1. Statistikaning kelib chiqish tarixi XXI asrda dunyo miqyosida statistikaning o’rni


O’zbekiston Respublikasida statistik islohotlar



Yüklə 99,61 Kb.
səhifə4/5
tarix19.06.2023
ölçüsü99,61 Kb.
#132652
1   2   3   4   5
hisobot

3.O’zbekiston Respublikasida statistik islohotlar 2017—2020-yillar davomida 20 ga yaqin xalqaro tashkilotlarning axborot bazalari va xalqaro reytinglarda O'zbekiston to'g'risidagi ma'lumotlarning aks etilishiga erishildi.
O'z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo'ygan O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jahon hamjamiyati tomonidan keng e'tirof etilmoqda. Islohotlarning qay darajada natijadorligi esa statistik raqamlar orqali baholanadi.
Shu o'rinda, statistika sohasining bugungi kun talablariga mos bo'lishi katta ahamiyatga ega. Bu jarayonda yaqinda qabul qilingan “Rasmiy statistika to'g'risida”gi qonun alohida o'rin tutadi.
Qonunning dolzarbligi va zarurati
Bugungi jamiyatni statistikasiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Biz kundalik hayotimizda turli xil raqamlar, ko'rsatkichlar, o'lchovlar va boshqa statistik axborotlarga duch kelamiz. Statistik ma'lumotlar orqali mamlakatimizda yuz berayotgan jarayon va o'zgarishlar natijalaridan xabardor bo'lamiz.
Misol uchun, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari, yangi ishga tushirilayotgan korxonalar, fuqarolarimizga to'lanayotgan ish haqi, pensiya va nafaqalar, yangi tuzilayotgan oilalar, tug'ilishlar hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy va demografik hodisa va jarayonlar bozor va do'konlardagi narxlar, statistik ma'lumotlarda o'z aksini topadi.
Statistik ma'lumotlar bir tomondan fuqarolarga jamiyat hayotidagi o'zgarishlarga baho berish va o'z fikrini bildirish imkonini bersa, ikkinchi tomondan davlat idoralariga aholi turmush darajasini oshirish uchun o'z vaqtida to'g'ri qarorlar qabul qilish va ularni amalga oshirish uchun muhim zamin yaratadi.
Ta'kidlash joizki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning yangi bosqichi doirasida so'nggi yillarda milliy statistika sohasini rivojlantirish borasida ham tizimli islohotlar o'tkazilmoqda.
Xususan, so'nggi to'rt yil davomida statistika sohasiga oid O'zbekiston Respublikasi Prezidentining beshta va ularning ijrosi bo'yicha Vazirlar Mahkamasining qator me'yoriy hujjatlari qabul qilindi. Bu esa, o'z navbatida, sohaga xalqaro standartlar va ilg'or xorijiy tajribalarni keng joriy etish hamda statistik ma'lumotlar qamrovini kengaytirish, sifati va ishonchliligini oshirish hamda ochiqligini ta'minlash uchun muhim poydevor bo'ldi.
Natijada, 2017—2020 yillar davomida 20 ga yaqin xalqaro tashkilotlarning axborot bazalari va xalqaro reytinglarda O'zbekiston to'g'risidagi ma'lumotlarning aks etilishiga erishildi, 10 dan ortiq xorijiy davlat statistika idoralari bilan hamkorlik aloqalari o'rnatildi.
Statistika idoralari tomonidan e'lon qilinadigan ma'lumotlar ko'lami kengaytirildi, ma'lumotlar taqdim etish usullari soddalashtirildi. Bundan tashqari, gender statistikasi bo'yicha maxsus saytning ma'lumot ko'lami kengaytirilib, Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari hamda aholini ro'yxatga olish masalalari bo'yicha alohida saytlar ishga tushirildi.
Shuningdek, e'lon qilinayotgan ma'lumotlar sifatini oshirish va ko'lamini kengaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida, bugungi kunda Ochiq ma'lumotlar portalida e'lon qilinayotgan ma'lumot to'plamlari soni 13 mingdan oshdi.
Xalqaro reyting natijalari va jahon tajribasi
Erishilgan natijalar keng jamoatchilik, shu jumladan, xalqaro statistika hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar tomonidan e'tirof etilib, natijalar qator xalqaro reyting va indekslarda o'z ifodasini topmoqda.
Xususan, mamlakatlar statistika idoralarining faoliyatini xalqaro darajada baholash bo'yicha muhim retingda, ya'ni Jahon bankinin “Statistika salohiyati indeksi”da ham mamlakatimiz natijalari o'sib bormoqda.
So'nggi 4 yil davomida amalga oshirilgan ishlar natijasida 2020-yil yakuni bo'yicha mamlakatimiz Jahon bankining “Statistika salohiyati indeksi”da maksimal 100 balldan 67,8 ballni qo'lga kiritib, reytingda 61 o'rinni egalladi. Agar qiyoslaydigan bo'lsak, 2016-yil hisobotiga qaraganda, 62, 2019-yilga nisbatan esa 16 pog'onaga ko'tarilishga erishildi.
Bundan tashqari, Londondagi Ochiq ma'lumotlar Instituti (ODI) baholash tizimi bo'yicha “Kumush” (SILVER) darajaga, Davlat statistika qo'mitasining rasmiy veb-sayti (stat.uz) eng yuqori –"Platina" (PLATINUM) darajaga erishgan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining “elektron hukumat kuzatuvi 2020”da “Ochiq davlat ma'lumotlari indeksi” bo'yicha O'zbekiston eng yuqori (Very High OGDI) ko'rsatkichiga ega bo'lgan jahonning 41 ta mamlakati orasidan joy olgan. Jami ushbu indeksda 193 ta mamlakat baholangan hamda O'zbekiston eng yuqori ball to'play olgan.
Ochiq ma'lumotlar reytingi (Open Data Inventory - ODIN) ga e'tibor qaratadigan bo'lsak, O'zbekiston 63 ballni to'pladi va reytingda 125 ta pozitsiyaga ko'tarilib, dunyoda 44-o'rinni, Markaziy Osiyoda esa 1-o'rinni egalladi.
“Open data Inception” ma'lumotlariga ko'ra, jahon mamlakatlari orasida O'zbekiston 99 ta ochiq ma'lumotlar manbalari bilan dunyoda 5-o'rinni egalladi. Ularning soni bo'yicha mamlakatimiz AQSH, Ispaniya, Frantsiya va Buyuk Britaniyadan keyingi pog'onani band etdi.
Xalqaro ilg'or tajribalarni o'rganish natijalari 2002-yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to'g'risida”gi Qonunining bugungi kun talabiga va xalqaro tavsiyalarga to'liq mos kelmasligini hamda unda qator kamchiliklar mavjudligini ko'rsatdi.
Eng asosiysi, avvalgi qonun bilan faqatgina Davlat statistika qo'mitasi va uning hududiy organlarining faoliyati tartibga solingan bo'lib, mamlakatimizdagi statistik ma'lumotlar tayyorlash bilan shug'ullanuvchi 30 dan ziyod boshqa vazirlik va idoralarning statistika sohasidagi vakolatlari, vazifa va funktsiyalari belgilab berilmagan edi.
Bu kabi kamchiliklarni bartaraf etish hamda milliy statistika qonunchiligini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish maqsadida “Rasmiy statistika to'g'risida”gi qonun ishlab chiqildi.
Qonunni tayyorlash jarayonida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari uchun ishlab chiqilgan va 2016-yilda ma'qullangan Rasmiy statistika to'g'risidagi model qonuni talablari inobatga olindi. Shu bilan birga, boshqa davlatlarning statistika qonunchiligi bo'yicha tajribasi o'rganildi.
Mazkur hujjatni ishlab chiqishda respublikaning 10 dan ortiq vazirlik va idoralari mutaxassislari hamda Jahon bankining yuqori malakali xorijiy ekspertlari ishtirok etdi. Shuningdek, qonun keng jamoatchilik muhokamasidan o'tkazildi.
Qonun Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil may oyida ikkinchi o'qishda qabul qilindi hamda Oliy Majlis Senati tomonidan 2021-yil 26-iyunida ma'qullandi. Natijada, Prezidentimiz qarori bilan 2021-yilning 11-avgustida “Rasmiy statistika to'g'risida” Qonun tasdiqlandi va kuchga kirdi. 
Qonun mohiyati va asosiy qoidalari
Eng avvalo, statistikani yuritish sohasidagi xalqaro tajribadan kelib chiqib, qonunda “Rasmiy statistika” tushunchasi kiritildi.
Amaldagi “davlat statistikasi” tushunchasi o'rniga “rasmiy statistika” tushunchasining qo'llanilishi orqali rasmiy statistikaning qamrov doirasi, uning sifatiga talablar hamda foydalanuvchilarga taqdim etilayotgan axborotlarning maqomi (huquqiy holati) belgilandi.
Sodda qilib aytganda, avval davlat statistikasi faqat statistika organlari tomonidan shakllantirilgan ma'lumotlarni nazarda tutgan bo'lsa, rasmiy statistika – mamlakatdagi barcha tayyorlovchilar tomonidan ushbu qonunga muvofiq shakllantiriladigan va tarqatiladigan statistik ma'lumotlarni bildiradi.
Ushbu qonun qoidalariga mos kelmaydigan statistika rasmiy statistika sifatida qabul qilinmacligi belgilab qo'yildi. Bu nimani bildiradi? YA'ni, xususiy shaxslar, korxona, tashkilot yoki muassasalar, shu jumladan, tadqiqot muassasalari tomonidan qonun qoidalariga mos kelmaydigan va o'zlarining normativ-huquqiy asoslariga muvofiq tayyorlangan hamda e'lon qilingan har qanday ma'lumotlar rasmiy statistika sifatida qabul qilinmaydi va ushbu qonun bilan tartibga solinmaydi.
Ikkinchidan, qonun bilan milliy statistika tizimi tushunchasi amaliyotga kiritildi.
Shu o'rinda, agar rasmiy statistika – qonun doirasida tayyorlanadigan, tarqatiladigan va muvofiqlashtiriladigan statistik ma'lumotlarni bildirsa, milliy statistika tizimi – ushbu ma'lumotlarni tayyorlovchi hamda tarqatuvchi vazirlik va idoralar jamlanmasini anglatadi.

Xulosa
Shunday qilib, statistikada balans – bu o‘zaro bog‘langan va bir-birini taqozo etuvchi hisoblashlar va ko‘rsatkichlar tizimidir. Balans usuli mikroiqtisodiy darajada ham, makroiqtisodiy miqyosda ham keng qo‘llanadi. Mikroiqtisodiy balanslar yordamida ho‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining turli tomonlari orasidagi bog‘lanish va mutanosibliklar tahlil qilinadi.
Korxona va tashkilotlarning buxgalteriya hisobida qo‘llanadigan barcha hisoblama (schet)lar balans usuliga tayanadi. Balans usuli makroiqtisodiy statistikada alohida o‘rin egallaydi. Uning yordamida milliy iqtisodiyot taraqqiyotining turli jihatlari, jumladan, tarmoqlar va sektorlar rivojlanishidagi proporsiyalar, ishlab chiqarish, iste’mol va jamg‘arish orasidagi o‘zaro nisbatlar, milliy boylik shakllanishi va undan foydalanish, mehnat va PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com moliyaviy resurslardan foydalanish, mintaqaviy va hududiy iqtisodiy aloqalar, tashqi iqtisodiy aloqalar o‘rganiladi. Iqtisodiy balanslar turli-tumandir.
Ularni tasniflash masalasiga har xil jihatdan yondashish mumkin. Hodisalarni tasniflash holatiga qarab ular dinamik va statik balanslarga, ularni mohiyati va xarakteriga asosan demografik, tabiiy resurslar, moddiy, moliyaviy va mehnat balanslariga, tuzilish miqyosiga binoan makro va mikro balanslarga, tuzilish vaqtiga qarab joriy yillik balanslarga, shakliga qarab esa satrli-jadval balanslar va shaxmat-balanslarga ajraladi. Makroiqtisodiy balanslar milliy hisoblamalar tizimining tayanch usulidir.
Milliy hisobchilik makroiqtisodiyot darajasida kechadigan takror ishlab chiqarish jarayonining turli jihatlarini bir butunlikda va uzviy bog‘lanishda maxsus ko‘rsatkichlar yordamida tasvirlaydi. Unda milliy mahsulot va milliy daromadni yaratish, taqsimlash, qayta taqsimlash, iste’mol va jamg‘arish jarayonlari batafsil o‘z ifodasini topadi. Bu tizim makroiqtisodiy tahlil va istiqbolni belgilash uchun, makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va izchil amalga oshirish uchun muhim qurol bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 99,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin