1.3. Soliq elementlari.
Soliqqa tortish tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblangan soliq elementlari soliq solishda
ifodalanadigan tushunchalar bo‘lib, ular soliq to‘lovchilar va davlat budjeti o‘rtasidagi iqtisodiy
-
huquqiy munosabatlarda namoyon bo‘ladi.
Soliq nazariyasida soliqqa oid munosabatlarni to‘liq va teranroq ifoda etish uchun iqtisodiy
voqeliklarning har bir kichik guruhlari muayyan nomdagi iboralar bilan izohlanadi. Soliq
elementlari ham xuddi shunday soliqqa oid iqtisodiy hodisalarni izohlashga xizmat qiluvchi yaxlit
tushuncha hisoblanadi. Soliq elementlari tushunchasi soliq solish tizimining muhim tarkibiy qismi
bo‘lib, uning o‘zi ham kichik tizimni tashkil etadi, ya’ni soliq elementlari ham bir necha iqtisodiy
kategoriyalarning yaxlit holdagi harakatini bildiradi.
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida soliqning barcha elementlari aniqlab qo‘yilgan
taqdirdagina ushbu soliq belgilangan deb hisoblanadi.
Bunday soliq elementlariga quyidagilar kiradi:
1)
soliq solish ob’ekti;
2) soliq bazasi;
3) soliq stavkasi;
4) soliq davri;
5) soliqni hisoblab chiqarish tartibi;
6) soliq hisobotini taqdim etish tartibi;
7)
soliqni to‘lash tartibi.
Soliqni belgilashda soliq imtiyozlari va ularning qo‘llanilishi uchun asoslar nazarda
tutilishi mumkin.
Soliq solish ob’ekti
mol-mulk, harakat, harakat natijasi yoki qiymat, miqdoriy yoki fizik
xususiyatga ega bo‘lgan boshqa holat bo‘lib, u mavjud bo‘lganda soliq to‘g‘risidagi
qonunchilik
soliq to‘lovchida soliq majburiyatini vujudga keltiradi.
Soliq solish
ob’yektiga foyda yoki daromad, muayyan tovarlar qiymati, yer maydoni,
jismoniy va yuridik shaxslarning mulklari, tabiiy resurslardan foydalanish miqdori va boshqalar
kiradi. Soliq solish ob’yekti aslida jamiyatdagi mavjud moddiy va ma’naviy boyliklarning
a
yrimlariga qonun yo‘li bilan ulardan foydalanuvchi, egalik qiluvchi va tasarruf qiluvchi soliq
sub’yektlarining huquqlariga soliq solishni ifodalaydi. Binobarin, moddiy yoki ma’naviy
boyliklarga mulkiy huquqqa ega bo‘lgandagina soliq solish ob’yekti yuzaga
keladi. Masalan,
egasiz imoratga soliq solinmaydi, chunki egasiz imoratga nisbatan soliq sub’yekti mavjud emas,
vaholanki, bo‘lgan taqdirda ham soliq solish ob’yekti sifatida imorat emas, balki ushbu imoratga
bo‘lgan mulkiy huquqqa soliq solinadi. Shu jihatdan aytish mumkinki, soliq solish ob’yekti aslida
yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy huquqi va daromadiga qaratiladi.
Soliq bazasi
soliq solish ob’ektining qiymat, fizik yoki boshqa xususiyatini ifodalaydi.
Hisoblanadigan soliq miqdori nafaqat soliq stavkalarining miqdoriga, shu bilan birgalikda
soliq stavkasi qo‘llaniladigan ob’yektning miqdoriga ham bog‘liq. Soliq solinadigan
bazaning
miqdori qonunchilikda soliqqa tortilishi lozim
bo‘lgan soliq solish ob’yektidan ruxsat etiladigan
chegirmalarga bog‘liq ravishda o‘zgarib turishi mumkin. Soliq
solish bazasini soliq
to‘lovchilarning mazkur toifasiga taqdim etiladigan soliq imtiyozlarig
a muvofiq ravishda
kamaytirishga ruxsat etiladi.
11
Soliq stavkasi
soliq bazasining o‘lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan soliqning
foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorini ifodalaydi.
Soliq stavkalari Soliq Kodeks bilan belgilanadi. Aktsiz solig‘ining
stavkalari, mahsulot
narxi dinamikasidan va uni realizatsiya qilish, shu jumladan import qilish hajmidan kelib chiqib,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan yil davomida qayta ko‘rib chiqilishi
mumkin.
Ilk marotaba 2020 yildan aksiz soli
g‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun
soliq va qat’iy belgilangan summada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuni bilan belgilandi.
Mustaqillikning ilk
davridan 2005 yilgacha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning
stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Davlat budjeti parametrlari
to‘g‘risidagi
qarori bilan, 2005 yildan toki 2020
yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti
parametrlari to‘g‘risidagi
qarori
bilan belgilangan.
Soliq stavkalari foizlarda yoki mutloq summada belgilanishi mumkin. Soliq stavkasi soliq
elementlari ichida eng ko‘p amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan unsurdir. Shunki soliq stavkalarini
o‘zgartirish orqali davlat xo‘jalik
yurituvchi sub’yektlar faoliyatiga ta’sir etadi.
Soliq stavkalari, undirilishga, mohiyatiga va amal qilishi nuqtai nazaridan bir necha
turlariga ajratiladi:
Soliq stavkalarining biri proporsional soliq stavkasi bo‘lib, bu soliq stavkasining asosiy
mohiyati shundan iboratki, yuridik yoki jismoniy shaxslardan oboroti, foydasi yoki boshqa bir
soliq ob’yektining bir xil turida yangi qo‘llashdan muhim xususiyati shundaki, soliq to‘lovchi ega
bo‘lgan foyda (daromad), divedend, oborot yoki mol
-mulk qiymatini hajmi (summasi) qancha
bo‘lishidan qat’i nazar bir xil tartibda, ya’ni bir xil foizda soliq stavkasi qo‘llaniladi.
Soliq stavkalarining keyingi turi progressiv soliq stavkasi hisoblanadi. Progressiv soliq
stavkasi, mohiyati jihatidan proporsional soliq stavkasiga nisbatan teskari holatda amal qilib, unga
muvofiq soliq to‘lovchilarning daromadlari, foydasi yoki oboroti ortib borishiga muvofiq tarzda
soliq stavkasining ham ortib borishi tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimida jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad soli
g‘i misolida ko‘rishimiz mumkin. Bunga muvofiq, jismoniy
shahslarning olgan daromadi oshib borishi bilan birga belgilangan shkala asosida soliq stavkasi
oshib boradi.
Regressiv soliq stavkasida soliq to‘lovchining soliqqa tortil
adigan daromadi, oboroti, mol-
mulk qiymati kabi soliq ob’yektining ortib borishi bilan soliq stavkasining kamayib borishi
ifodalanadi. Bundan ko‘rinadiki, regressiv soliq stavkasi progressiv soliq stavkasiga nisbatan
teskari iqtisodiy hodisani ifodalaydi.
O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimida regressiv soliq
stavkasi asosan soliqlarning rag‘batlantiruvchilik rolini oshirish maqsadida qo‘llanilib, bu asosan
korxonalarning mahsulot (xizmat, ish)ni chetga eksport qilishini rag‘batlantirish maqsadida joriy
etilgan. Jumladan: yuridik shaxslardan olinadigan foyda va mol-
mulk solig‘ida ko‘rish mumkin.
Soliq imtiyozlari bu -
soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga boshqa soliq to‘lovchilarga
nisbatan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan afzalli
klar, shu jumladan soliqni
to‘lamaslik yoki ularni kamroq miqdorda to‘lash imkoniyatidir.
Soliq to‘lovchiga soliqlarni to‘lash bo‘yicha muddatni kechiktirish (bo‘lib
-
bo‘lib to‘lash)
imkoniyati berilishi soliq imtiyozlari hisoblanmaydi.
Soliq imtiyozlari Soliq kodeksi bilan taqdim etiladi. Soliq imtiyozlari individual
xususiyatga ega bo‘lishi mumkin emas.
Ayrim soliqlar boʻyicha soliq imtiyozlari, qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi
solinadigan mahsulotlar ishlab chiqarilganda va (yo
ki) realizatsiya qilinganda aksiz soligʻi yer
qaʼridan foydalanganlik uchun soliqdan va foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta
soligʻidan tashqari, belgilangan qoidalarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining qarorlari
bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin koʻpi bilan 50
foizga kamaytirish tarzida va koʻpi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin.
12
Soliq to‘lovchilar soliqlar bo‘yicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar yuzaga kelgan
paytdan e’tiboran ularning butun amal qilish davri mobaynida foydalanishga yoki soliq
imtiyozidan foydalanishdan voz kechishga yoxud undan foydalanishni bir yoki bir necha soliq
davrlarida to‘xtatib turishga haqli, bundan qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod
etiladigan tovarlarni
(xizmatlarni) realizatsiya qilish mustasno.
Soliqlar bo‘yicha imtiyozlar soliq solishdan bo‘shagan mablag‘larni aniq maqsadlarga
yo‘naltirishi sharti bilan berilishi mumkin. Bunday mablag‘lar maqsadli ishlatilmagan taqdirda
maqsadsiz
ishlatilgan mablag‘lar summasi belgilangan tartibda penya hisoblangan holda
byudjetga undirilishi lozim. Soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo‘shagan va
mazkur imtiyozlarning amal qilish davrida foydalanilmagan mablag‘lar summasi beril
gan
imtiyozlarning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng bir yil davomida ularni taqdim etishda
belgilangan maqsadlar uchun yo‘naltirilishi mumkin. Bunda belgilangan muddatda
foydalanilmagan mablag‘lar byudjetga o‘tkazilishi lozim.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar, shu jumladan tovarlar O‘zbekiston
Respublikasining hududiga olib kirilishida (importida) soliq solishdan bo‘shagan mablag‘larni
aniq maqsadlarga yo‘naltirish sharti bilan, berilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahridagi bosh boshqarmalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining muassasalari Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliqlarni to‘lashdan ozod
etiladi, bundan ijtimoiy soliq
va O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirishda (importida)
to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i mustasno.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari
Kengashlari turistik zonalarda joylashgan alohida sanatoriy-
kurort ob’ektlari egallagan yer
uchastkalariga nisbatan mol-
mulk solig‘i va yer solig‘ining kamaytirilgan soliq stavkalarini
belgilash yoki soliq to‘lashdan ozod qilish huquqiga ega.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun imtiyozlar quyidagi ko‘rinishda beri
ladi:
−
soliq va (yoki) boshqa majburiy to‘lovlar va yig‘imlarni to‘lashdan ozod etish;
−
soliq bazasini kamaytirish;
−
soliq stavkasini pasaytirish.
Imtiyozlar amal qilish muddatiga qarab doimiy va muayyan muddatga beriladigan
imtiyozlarga bo‘linadi.
Doimiy imtiyozlar cheklanmagan amal qilish muddatiga belgilanadi. Bunday imtiyozlar
Soliq kodeksida keltirilgan.
Muayyan muddatga beriladigan imtiyozlar vaqtinchalik hisoblanib preferensiya (lot.
praeferentia «afzallik»)
deb ataladi. Preferensiya ayrim qonunlar, Prezident qarorlari va Vazirlar
Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadi. Preferensiyalar ishlab chiqarishni modernizatsiyalash,
texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashni amalga oshirayotgan, hudud infratuzilmasini
rivojlantirishda ishtirok etuvchi yoki O‘zbekiston investitsiya dasturi qatnashchisi hisoblangan
korxonalarga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qo‘shimcha tarzda berilishi
mumkin.
Soliqni hisoblab chiqarish tartibi soliq bazasidan, soliq stavkasidan, shuningdek mavjud
bo‘lgan taqdirda, soliq imtiyozlaridan kelib chiqqan holda soliq davri uchun soliq summasini
hisob-kitob qilish qoidalarini belgilaydi.
Soliqni hisoblab chiqarish soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiril
adi.
Soliq kodeksida nazarda tutilgan hollarda bu majburiyat soliq organiga yoki soliq agentiga
yuklatilishi mumkin.
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni banklar orqali naqd pulsiz
shaklda to‘laydi.
Soliq davri deganda tugagandan k
eyin soliq bazasi aniqlanadigan hamda to‘lanishi lozim
bo‘lgan soliq summasi hisoblab chiqariladigan kalendar yil yoki boshqa davr tushuniladi.
Soliq davri bir necha hisobot davrlaridan iborat bo‘lishi mumkin.
13
Soliq solish usullari
uch xil ko‘rinishda amal
ga oshirilib, ular quyidagilarga: soliq
solishning kadastrli, deklaratsiya va manba oldidan soliq solish usullariga ajratiladi.
Soliq yuki -
soliq to‘lovchi muayyan vaqt oralig‘idagi faoliyati natijasida to‘lagan
soliqlarining yig‘indisini ifodalaydi.
Bunda soliq to‘lovchilar to‘laydigan barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning
yig‘indisi ifodalanadi. Soliq yukining aniq soliq to‘lovchilar zimmasiga qancha to‘g‘ri kelganligini
aniqlash ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Biroq to‘g‘ri (bevosita) soliqlarda soliq og‘irligi
aynan soliqni budjetga hisoblab o‘tkazuvchi soliq to‘lovchilar zimmasiga tushsa, egri (bilvosita)
soliqlarda esa s
oliq yuki soliqni to‘lovchilar emas, balki tovar (ish, xizmat)larni iste’mol
qiluvchilar zimmasiga tushadi. Muayyan turdagi yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha soliq
yukini bir yilda budjetga to‘langan barcha majburiy to‘lovlar yig‘indisi bilan aniqlash
mumkin.
Soliq yukini ifodalashning bir qancha ko‘rinishlari mavjud: makrodarajadagi soliq yuki,
mezodarajadagi soliq yuki va mikrodarajadagi soliq yuki. Soliq yuki makrodarajada ifodalanganda
butun mamlakat miqyosida ifodalanib, asosiy ko‘rsatkich sifatida
muayyan naqt oralig‘ida davlat
budjetiga kelib tushgan soliqlar yig‘indisining ana shu vaqt oralig‘ida yaratilgan yalpi ichki
mahsulot (YaIM) yoki milliy daromad (MD)ga nisbati olinadi. Mezodarajada ifodalanganda
alohida olingan soha, tarmoq yoki sektorga
to‘g‘ri keladigan soliq yuki ifodalansa, mikrodarajada
esa aniq bir olingan sub’yektga to‘g‘ri keladigan soliq yuki ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: |