1-sonli “ Kabutar” nomli umumiy turdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti va tarbiyalanuvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) o'rtasidagi



Yüklə 31,36 Kb.
səhifə4/6
tarix18.06.2023
ölçüsü31,36 Kb.
#132142
1   2   3   4   5   6
1 DMTT ota onalar bilan shartnoma

IV.To‘lov tartibi


7.Tarbiyalanuvchining DMTTda bo‘lgan davri uchun bir oylik to‘lovi 183 000 so‘m.
Agarda qonuniy vakilning bir nafardan ortiq bolalari DMTTga qatnagan taqdirda to‘lovlar 138 000 so‘mni tashkil qiladi.
Bunda: bir oilada bir nafardan ortiq bolalar turli DMTTlarga qatnasa, qonuniy vakil tegishli ravishda bir DMTTdan boshqasiga farzandining boshqa DMTTga qatnashi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani hamda oila a’zolari haqidagi fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasini taqdim etishlari lozim.
8.DMTTdagi tarbiyalanuvchi uchun ota-ona to‘lovi miqdori qonun hujjatlariga muvofiq o‘zgargan taqdirda bu haqda DMTT ma’muriyati tomonidan qonuniy vakilga ma’lum qilinadi hamda shartnomaga qo‘shimcha kelishuv tuziladi.
9. DMTTdagi tarbiyalanuvchi uchun ota-ona to‘lovi har oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan to‘lanadi. Oyning 15-sanasidan keyin kelgan bolalarni saqlash uchun to‘lovlar esa bola kelgan kundan boshlab 3 kun ichida to‘lanadi. Bunda to‘lovlar bolaning shu oyda DMTTga qatnaydigan kunlariga mutanosib ravishda to‘lanadi.
10. Bolaning yoki oila a’zolarining kasalligi, karantin xolatida bo‘lganligi tufayli, shuningdek, qonuniy vakil ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra bola DMTTga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davri uchun to‘langan to‘lovlar keyingi to‘lovlarni amalga oshirishda xisobga olinadi. Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik to‘lov miqdoriga ko‘paytirilib, keyingi to‘lov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. Agar bolaning kelmagan kunlariuchun to‘lov hali amalga oshirilmagan bo‘lsa, to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan to‘lov summasiga kamaytiriladi.
Bolaning yoki uning oila a’zolaring kasalligi, karantin holatida bo‘lganligi tufayli bolaning DMTTga kelmaganligi tegishli davolanish profilaktika muassasasi yoki uchastka shifokori tomonidan beriladigan ma’lumotnoma bilan tasdiqlanishi shart.
Tarbiyalanuvchi DMTTga kelmasligiga qonuniy vakilning uzrli sababi ko‘rsatilgan xolda DMTT rahbariyati nomiga oldindan yozgan arizasi tarbiyalanuvchining joyi to‘lovsiz saqlanib turishiga asos bo‘lib hisoblanadi. Bunda bolaning bir yilda ko‘pi bilan 60 kundan ortiq bo‘lmagan muddatgacha DMTTga kelmasligiga ruxsat beriladi.
Bolaning uyda qolgan boshqa barcha xolatlarda qonuniy vakil tomonidan to‘lovlar umumiy asoslarda to‘lanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
11. Qarzdorlik kelib chiqqan kundan boshlab 60 kalendar kuni mobaynida tarbiyalanuvchini DMTTda saqlash uchun mavjud bo‘lgan qarzdorlik qoplanganda, tarbiyalanuvchi ushbu DMTTga tiklanadi. Ko‘rsatilgan muddat o‘tib ketgan xollarda, DMTTga bolani qabul qilish umumiy asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi.
Tarbiyalanuvchining DMTTga qatnashi vaqtincha yoki butunlay to‘xtatilishi to‘g‘risida qonuniy vakilning yozma arizasi bo‘lmagan hollarda ota-ona to‘lovi to‘liq oy uchun hisoblanadi va umumiy asoslarda undiriladi.
O‘tgan oy uchun ota-ona to‘lovining qolgan qismi to‘langandan so‘ng tarbiyalanuvchini DMTTga qatnashga yo‘l qo‘yiladi.
Qonuniy vakilning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning DMTTga qatnashi butunlay to‘xtatilgan taqdirda, to‘lov to‘liq bo‘lmagan oy uchun, ya’ni tarbiyalanuvchi amalda DMTTga qatnagan kunlari uchun to‘lanadi.



Yüklə 31,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin