3.Bank tizimining modullari va ular orasidagi xisob-kitobni avtomatlashtirish Avtomatlashtirilgan bank tizimlarining (ABnT) iste’mol (vazifaviy) xususiyatlarini kengayishi mamlakatimiz bank ishini rivojlanishining xususiyatlari bilan bog‘liq. Agar bank xizmatlarining u yoki bu turlariga o‘sib boruvchi so‘rovlari ommaviy harakterga ega bo‘lsa, unda ABnT bozorida bank texnologiyalarining yangi sinflari paydo bo‘ladi. ABnTlari o‘z xizmatlarining keng, turli-tumanligi bo‘yicha mijozlarga tez va sifatli xizmat ko‘rsatishga imkon beradi. Tizimning asosiy xizmat modullari quyidagilarni amalga oshiradi: • yuridik shaxslarga hisoblash-kassa xizmatini ko‘rsatish; • bank-korrespondentlari schyotlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish; • kredit, depozit, valyuta operatsiyalari; • xususiy shaxslar kiritmalarining har qanday turlari va ular bo‘yicha operatsiyalar; • fond operatsiyalari; • plastik kartochkalar yordamida hisob-kitoblar; • buxgalteriya vazifalari; • tahlil, qarorlar qabul qilish, menejment, marketing va boshqalar. Oxirgi avlod ABnT «mijoz-server» arxitekturasidagi tarmoqli texnologiyalarga suyanadi. Ko‘pgina mamlakatimiz tizimlarining kuchsiz tomoni bank ishi va uni modellashtirishning o‘ziga xosligini yetarlicha qo‘llab- quvvatlanmasligi, muammo sohani etarlicha aks ettirmasligidan iboratdir. Bankning operatsiya kuni dasturiy-texnologik majmua sifatida bank hisobining eng ko‘p mehnat talab kiluvchi operatsiyalarini avtomatlashtiradi (19.5-rasm). Mijozlarning shaxsiy schyotlari bo‘yicha barcha operasiyalar to‘lov hujjat-lari bo‘yicha amalga oshiriladi, shaxsiy schyotdan ko‘chirma esa har bir buxgal-teriya yozuvlarini aks ettiradi. Majmua shaxsiy schyotlar bo‘yicha (hujjatlar-ning rasmiylashtirilgan buxgalteriya yozuvlari bo‘yicha) mablag‘larning haqiqiy va rejalashtirilgan harakatini amalga oshiradi. Hujjatlar bundan keyingi nazorat operatsiyasidan o‘tadi, barcha parametrlar mos kelganda hujjatlarning ro‘yhati tuziladi va hisoblash-kassa markazi (HKM)ga jo‘natish uchun fayl shakllantiriladi. Kassa hujjatlarining harakati o‘ziga xos xususiyatlarga ega, ulardan asosiysi bankning boshqa xizmatlari bilan aloqasidir. Bu xususiyat ichki buxgalteriya yozuvlari uchun ham xosdir. Bunday tizimda schyotlarning rejasi, bank shaxsiy schyotlarining katalogi, bank mijozlarining katalogi olib beriladi, balans chiqariladi, xizmatiy server vazifalari bajariladi. Filiallar faoliyatining hisobi bo‘yicha majmua filialning hisobxonasi va boshqa bo‘limlaridagi ish joylarini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan. «Bank-filiallar» darajasida filiallardan olingan axborotlarni yig‘ish, ishlab chiqish va tahlil qilish, barcha filiallar o‘rtasidagi hisob-kitoblar avtomatlashtiriladi. Filiallar orasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bankning markaziy bo‘limi orqali tashkil qilinishi mumkin. Filial doiralaridagi majmua o‘z ichiga valyutali va so‘mli kassa operatsiyalarini oladi, filial bo‘yicha balansni ichki buxgalteriya yozuvlarini hisobga olish bilan hisoblab chiqadi, korrespondentlik munosabatlari bo‘yicha hisob-kitoblarni bajaradi.