaruvchilar barcha boshqa o‘zgaruvchilar kabi e’lon va initsializatsiya qilinadi.
Kompilyatorga navbatdagi belgilar ketma-ketligi yangi o‘zgaruvchining nomi emas, balki satr ekanligini bildirish uchun satrlar bittalik qo‘shtirnoq ichiga olinadi.
Misol:
AnsiString st = ‘matn qatori’;
Satr turidagi o‘zgaruvchilar ustida boshqa satr o‘zgaruvchilar bilan qo‘shish amali bajarilishi mumkin. Bu amal ikkita satrni ularning kelish tartibida birlashtirish deb tushuniladi.
Misol:
AnsiString s1 = ‘matn’;
AnsiString s2 = ‘ qatori’;
AnsiString s = s1 + s2;
Natijada s o‘zgaruvchi s1 va s2 o‘zgaruvchilardan tashkil topgan ‘matn qatori’ degan qiymatni qabul qiladi.
Qo‘shimcha turlar
Borland C++ da butun qiymatli o‘zgaruvchilarning turlarini qo‘shimcha ajratish imkoni mavjud. Bu holda o‘zgaruvchilarning barcha tur nomlari quyidagicha yoziladi - int X, bu erda X o‘zgaruvchiining bitlardagi maydon o‘lchami. X quyidagi qiymatlardan birini qabul qilishi mumkin: 8, 16, 32 va 64. Bu turdagi o‘zgaruvchilardan foydalanish standart turda aniqlangan o‘zgaruvchilardan foydalanishdan farq qilmaydi.
Quyidagi jadvalda bunday turlar bilan ishlash yaqqol ko‘rsatilgan.
Tur nomi
|
O‘zgaruvchini tavsiflashga misol
|
O‘lcham
|
__int8
|
__int8 c = 128;
|
8 bit
|
__int16
|
__int16 s = 32767;
|
16 bit
|
__int32
|
__int32 i = 123456789;
|
32 bit
|
__int64
|
__int64 big = 12345654321;
|
64 bit
|
unsigned __int64
|
unsigned __int64 huge = 1234567887654321;
|
64 bit
|
Dostları ilə paylaş: |