1. Statistik ko’rsatkichlarning mazmuni va ahamiyati Statistik ko’rsatkichlarning turlari va ularni tasniflash


Nisbiy miqdorlar orasidagi bog’lanishlar



Yüklə 137,5 Kb.
səhifə4/6
tarix24.06.2023
ölçüsü137,5 Kb.
#134949
1   2   3   4   5   6
Iqtisodiy o\'sish2

Nisbiy miqdorlar orasidagi bog’lanishlar.

Tabiat va turmushimizdagi hodisalar, ob’ektiv voqyealiklar o’zaro aloqadorlikka, o’zaro bog’liqlikka ega. Hodisalar orasidagi o’zaro bog’lanishlar nisbiy ko’rsatkich turlari o’rtasida ham namoyon bo’ladi. Ma’ruzada ular batafsil bayon etiladi.




6. Bozor iqtisodiyoti jarayonlarini tahlil qilish xalqaro standart ko’rsatkichlari
Xalqaro statistik tashkilotlar, masalan, Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon banki bo’limlari tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda iqtisodiy yuksalishni ta’minlashga ko’maklashish loyihalari va dokladlarida har xil mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlar qo’llaniladi va shu bilan birga ularning mohiyati, funksiyasi va hisoblash uslubiyatiga oid umumiy tartib-qoidalar bayon etiladi. Ular xalqaro standart statistik iqtisodiy ko’rsatkichlar tizimining asosini tashkil etadi.
Barcha nisbiy ko’rsatkichlar, ya’ni bir miqdorni ikkinchisga bo’lishdan olingan natijalar, ularning turlari va mazmunidan qat’iy nazar, koeffitsientlar deb yuritiladi. Koeffitsientlarni qo’llash va talqin etish xalqaro standart talablari sifatida quyidagilar tavsiya etiladi:
-koeffitsientlar bo’linuvchi va bo’luvchi miqdorlarga bog’liq bo’lgani uchun ularning xususiyatlari va mazmunini hisobga olib talqin etilishi zarur;
-alohida olingan koeffitsient haqiqiy manzarani to’liq tasvirlashga qodir emas, chunki iqtisodiy jarayonlar murakkab xarakterga ega. Shu sababli iqtisodiy tahlilda koeffitsientlar tizimi qo’llanilishi kerak;
-iqtisodiy koeffitsientlar taqqoslama bo’lishi uchun ularning asoslari ya’ni solishtirilayotgan miqdorlar taqqoslama faoliyat turlariga tegishli bo’lishi zarur.
Mohiyati, funksiyasi va hisoblash uslubi jihatidan koeffitsientlar uch toifaga ajraladi:
-o’rtacha moyillik koeffitsientlari;
-chegaraviy moyillik ko’rsatkichlari;
-elastiklik ko’rsatkichlari.


O’rtacha moyillik ko’rsatkichlari

Bu ko’rsatkichlar iqtisodiy sub’ektlarning u yoki bu iqtisodiy faoliyat yoki hodisalarni amalga oshirish uchun qanchalik moyil ekanligini ta’riflaydi. Ular odatda ayrim hodisa yoki faoliyat turi natijasini barcha hodisalar yoki faoliyat turlarining umumiy yakuni bilan solishtirishdan hosil bo’ladi va, demak, undagi hissani aniqlaydi. Masalan, mamlakat yalpi ichki mahsulotida sanoat yoki qishloq xo’jaligining hissasi bunga misol bo’la oladi. Bu ko’rsatkichni hisoblayotganda milliy iqtisodiyot yoki tarmoqning xususiyatlarini e’tiborga olish kerak. Agarda unda yakka hokimlik singari salbiy iqtisodiy voqyea o’rin olsa, u o’rtacha moyillik koeffitsienti shakllanishiga ham kuchli ta’sir etadi. Masalan, Saudiya Arabistoni iqtisodiyotida neft qazib olish katta o’rin egallaydi va uning hajmi yilsayin tebranib turadi. Shuning uchun xalqaro standart mazkur mamlakat yalpi ichki mahsulotida sanoat mahsulotining hissasini aniqlayotganda neft qazib olishni (sanoat qo’shilgan qiymatida ham, yalpi ichki mahsulot umumiy qiymatida ham) hisobga olmaslikni tavsiya etadi. O’zbekiston sanoati va milliy iqtisodiyotida paxta tozalash sanoati xuddi shunga o’xshash mavqye’ga ega. Respublika qishloq xo’jaligida paxta yakka hokimligini bartaraf qilish maqsadida uning ekin maydoni keyingi yillarda ancha qisqartirildi. Natijada paxta tozalash sanoati rivojlanishi susaydi, bu esa yalpi ichki mahsulot tarkibiy tuzilishiga beso’z ta’sir qiladi. Shu sababli O’zbekiston iqtisodiyotini sanoat faoliyatiga yoki qishloq xo’jaligiga o’rtacha moyillik koeffitsientlarini paxta tozalash sanoatini hisobga olmasdan aniqlash xalqaro standartlarga muvofiq bo’ladi.


O’rtacha moyillik koeffitsientlari real iqtisodiyot natijalarini, talab va taklif tuzilishini, makro darajada moliyaviy faoliyat va banklar faoliyati natijalarini, davlat budjeti daromadlari va harajatlarini, pul muomalalarini tahlil qilishda keng qo’llanadi. Ular yordamida yalpi ichki mahsulot tarmoqiy tuzilishi, pirovard iste’mol turlari jihatidan talab tuzilishi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va aholi soliqlar to’lashga moyilligi, davlat budjetining turli xarajatlarga va taqchillikka moyilligi, tijorat banklari va korxonalarning qarzlarni to’lovi va likvidlikka moyilligi va boshqa masalalar tadqiq etiladi.
Bu toifadagi ko’rsatkichlar sifatida eng muhimlari sifatida quyidagi koeffitsientlarni ko’rsatish mumkin:
1. Istemolga o’rtacha moyillik koeffitsienti yalpi ichki mahsulotda pirovard iste’mol hissasini aniqlaydi.
2. Jamg’arma o’rtacha moyillik koeffitsienti, yalpi ichki mahsulotda kapital (sarmoya) jamg’arish hissasini ko’rsatadi. Eksprot va import balanslashgan holatda bu ko’rsatkich iste’molga o’rtacha moyillik darajasini birgacha (100 foizgacha) to’ldirmasi hisoblanadi.
3. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va aholining soliqlar to’lashga o’rtacha moyillik koeffitsienti, yalpi ichki mahsulotga nisbatan soliq to’lovlari (yoki budjet daromadlari) necha foizni tashkil etishini ko’rsatadi.
4. Davlat budjetining xarajatlarga o’rtacha moyillik koeffitsienti, budjet xarajatlari yalpi ichki mahsulotga nisbatan qancha foiz tashkil eitishini belgilaydi.
5. Davlat budjetining taqchillikka o’rtacha moyillik koeffitsienti, budjet taqchillikka qanchalik moyilligini ta’riflaydi. Budjet umumiy xarajatlari bilan daromadlari orasidagi farqni yalpi ichki mahsulotga bo’lishdan bu ko’rsatkich hosil bo’ladi.
6. Mamlakat moliya-kredit tizimining ishchanlikka o’rtacha moyillik koeffitsienti, yil oxiriga bo’lgan M2-pul agregatining yalpi ichki mahsulotga nisbatidan hosil bo’ladi.2 M2 pul agregati iqtisodiy muomaladagi naqd pullar, nodavlat sektori tomonidan bank tizimiga qo’yilgan yo’qlab olinuvchi depozitlar va muddatli hamda jamg’arma depozitlarni o’z ichiga oladi. Likvidlikka moyillik koeffitsient tez suratlar bilan ortsa, likvidlik haddan tashqari ko’p barpo etilishi natijasida iqtisodiyotga inflyatsion bosim kuchayishidan darak beradi.
7. Eksportlashtirishga o’rtacha moyillik koeffitsienti, iqtisodiyotning tovar va xizmatlarni boshqa mamlakatlarga sotishga moyillik darajasini ko’rsatadi va eksport hajmini yalpi ichki mahsulot bilan solishtirishdan hosil bo’ladi.
8. Importlashtirishga o’rtacha moyillik koeffitsienti, iqtisodiyotning tovar va xizmatlarni chet eldan keltirishga moyillik darajasini aniqlaydi, import hajmini yalpi ichki mahsulot bilan taqqoslash natijasidir.
Importlashtirishga moyillik koeffitsienti eksportlashtirishga moyillik koeffitsienti bilan taqqoslama bo’lishi uchun, ularni hisoblashda eksport va import hajmi bir xil baholarda, masalan FOBda ifodalanishi kerak.

Yüklə 137,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin