18-Mavzu: bank axborot tizimlari reja



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə1/3
tarix24.10.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#161188
  1   2   3

18-Mavzu: BANK AXBOROT TIZIMLARI
Reja:
  • Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlari
  • Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining texnik ta’minotini
  • Bank tizimining modullari va ular orasidagi xisob-kitobni avtomatlashtirish

  •  
    Tayanch iboralar: Banklardagi xisob,Banklardagi nazorat, Banklardagi tahlil, Balansli schyot, Kredit, Depozit, Debet, Debitor qarzdorlik,Kreditor qarzdorlik

1. Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlari
Banklardagi xisob va nazoratni amalga oshirish operatsion va buxgalteriya xisoblaridan iborat bo’lib, ular bir-biri bilan yaqindan aloqada, chunki tahliliy daraja bank xisobida shaxsiy schetlar bilan aks ettirilgan, xar bir shaxsiy schet esa belgilangan balansli schetning ostida turadi.
Tahlil bank boshqaruvining xam tashqarisida, xam ichkarisida vujudga keladigan iqtisodiy vaziyatlarni bilib olishga imkon beradigan vazifalardan iborat bo’ladi. Yirik banklarda ikki mustaqil bo’limlar mavjudki, ulardan biri bankning ichki xolati tahlilini ta’minlaydi, ikkinchisi esa tashqi muhitni tahlil qiladi.
Rejalashtirish tahlilning ma’lumotlariga asoslanib, vujudga kelgan vaziyatdan chiqish va qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun ehtimol bo’lgan echimlarni tayyorlaydi. Bunda tashqi o’zaro xamkorlikni rejalashtirish va bankning ichki xolatini rejalashtirish amallari o’zaro uzviy bog’liqdir. Ammo ular tarkibiy bo’linganlar va qisman marketing jarayonida (marketing va bankni rivojlantirish departamentida), qisman rejalashtirish bo’limida (iqtisodiy boshqarish departamentida) amalga oshiriladi..
Boshqaruvda strategik va taktik maqsadlarni amalga oshirishni ko’zda tutish lozim. Bank sohasi uchun maqsadlarni boshqaruv pallalarining davriyligi bo’yicha tezkor (bir ish kuni), joriy (oy, chorak) va istiqbolli (yil) davrlariga bo’lish mumkin. Shunday qilib, tezkor, joriy, strategik xisob va rejalashtirish tahlili haqida gapirish mumkin. Tahlil tizimning xaqiqiy xolatini aks ettiruvchi xisob ma’lumotlariga asoslanadi. Bankda boshqaruv ob’ekti bo’lib, alohida bo’linma yoki bitta xisobchining faoliyati yoki bir qator texnologik bosqichlardan iborat bo’lgan alohida bank operatsiyasi xizmat qilishi mumkin.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin