1. Skanerlash texnologiyasi tamoyillari Skanerlarning turlari va tavsifnomalari



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə1/11
tarix06.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#108747
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1. Skanerlash texnologiyasi tamoyillari Skanerlarning turlari va


Rasmli axborotni qayta ishlash uskunalari. Skanеrlarning asоsiy elеmеntlari va tuzilish prinsiplari
Reja:

1. Skanerlash texnologiyasi tamoyillari


2. Skanerlarning turlari va tavsifnomalari
3. Skanеrlarning asоsiy kоnstruksiyasi va tuzilish sxеmasi
4. Skanеrlarning tuzilish printsiplari
Skanerlash texnologiyasi tamoyillari:
Inson ko’riladigan axborotni ko’rish organlari miyasi yordamida idrok qiladi. Barcha axborot ko’z to’r pardasiga kelib tushadi, u yerda dastlabki ishlov beriladi va qabul qilish (idrok qilish) uchun tayyorlanadi.
So’nggi tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, ko’z bosh miyaning avtonom qismi hisoblanadi. Bu yerda axborot yig’iladi, tahlil qilinadi, o’zgartiriladi va ko’rish asab tolalari bo’yicha bosh miyaning oliy markazlariga uzatiladi. Axborotga bo’lgan ehtiyoj insonning ajralmas jihati hisoblanadi. Axborotga bo’lgan ehtiyoj tez qondiriladi va yana tezlikda yuzaga keladi hamda axborot harakatini tashkil qilish va kodlangan ma'lumotlar o?imi vositasida axborot uzatish uchun asos yaratadi. Axborot oqimini bunday tashkil qilish ochiq tizimlarga xos. Tirik organizmdar, xususan inson ochiq tizimlar hisoblanadi. Ochiq tizimlarning faoliyat ko’rsatishi uchun javob beradigan asosiy parametrlarga quyidagilaroni kiritish mumkin: axborot, jarayonlarning strukturasi, axborot almashinuvi, boshqaruvchi signallarni uzatish va qabul qilish.
Bosishgacha bo’lgan jarayonda reproduksiyalashning zamonaviy tizimlari ham ochiq tizimlar sinfiga taalluqli hisoblanadi. Texnologik jarayonlar va axborotni kiritish qurilmalari asosida yotuvchi ko’plab prinsiplar tirik organizmlar va ochiq tizimlar rivojlanishining umumiy qonunlariga mos keladi. Shuning uchun, shu nuqtai nazardan so’nggi yillarda bosishgacha bo’lgan jarayonlarga e'tibor qaratadigan bo’lsak, ular orasidagi o’xshashliklarni ko’rish mumkin.
Hozirgi kunda matbaa reproduksiyalashining barcha bosqichlarida ma'lumotlar axborot oqimini boshqarishga katta e'tibor qaratilmoqda. Biz esa reproduksiyalashning asosiy bosqichlaridan biri - axborotni kiritish va/yoki skanerlashga to’xtalib o’tamiz.
Skanerlash
So’nggi 35-40 yil ichida aslnusxalar va/yoki vizual axborotni matbaada reproduksiyalashga tayyorlashning bosishgacha bo’lgan bosqichlarida inqilobiy tavsifga ega voqealar sodir bo’ldi. Deyarli har 10-15 yilda reproduksiyalash ishlarini amalga oshirishda foydalaniladigan texnologiya va texnikalar o’zgardi. Fotoreproduksion apparatlar o’rnini elektron reproduksiyalash apparatlari (ESK) egalladi, keyinchalik ular stoldagi nashriyot tizimlari - DTP va barabanli tipdagi skanerlar tomonidan siqib chiqarildi. XXI asrning boshida planshetli skanerlar yangi bosqichga ko’tarildi. Bugunki kunda ular sifat/narx mezoni bo’yicha kiritish qurilmalari bozorida yetakchilik qilmoqda. A3 o’lchamli XY-texnolgiyasi bo’yicha ishlovchi zamonaviy planshetli skanerlar vertikal va gorizontal tipdagi barabanli skanerlarni ikkinchi darajaga tushirib qo’ydi. Lekin ularning raqobatchilari - raqamli kameralar paydo bo’ldi. Ular aslnusxalarni reprodukiyalashga tayyorlashning plenkali texnologiyasini istisno qiladi va ularni raqamli fayllar bilan almashtiradi. Shu bilan bir vaqtda kiritish texnologiyalarining va kiritish qurilmalarining ko’plab turlari mavjud - barabanli skanerlar, planshetli skanerlar, slayd-skanerlar, raqamli kameralar. Shuning uchun bu o’tish davrida shaffof va noshaffof taglikdagi aslnusxalarni skanerlash masalalari yaqin 10 yil ichida o’z dolzarbligini saqlab qoladi.
Bosishgacha bo’lgan bosqichda axborotni bosishga tayyorlash jarayoni chuqur tahlil qilinadigan bo’lsa, skanerlashda axborot oqimlarini shakllantirish ba'zi bosqichlarining insonning ko’rish analizatorida vizual axborotning qayta ishlanishiga mos kelishini sezish mumkin.
Skanerlash bosqichida axborotni tayyorlash va kiritishda axborot o’tishining asosiy jihatlari:
- aslnusxa axborotini o’qish (elementli, qatorli);
- tahlil va ma'lumotlarni RGB rang modelida ifodalash; axborot massivini bosishda qo’llaniladigan model (CMYK va b.) shaklga keltirish;
- tasvirning ranglarga ajratilgan ma'mumotlar massivini tashuvchiga (fotomaterial, magnitli, elektron va qolip materiali) yozish-qayd qilish.
Ranglarni aralashtirishning RGB va CMYK modellari orasidagi prinsipial farq shundaki, ular turli fizik joylarda amalga oshadigan jarayonlarni ifodalaydi. Additiv rang sintezi to’r pardada bevosita yorug’lik nurlarinig aralashuvida ko’rish analizatorida amalga oshadi, subtraktiv sintezesa bo’yalgan yuza yoki material tomonidan yorug’lik nurlarining tanlab yutilishi va va qisman qaytarilishida amalga oshadi. Boshqacha qilib aytganda, subtraktiv jarayonda komponentlar dastlab aralashadi, keyin esa tushuvchi nurning qaytarilishi va ko’rish tizimiga ta'sir qilishi sodir bo’ladi. Shuning uchun CMYK tizimida natijalovchi rangni taxmin qilish RGB modelidagiga nisbatan murakkabroq. RGB va CMYK modellari orasidagi sezilarli farqqa qaramasdan, ularni birlashtirib-ajratib turadigan jihatlar mavjud. RGB va CMYK modellarining asosiy ranglari bir-biriga nisbatan to’ldiruvchi hisoblanadi.
Shunday qilib, qizil rangni tahrir qilish va boshqarish uchun unga havorang rangning ta'sirini kuchaytirish yoki susaytirish kerak. Havorang rangni boshqarish uchun qirmizi-sariq ranglar juftiga ta'sir qilish lozim. Shunga o’xshash ravishda, yashil rang qirmizi orqali, ko’k sariq orqali, qirmizi havorang-sariq juftligi orqali, sariq qirmizi-havorang jufti orqali boshqariladi.


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin