1. Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi



Yüklə 48,47 Kb.
səhifə14/17
tarix17.02.2023
ölçüsü48,47 Kb.
#84721
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
1. Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi

Kuzatish birligi – bu hisob asosi yoki kuzatishda qayd qilish belgisiga ega bo’lgan birlikdir. Kuzatish birligi bo’lib, aholi ro’yxatida har bir shaxs, korxonalar ro’yxatida har bir korxona hisoblanadi.


Kuzatish birligi bilan to’plam birligini almashtirmasligimiz kerak. Ular ayrim vaqtda bir-biriga teng. Masalan, aholi ro’yxatida har bir shaxs, ham kuzatish birligi, ham to’plam birligi hisoblanadi. Ayrim paytda, ular o’zaro teng emas. Masalan, sanoat korxonalarida jihozlar ro’yxatga olinganda


sanoat korxonasi kuzatish birligi, har bir jihoz esa to’plam birligi bo’lib hisoblanadi.


Kuzatish formulyari – bu berilgan savollarga olingan javoblar to’ldirilgan hujjat. U ikki xil bo’ladi: a) alohida shakldagi formulyar. Unga tijorat korxonasining yillik hisobotini misol keltirish mumkin. b) ro’yxat shaklidagi formulyar. Unda bitta emas, balki bir nechta hisob birliklari haqida ma’lumot keltiriladi.


Yo’riqnoma - bu statistik kuzatish dasturidagi barcha savollarga to’g’ri, aniq va bir xilda javob qaytarishni ta’minlaydigan ko’rsatmalar, tushuntirish va talqinlar to’plami. Yo’riqnomada har savol va unga beriladigan javob turli variantlarda talqin qilinadi. Savollar bo’lmasa ma’lumotlarni qaerdan va kimdan olish, kuzatish ob’ekti va birligi, kuzatish muddati, kuzatish materiallarini
20
rasmiylashtirish tartibi, topshirish va jo’natish muddati, ko’rsatkichlarni hisoblashni yagona texnologiyasi va boshqa masalalar batafsil yoritiladi.

Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari quyidagilarni o’z ichiga oladi: kuzatish organi; kuzatish vaqti va muddati; kuzatish joyi; boshqa tashkiliy masalalar.




Kuzatish organi - bu har qanday statistik kuzatishni bevosita tashkil qiladigan va o’tkazadigan tashkilotdir. Aholi ro’yxatini o’tkazishda, sobiq ittifoq paytida, faqatgina Markaziy statistika boshqarmasi (MSB) kuzatish organi bo’lib hisoblanardi. Kuzatish organi bo’lish uchun (kuzatish o’tkazishdan oldin, kuzatish paytida va undan keyin) juda katta javobgarlikni bo’yniga ola oladigan va shu ishni kami-ko’stsiz bajarishga qurbi etadigan tashkilot bo’lishi kerak. Bu javobgarlik o’ta muhim va boshqalardan farq qiladi. Masalan, aholi ro’yxatini o’tkazish organi bo’lgan tashkilot ishiga shu mamlakatning xalqi, hukumati va bir qancha nufuzli xalqaro tashkilotlar baho beradi.



Yüklə 48,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin