1-sonli “ Kabutar” nomli umumiy turdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti va tarbiyalanuvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) o'rtasidagi


II DMTTning huquqlari va majburiyatlari



Yüklə 31,36 Kb.
səhifə2/6
tarix18.06.2023
ölçüsü31,36 Kb.
#132142
1   2   3   4   5   6
1 DMTT ota onalar bilan shartnoma

II DMTTning huquqlari va majburiyatlari


3.DMTT quyidagi huquqlarga ega:

DMTT xodimlarining xuquq va qonuniy manfaatlarini hamda qadr-qimmatini himoya qilish;


vazirlik tomonidan tasdiqlangan “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi asosida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq o‘z o‘quv dasturini ishlab chiqish;
tarbiyalanuvchini oilada tarbiyalash bo‘yicha tegishli takliflar berish,uning qonuniy vakillari bilan o‘zaro hamkorlik qilish.
bolaning qonuniy vakillari bilan tuzilgan kelishuv asosidagi to‘lov evaziga maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturidan tashqari qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, dam olish kunlari yoki belgilangan ish soatlaridan tashqari bolalarni parvarishlash va ularga qarab turish;
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha inovatsion faoliyatda ishtirok etish;
DMTT Ustavida belgilangan tartibda qonuniy vakilning istagi va tarbiyalanuvchining yoshini inobatga olib, ularni guruhga taqsimlash;
tarbiyalanuvchi kasal bo‘lganda yoki tibbiy ko‘rikda uning kasalligi aniqlanganda , DMTT tibbiyot xodimi tomonidan kunlik filtratsiyadan o‘tkazilganda tarbiyalanuvchining sog‘lig‘i bo‘yicha DMTTda bo‘lishini tasdiqlovchi xollar yuz berganda uni vaqtincha DMTTga qabul qilishni rad etish;
qonuniy vakil tomonidan shartnoma shartlari bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi, shu jumladan to‘lovni shartnomada belgilangan miqdorda hamda mazkur shartnomaning 9-bandida ko‘rsatilgan muddat o‘tgach ikki hafta mobaynida uzrli sabablarsiz to‘lanmagan taqdirda, qonuniy vakil bilan tuzilgan shartnomaning amal qilinishini to‘xtatish va tarbiyalanuvchini DMTT ga kelishini cheklash;
qonuniy vakilning tegishli ruxsatisiz tarbiyalanuvchini boshqa shaxslarga berib yuborishni rad qilish.
DMTT qonun xujjatlariga muvofiq boshqa xuquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
4. DMTTning majburiyatlari:
Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq berilgan yo‘llanmalar asosida tarbiyalanuvchilarni DMTTga qabul qilish;
bolaning DMTTda bo‘lish vaqtida uning sog‘lig‘i va hayotini asrash hamda har tomonlama rivojlanishi, tarbiyalanishi va ta’lim olishi bilan bog‘liq zarur va xavfsiz sharoitlarni yaratish;
bolalarda Vatanga muxabbat tuyg‘usini, oilaga, o‘z xalqining milliy,tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni, atrof muhitga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish;
tarbiyalanuvchining jismoniy, ruhiy va aqliy rivojlanishini ta’minlash, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
har bir bolaga o‘z qobilyatlariga qarab individual yondashishni ta’minlash, bola xuquqlari to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga rioya qilish;
nizolarni hal qilishda avvalombor bolaning manfaatlariga asoslanish;
bolaning qonuniy vakiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
DMTT Kuzatuv kengashining to‘liq faoliyat olib borilishini ta’minlash;
o‘quv ta’lim-tarbiya jarayonini ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga
muvofiq amalga oshirish;
maktabgacha yoshidagi bolalarning rivojlanishi va sog‘lig‘iga doir xususiyatlarini hisobga olib, maktabgacha ta’limning tegishli sifat, daraja va hajmga muvofiqligini ta’minlash;
DMTT pedagog kadrlari tomonidan odob-axloq qoidalariga qa’tiy rioya qilinishi hamda bolaning va uning qonuniy vakilining xuquq va sha’ni, qadr-qimmatini hurmat qilinishini ta’minlash;
bolaga ta’lim berish va uni tarbiyalash masalalari bo‘yicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar berish;
maktabgacha ta’lim sifati ta’minlanishini nazorat qilishda vakolatli davlat organlariga ko‘maklashish;
tarbiyalanuvchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish, davolovchi-profilaktik tadbirlarni o‘tkazish (reja asosida profilaktik emlash, yillik tibbiy ko‘rik o‘tkazilishini tashkil qilish va boshqalar);
belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq xavfsiz, sifatli va sog‘lom ovqatlanishni tashkil qilish va ta’minlash;
qonuniy vakildan yoki tegishli ruxsati bo‘lgan shaxslardan tarbiyalanuvchini qabul qilish va unga topshirish;
tarbiyalanuvchiga tegishli narsa va buyumni to‘laligicha saqlash;
qonuniy vakilga DMTT faoliyatiga doir ma’lumotlarni taqdim qilish (DMTT ustavi, kun tartibi, ta’lim-tarbiya dasturlari va uslublari);
DMTTda o‘zgartirilgan tartib va boshqa xolatlar haqida o‘z vaqtida xabardor qilish.
DMTTning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari xam bo‘lishi mumkin.
DMTTda tarbiyalanuvchilar ehtiyoji va turli maqsadlarni vaj qilib qonuniy vakildan majburiy tarzda pul yig‘ish yoki moddiy qimmatliklar olib kelishni talab qilish ta’qiqlanadi.

Yüklə 31,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin