29
Egri soliqlarning ijobiy tomoni shundaki, ular respublikada ishlab chiqarilgan tovarlar
respublikadan tashqariga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlarning serob
bo‘lishiga yordam beradi hamda inflyatsiya darajas
ini (muomaladagi ortiqcha pul massasini)
birmuncha jilovlab turadi.
Egri soliqlar tarkibiga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i kiradi.
Shunki qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i iqtisodiy kon’yukturaning o‘zgarishlariga
bevosita bog‘liq bo‘lmagan barqaror daromad manbalari hisoblanadi va egri soliqlar bo‘yicha
tushumlarning asosiy qismini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti ijtimoiy xarajatlari o‘sish tendensiyasiga ega
ekanligi davlat budjeti daromadlari hajmini uzluksiz oshirib borishni taqozo qiladi. Bu esa
qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i kabi barqaror daromad manbalarini, budjet daromadlarini
uzluksiz ta’minlashni taqozo qiladi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, to‘g‘ri va egri soliqlar yagona soliq tizimini tashkil et
ib, bir-
biri bilan o‘zaro bog‘langandir.
Yevropa mamlakatlarida egri soliqlarning roli AQSh, Yaponiya,
Kanada va Avstraliyaga qaraganda yuqoridir. Yevropa mamlakatlarida jami soliq tushumlarining
hajmida egri soliqlarning salmog‘i 40 foizdan yuqori bo‘lib,
ayrim mamlakatlarda 50 foizni tashkil
etadi.
Mazkur ko‘rsatkich 50 foizdan yuqori bo‘lgan mamlakatlar guruhiga Meksika, Turkiya va
Koreya kiradi. AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyada
esa ushbu ko‘rsatkich
25-30 foizni
tashkil qiladi.
18
Budjetga
tushishiga qarab soliqlar umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘linadi.
Umumdavlat soliqlari va boshqa
majburiy to‘lovlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1)
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
2)
jismoniy shaxslardan olimadigan daromad solig‘i;
3)
qo‘shilgan qiymat solig‘i;
4)
aksiz
solig‘i;
5)
yer qa’ridan foydalanuvchilar uchu
n
soliqlar va maxsus to‘lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
avtotransport yig‘imlari;
Umumdavlat soliqlari har yili O‘zbekiston Republikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi
qonuni asosida belgilangan normativlar bo‘yicha tegishli mahalliy
budjetlar
o‘rtasida
taqsimlanadi.
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga quyidagilar kiradi:
1)
mol-
mulk solig‘i;
2)
yer solig‘i;
3)
ayrim turdagi tovarlar bilan
chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘im.
Umumdavlat soliqlari asosan respublika budjeti daromadlarini shakllantirishga qaratilgan
bo‘lsa, mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy budjetlar daromadlarini shakllantiradi.
To‘lovchilar
nuqtai-nazaridan soliqlarni yuridik va jismoniy shaxslar
to‘laydigan
soliqlarga ajratishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: