1. Sonning buyni suyak ustki pardasi bilan koplanmagan; tunga karamasdan buyinni kust soxasida suyak usti pardasirivojlangan


). Tovon soxasiga gips kuyilmaydi. Yoyni gips boglamiga qotirib kuyiladi



Yüklə 214,5 Kb.
səhifə19/24
tarix02.01.2022
ölçüsü214,5 Kb.
#42420
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
oyoq suyaklari jaroxati

3). Tovon soxasiga gips kuyilmaydi. Yoyni gips boglamiga qotirib kuyiladi.

Rentgen nazorati utkaziladi. Uch xaftadan sung temir kegay olib tashlanadi. Yana ikki xafta utkazib gips boglami olinadi. Xuddi shu zaylda tovon dumbogi vertikal sinishida suyak bulaklarini repozisiya qilish mumkin, faqat farqi shuki, yokoch taxtacha tovon ostiga emas, uning oldiga kuyiladi. Gipsga qotirilgan Kirshner kegayi bu xolda suyak bulaklarini boldir mushagi tortishi tufayli ikkilamchi siljib ketishidan saqlaydi. Ayrim hollarda yopiqusulda solish imqoniyati bulmasa, jarroxushk muolajasi utkaziladi; suyak bulaklari Ochiq xolda solinib, temir kegay yoki maxsus mixcha bilan qotiriladi. Operasiyadan sung tizza bugimigacha 1-1,5 oy muddagga gips boglami kuyiladi. 1,5-3 oy mobaynida ishga layokatlilik tiklanadi.

Tovon suyagining ezilib sinishida suyak bulaklarini anatomik jixatdan tugri solishga, oshik-tovon va tovon-kubsimon bugimlaridagi munosabatlarni tiklashga intilish kerak Shu bilan birga, bemor oyog panjalarining buylama gumbazini tiklash asosiy vazifa xisoblanadi. Oyogpanjasi gumbazi uzgarmagan sinishlarda gips boglamini 1,5-2 oyga tizza bushmigacha kuyiladi. Ishga layokatlilik 2-4 oyda tiklanadi. Tovon soxasi kengaygan xolatlarda uni qullar yoki moslama yordamida yon tomonlardan eziladi.

Ezilib sinib siljiganda tovon suyagi dumbogi shikastlovchi omil va boldirning uch boshli mushagi ta'sirida yuqoriga siljiydi. Bundan tashqari, panjaning kaft yuzasi soxasidagi mushaklar xisobiga oldinga suriladi. Bunday lollarda Kaplan usulida tortma amalga oshiriladi

a). Temir kegay tovon dumbogining distal bulagidan rentgen nazoratida utkaziladi. Boldir uki buylab bajarilgan tortma orqali 8 kg yuk osiladi. 3-4 kundan sung yuk 6 kg ga kamaytiriladi, ikkinchi tortmaga esa 4-8 kg yuk osiladi. 5 kundan sung ikkala yukni 4 kg gacha kamaytiriladi. Tovon suyagi siniq.bulaklarini Yumashev usulida xam repozisiya kilsa buladi

b). Temir kegayni suyak bulagi orqali emas, balki uning ustidan, axill payi oldidan utkaziladi. Oyog panjasini temir kegayga boglangan tasmalar orqali Beler shinasiga tortiladi. Boldir uki orqali tortma uyushtiriladi va unga 6-7 kg yuk osiladi. Tortish kuchi asosan orqaga, axill payiga tugri kelgani uchun oyog panjasi tortma amalga oshirilganda dorsal yuzaga buqilgan xolda va tortma yunalishi tovon suyagi dumbogi ukiga yaqinlashadi. Bu davolash usuli kup afzalliklarga ega. Birinchidan, tovon suyagi parchalanib singanda temir kegayni suyak bulagidan kura uning ustidan utkazish oson. Suyak bulagidan temir kegay utkazish rejalashtirilganda u suyak bulaklari orasidan utib, yumshok tuqimalarni kesib yuborishi mumkin. Ikkinchidan, temir kegay suyakdan tashqarida utkazilganda uta ogir asorat - tovon suyagi osteomieliti bulish xavfi juda kamayadi. Va nixryat, kushimcha yana bir tortma quyishga xojat qolmaydi.

7-10 kunlarda Yumashev yoki Kaplan usulida davolashda moslamalar bilan tovon suyagi tortmaga olinmay sikiladi va longet-aylanma gips boglami kuyiladi. 30-40 kunlarga borib tortma olinadi va endi gips boglami 2,5-3 oyga tizza bugimigacha kuyiladi. Ishga layokatlilik 4-5 oydan sungtiklanadi.


Yüklə 214,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin