1. «Soliqlar va soliqqa tortish» fani ga kirish. Reja



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/15
tarix28.11.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#167459
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1. «SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH» FANIGA KIRISH.




1. 
«SOLIQLAR
 
VA SOLIQQA TORTISH» FANI
GA KIRISH. 
Reja: 
1.1. «Soliqlar va soliqqa tortish» fanini o‘qitishning zaruriyati, predmeti, maqsaqi va 
vazifalari hamda o‘rganish usullari.
 
1.2. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va obyektiv zarurligi.
1.3. Soliq elementlari.
1.4. Soliqlarning funksiyalari va vazifalari.
1.5. Soliqqa tortish tamoyillari.
1.6. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi va uning rivojlanish bosqichlari. 
 
1.7. Soliqlarni guruhlashning o‘ziga xos xususiyatlari. 
 
1.8. Soliq tizimining huquqiy asoslari hamda soliq to‘lovchilarning huquq va majburiyatlari. 
 
 
Tayanch so’z va iboralar: 
soliqlar, yig’imlar, boshqa majburiy to’lovlar, soliq to’lovchilar, 
soliq ob’e
kti, soliq bazasi, soliq imtiyozlari, soliq stavkasi, soliq davri, soliq yuki, soliq 
elementlari, soliq tamoyillari, soliq funksiyalari
, egri soliq, to’g’ri soliq, umumdavlat solig’i, 
mahalliy soliq, umumbelgilangan soliq turi, soddalashtirilgan soliq turi, yuridik shaxs, jismoniy 
shaxs, soliq huquqlari, soliq majburiyatlari, soliq strategiyasi, soliq taktikasi 
1.1. «Soliqlar va soliqqa tortish» fanini o‘qitishning zaruriyati, predmeti, maqsaqi va 
vazifalari hamda o‘rganish usullari.
 
Mamlakatimizda iqtisodiyotni yuksaltirish davrida soliqlar va ularga tenglashtirilgan 
majburiy to‘lovlar davlat xazinasining asosiy daromad manbasi hisoblanadi. Soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlar soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslardan soliq qonunchiligiga ko‘ra 
belgilangan tartibda undiriladi. O‘zbekiston Respublikasi bosh qomusi
-mamlakat 
Konstitutsiyasining 51 va 123-moddalarida ham fuqarolarning burch va majburiyatlaridan biri 
sifatida qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashning majburiyligi belgilab 
qo‘yilgan. Ushbu majburiyatlarni bajarish uchun esa har bir fuqaro soliqlar va soliqqa tortish 
munosabatlariga doir yetarli darajada bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishlari lozim bo‘ladi.
Bu kursni o‘qitishning zarurligi bozor 
iqtisodiyoti munosabatlari ichida soliq 
munosabatlarining ahamiyati o‘sib borayotganligidan kelib chiqadi. «Soliqlar va soliqqa tortish» 
fani soliq voqeliklarini (harakatlarini) chuqur o‘rganish asosida zaruriy xulosalar chiqarib, ularni 
amaliyotga tadbiq 
etish yo‘llarini o‘rgatadi.
«Soliqlar va soliqqa tortish» fanini o‘qitishdan maqsad talabalarda soliqlar va yig‘imlar 
to‘g‘risidagi tasavvurni hosil qilish, soliq to‘lovchilardan undiriladigan soliq hamda yig‘imlarning 
huquqiy asoslarini, soliq majburiyati, soliq nazorati, soliqqa oid huquqbuzarliklar va ularga 
nisbatan qo‘llaniladigan jazo choralari bo‘yicha bilimlarni shakllantirishdan iboratdir.
Har qanday fan yoki kurs o‘zining predmetiga ega bo‘lishi kerak. «Soliq va soliqqa tortish»
fanining predmeti 
soliq harakatini o‘rganishdir. Soliqqa tortishda soliq mexanizmi ishga solinadi. 
Uning harakatlanishi pul munosabatlari orqali sodir bo‘ladi. Bu pul munosabatlari soliq 
to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan soliq undiruvchi (oluvchi) davlat o‘rtasida bo‘ladi.
Fan oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalar soliqlarning mohiyatini, ularning zarurligini, soliq 
elementlari va funksiyalarini, soliq siyosatini, soliqqa tortish va to‘lash tartiblarini, xorijiy 
mamalakatlar soliq tizimlarini, soliq tizimining na
zariy jihatlarini o‘rgatish va amaliy 
ko‘nikmalarini shakllantirshdan iboratdir.
«
Soliqlar va soliqqa tortish
» fanini o‘rganishdagi usullar umumiy va alohida usullarga 
bo‘linadi. 
Tabiat, jamiyat va tafakkurning rivojlanish qonunlarini tadqiq qilishning ilmiy uslubi 
dialektik uslubdir. Shuning uchun ham ushbu ilmiy uslub barcha fanlarning, shu jumladan 
«
Soliqlar va soliqqa tortish
» fanining nazariy va uslubiy asosini tashkil etadi. Dialektika
iqtisodiy 
jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi, harakat va rivojlanishida tadqiq qilishni talab etadi. Dialektik 
uslub shuni tadqiq etadiki, rivojlanish quyidan yuqoriga qarab sodir bo‘ladi, bilish esa oddiydan 



murakkabga tomon rivoj topib boradi. Shuning uchun ushbu uslub tadqiq etishning induktsiya va 
deduktsiya usullarini o‘z ichiga oladi. 
Xususiy, yakka fakt olinib, uning asosida umumiy qoida hosil qilinadigan bo‘lsa –
induktsiya 
usuli vujudga keladi. Barcha xususiy hollarni o‘z ichiga olgan umumiy qoida 
hosil 
qilinsa 

deduktsiya usuli yuzaga keladi.
Hamma iqtisodiy fanlar kabi «
Soliqlar va soliqqa tortish
» fanining ham o‘ziga xos ilmiy 
tadqiq etish usullari mavjud, ya’ni ilmiy tadqiq etish usullari biri bu ilmiy abstraktsiya usulidir. 
Ilmiy abstraktsiya 
usulining mohiyati bu tahlil paytida ob’ektning faqat bir tomoniga, tadqiq 
etilayotgan jarayonning asosiy mohiyatiga e’tibor qaratilib, halal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi 
darajali elementlarning ta’siri e’tibordan chetda qoldiriladi. 
Tabiat va jamiyatdagi voqea hodisalar singari iqtisodiy jarayonlarning ham tarkibiy 
bo‘limlarini tadqiq etmay turib, ya’ni tahlil qilmay turib, ularni ilmiy jihatidan o‘rganib bo‘lmaydi.
«
Soliqlar va soliqqa tortish
» fani shuningdek, o‘z predmetini o‘rganishda tahlil va si
ntez 
usulidan ham foydalanadi. 
«Tahlil» iborasi grekcha «analiz» so‘zidan olingan bo‘lib, bu qismlarga bo‘lish yoki 
ajratish, tahlil qilish kabi ma’nolarni bildiradi, ya’ni tahlil murakkab hodisa va predmetlarni 
tarkibiy bo‘laklarga bo‘lish, ajratish asosida ko‘rsatkichlarni taqqoslash va tadqiq etish demakdir.
Tahlil usuli bo‘lib, bu usul vositasida voqea hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar 
tadqiq etiladi. 
Sintez usuli tadqiq etilgan bo‘limlardan olingan xulosa va natijalarni butun bir yaxlit 
jarayon deb hisoblab, umumiy xulosa chiqarishdan iborat. Yuridik va jismoniy shaxslardan 
undiriladigan soliq turlarini hisoblash va davlat budjetiga o‘tkazish tartibining amaliy masalalari 
mazkur usul bilan tadqiq etiladi.
To‘liq tasavvur paydo bo‘lishi uchun p
redmetning ayrim tarkibiy elementlarining 
bog‘liqligini va mavjud muammolarni aniqlab olish, umumlashtirish, ya’ni sintez qilish lozim. 
Tahlilsiz sintez ham bo‘lmaydi.
Statistik guruhlash usuli - 
bu ma’lumotlarni ma’lum belgilariga ko‘ra guruhlarga ajratis

statistik tadqiq etishning muhim usuli hisoblanadi. Statistik usul deb atalishiga sabab shundaki, 
bunda ko‘rsatkichlar bir qancha statistik ma’lumotlarni guruhlarga bo‘lish asosida o‘rganiladi. 
Statistik guruhlash usuli orqali iqtisodiy ko‘rsatkichlar
bi
r hil bo‘lgan guruhlarga ajratiladi va 
ayrim ko‘rsatkichlar o‘rtasida bir
-biriga 
bog‘liqlik borligini
hamda tadqiq etilayotgan voqea 
hodislarning eng zaruri, muhimi aniqlanadi. 
Shuningdek, «
Soliqlar va soliqqa tortish
» fanini o‘rganishda quyidagi usullarda

foydalanish mumkin: foiz chiqarish, taqqoslash, koeffitsent, zanjirli bog‘lanish, korrelyatsiya, 
matematik usullarni qo‘llash, statistik, grafik, soliqlarni davrlar bo‘yicha taqqoslash, soliq 
tushumlarini jadvallar orqali ifodalash, o‘zgarishlarni aniqla
sh, ularga nazariy jihatdan baho 
berish, soliqlarni boshqa iqtisodiy kategoriyalarga ta’sirini grafik usulda tasvirlash va boshqalar. 
Yuqorida aytib o‘tilgan usullardan foydalanib yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini 
tahlil qilish iqtisodiyotdagi yangi imkoniyatlarni topishda yordam beradi, soliqqa tortish 
samaradorligini yanada oshiradi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin