2023-yil 16-mart kuni 7-“A” sinf o’quvchilari ota-onalarining majlisi bo’lib o’tdi.
31 nafar ota-onadan 27 nafari qatnashdi.
Ko’riladigan masalalar:
1.Uchinchi chorak yakuni;
2.Bahorgi ta’til paytida o’quvchilarning to’garakka qatnashishlari;
3.Maktab mulkini asrab avaylash;
Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish omillari to’g’risida maktabning ma’naviyat bo’yicha direktor o’rinbosari G.Nosirova gapirib o’tdi. Sinf rahbari Qo’chqorova Nigora tomonidan sinf o’quvchilarining uchinchi chorakdagi sifat ko’rsatkichlari aytib o’tildi. O’quvchilarning bilimini, darslarni o’zlashtirishi bo’yicha ota-ona ham o’qituvchi kabi mas’ul ekanligi aytib o’tildi.
O’quvchilarga bahorgi ta’til paytida o’quvchilarning to’garaklarga qatnashishlarini nazorat qilishlari aytib o’tildi. Maktab mulkini asrab avaylashni farzandlariga yetkazishlari ota-onalarga uqtirildi.
Yig’lish qaror qiladi: 1.Farzandlarning uyda dars tayyorlash jarayonini nazorat qilish ota-onalar zimmasiga yuklatilsin; 2. Ota-onalarga to’rtnchi chorakda farzandlari yanada chuqurroq bilimga ega bo’lishlari uchun sharoit yaratib berishlari ularning zimmalariga yuklatilsin.
2023-yil 22-may kuni 7-“D” sinf o’quvchilari ota-onalarining majlisi bo’lib o’tdi.
30 nafar ota-onadan 26 nafari qatnashdi.
Ko’riladigan masalalar:
1.Bir yillik yakun. O’quvchilarning sinfdan sinfga ko’chishi;
3. Yozgi ta’tilda o’quvchilarni dam olishlari to’grisida;
O’quvchilar mamlakatimiz kelajagi, Vatanimiz mana shu yoshlarimiz qo’lida ekan, ular ning ma’naviy bilimini oshirish maqsadida ko’proq badiiy kitob o’qishlari zarur. Shu bois ota-onar ko’magiga maktab ma’muriyati suyanishi G. Jo’rayeva tomonidan aytib o’tildi. Ota-onalar farzandlarini doimo nazorat ostiga olishlari uqtirildi. Bir yillik yakun bo’yicha sinf rahbari Jo’rayeva Go’zal va fan o’qituvchilari gapirib o’tishdi. Yozgi ta’til davomida har bir o’quvchini nazoratga olish ota-onalar zimmasiga yuklatildi.
Yig’lish qaror qiladi: 1.Farzandlarning uydagi bo’sh vaqtlarini nazorat qilish ota-onalar zimmasiga yuklatilsin; 2.Farzandlarining ma’naviy va axloqiy bilimlarini boyitish maqsadida maktab va ota-ona hamkorligi tashkil etilsin.