1. Sotsiologik tadqiqot o’tkazishning turlari Sotsiologik tadqiqot usullarining qisqacha xususiyatlari


Sotsial va sotsiologik tadqiqotlar



Yüklə 57,8 Kb.
səhifə2/7
tarix19.04.2023
ölçüsü57,8 Kb.
#100378
1   2   3   4   5   6   7
1-ma\'ruza matni

Sotsial va sotsiologik tadqiqotlar: “Sotsial tadqiqotlar” va “sotsiologik tadqiqotlar” ilmiy va amaliy sohalarda keng qo’llaniladi. Biroq bu turdagi ilmiy tadqiqotlarning tabiatini, mazmun – mohiyatini aks ettiruvchi aniq qarashlar xali – hanuz shakllangan emas. Ko’p hollarda ular sinonim sifatida keltirilsa, ba’zan esa umuman bir – biriga qarama – qarshi qo’yiladi.
Tadqiqotlarning ikkala tipi orasidagi farqlarni qisqacha qilib quyidagicha ifodalash mumkin:
► “Sotsial tadqiqot” tushunchasi “sotsiologik tadqiqot” tushunchasidan kengroqdir.
► “Sotsial tadqiqot” tushunchasi o’zining oqasida turgan konkret fanni to’liq aks ettirmaydi; “sotsiologik tadqiqot” esa aks ettiradi. Bu esa sosiologiya.
►Sotsiologik tadqiqotlar ilmiy metod ideali yordamida normallashtirilgan, sotsial esa yo’q.
►Sotsiologik tadqiqotlar sosiologiyaning predmeti va tematikasi bilan aniqlashtirilgan, sotsial esa yo’q.
►Sotsiologik tadqiqotlarda o’zining maxsus metodlari bo’lsa, sotsial tadqiqotlarda bu mavjud emas.
►Sotsiologik tadqiqot bu bilishning fan ichidagi metodi bo’lsa, sotsial esa fanlararodir.
►Sotsial tadqiqotlar jamiyatning istalagan sotsial muammolarini qamrab olsa, sotsiologik tadqiqot esa sosiologiya predmetidagi tor doiradagi muammolarni qamrab oladi.
►Sotsial tadqiqotlar xammaxo’r va chalkashib ketgan bo’lsa, sotsiologik tadqiqotlar tanlash (ajratish) xususiyatiga egadir.
►Sotsial tadqiqotlarni (so’rovlarni) yuristlar, vrachlar, iqtisodchilar, jurnalistlar olib borishadi. Bular ijtimoiy sosiologladir. Sotsiologik tadqiqotlarni faqatgina professionallar olib borishadi. Uni farqlovchi qirrasi bu nazariya va metodning birikuvidir. Buni yuqridagi kasb egalari tushunmaydi.
►Sotsiologik tadqiqotlar manbasi bu ilmiy adabiyot va professional tayyorgarlik, sotsial tadqiqotlar manbasi esa xammabop adabiyotlar va kundalik tajribadir (xayot tajribasi).
►Sotsial tadqiqotlar jamiyatga keng nazar solsa, sotsiologik tadqiqotlar tor, maxsus qarashga egadir.
Biroq fanda xali sotsiologik va sotsial tadqiqotlar nimasi bilan farq qilishi oxirigacha xal qilingan emas. Olimlar bir qator prinsipial va ikkinchi darajali jixatlar uchun baxs olib borishmoqda. Agar aniq kriteriylar kiritadigan bo’lsak bu chigal muammoni yechimini topish mumkin.


  1. Yüklə 57,8 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin