Ikkinchidan, alohida sug‘urta haqida qonun qabul qilinib, unda respublikamizning o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olindi.
Uchinchidan, xorijiy mamlakatlarda sug‘urta tashkilotlari bilan hamkorlik qilish kuchaydi, ular ishtirokida qo‘shma sug‘urta kompaniyalari barpo qilindi. Respublika sug‘urta tashkilotlari jahon sug‘urta tashkilotlari qatoridan joy oldi.
To‘rtinchidan. Sug‘urta mablag‘laridan investitsiya maqsadlarida foydalanish asosida ularning moliyaviy ahvoli yaxshilandi. Xorijiy mamlakatlar mablag‘laridan investitsiya maqsadlarida foydalanishda sug‘urta tashkilotlarining vositachilik roli vujudga keldi.
Beshinchidan, sug‘urta tashkilotlari bilan kredit muassasalarining hamkorligi kuchaydi. Korxonalar tomonidan bankdan olingan qarzlarni o‘z vaqtida qaytarishga qaratilgan sug‘urta faoliyati kengaya borib, u qishloq xo‘jaligi korxonalariga nisbatan ham joriy qilindi.
Oltinchidan, oldingi yillarga nisbatan majburiy sug‘urta doirasi qisqarib. Ixtiyoriy sug‘urta tadbirlari kengaydi. Qishloq xo‘jaligida majburiy sug‘urta qayta qurilib, sug‘urtalashda kreditning roli kuchaydi.
Ettinchidan, sug‘urtaning xalq farovonligini yaxshilashdagi roliga alohida ahamiyat berila boshlandi. Shu munosabat bilan indeksatsiya tadbirlari o‘tkazildi. Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urtaning shartlari ko‘pchilik hollarda qaytadan ko‘rib chiqildi, turar joy, uy-ro‘zg‘or, qo‘shimcha pensiya, tomorqa sug‘urtasi va boshqa sug‘urta xillari o‘zgartirildi va yangilari joriy qilindi.
Sakkizinchidan, bozor iqtisodiyotini amalga oshirishda tadbirkorlikning muhim ahamiyatiga alohida e’tibor berilib, sug‘urtaning yangi xillarini amalga oshirishga kirishildi.
To‘qqizinchidan, mustaqillik yillarida javobgarlik sug‘urtasining ayrim xillari joriy qilindi, shuningdek garovga qo‘yilgan mol-mulk sug‘urtasi haqida alohida dasturi amallar qabul qilindi.
O‘ninchidan, sug‘urta faoliyati bilan qimmatli qog‘ozlar o‘rtasida tegishli munosabat o‘rnatildi. Sug‘urta tashkilotlari ham o‘z qimmatli qog‘ozlarini tarqatish huquqiga ega bo‘ldilar va shu asosda aksiyadorlarning huquqlari belgilanib, ularning idora qilish usullari aniqlandi.
Prezidentimizning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida davlatni aql-idroq bilan boshqarish xalq boshiga tushgan xavf-xatarni kamaytirish va bartaraf etishdan iboratligini ko‘zda tutish lozimligiga amal qilib, sug‘urta sohasida faqat mamlakat miqyosida emas, balki tashqi munosabatlarda ham qator tadbirlar amalga oshirilganligi ko‘rsatib turibdi. Jumladan chet ellik va mahalliy investorlarga yordam berish maqsadida «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi tashkil qilinib, AIG (AQSh) kompaniyasi bilan birga siyosiy xavf-xatarlardan sug‘urtalash bo‘yicha «O‘zbekinvest Interneyshl» qo‘shma sug‘urta kompaniyasi ta’sis etilgani qayd qilib o‘tildi. Shu bilan birga, tashqi sarmoyalarni ko‘proq jalb qilish maqsadida sug‘urtalashning tayanch stavkalari xalqaro amaliyotda qabul qilinganidan ancha past ekanligi ta’kidlandi
Sug‘urtaning mohiyati, funksiyalari
Sug‘urta – ishlab chiqarish munosabatlarining zaruriy elementidir. U ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidagi moddiy zararlarni qoplash bilan bog‘liqdir. Normal takror ishlab chiqarish jarayonining muhim sharti uning uzluksizligi va to‘xtovsizligi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning doimiy yangilanib borishi insonlarning barcha ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarda, shu jumladan rivojlangan jamiyatda ham mavjud ehtiyojlarini qondirish uchun zarurdir.
Agarda ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni tabiiy ofatlar yoki boshqa favqulodda hodisalarning (yong‘inlar, portlashlar, epidemiyalar va b.) salbiy oqibatlari ta’sirida to‘xtasa yoki buzilsa, u holda jamiyat avvalo turli oldini olish tadbirlarini amalga oshirishga, mabodo ular ko‘zlangan natijani bermasa, u holda yetkazilgan moddiy zararni qoplashga, ishchi kuchini takror ishlab chiqarishning normal sharoitlarini qayta tiklashga majbur bo‘ladi.
Inson va tabiiy ofatlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik bilan asoslangan ijtimoiy ishlab chiqarishning tavakkalchilik xarakteri, birinchi navbatda, tabiiy va boshqa ofatlarning salbiy oqibatlarini oldini olish, bartaraf qilish hamda yetkazilgan zararni so‘zsiz qoplash bo‘yicha insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni yuzaga keltiradi. Bu obyektiv munosabatlar insonlarning erishgan hayot darajasini saqlab qolishga bo‘lgan real va mavjud ehtiyojini aks ettiradi. Mazkur munosabatlarni alohida xususiyatlar ajratib turadi va ularning yig‘indisi ijtimoiy ishlab chiqarishni sug‘urtaviy himoyalash iqtisodiy kategoriyasini tashkil etadi.
Sug‘urta iqtisodiy kategoriya sifatida moliya kategoriyasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ammo, moliya to‘laligicha daromadlarni taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lsa, sug‘urta esa faqatgina qayta taqsimlash munosabatlarinigina qamrab oladi.
Sug‘urtaning xususiyatlarini ochib beruvchi belgilarini quyidagicha keltirishimiz mumkin:
Sug‘urtada to‘satdan, oldindan ko‘zda tutilmagan va yengib bo‘lmaydigan holatlar, ya’ni sug‘urta holatlari ehtimoli mavjudligi bilan asoslanuvchi qayta taqsimlash pul munosabatlari yuzaga keladi.
Sug‘urtada ko‘rilgan zararni sug‘urta ishtirokchilari, ya’ni sug‘urtalanuvchilar o‘rtasida qoplash amalga oshiriladi. Zararni bunday qoplash usuli zarar ko‘ruvchi xo‘jaliklar soni doimo sug‘urta ishtirokchilari sonidan kam bo‘lish ehtimolligiga asoslanadi, ayniqsa ishtirokchilar soni yetarlicha katta bo‘lganda.
Zararni bunday qoplashni tashkil qilish uchun maqsadga yo‘naltirilgan sug‘urta fondi tashkil qilinadi. Bu fond sug‘urta ishtirokchilarining badallari hisobidan shakllantiriladi. Sug‘urta fondining mablag‘lari faqatgina uni tashkil qilganlar o‘rtasida ishlatiladi, sug‘urta badalining hajmi esa har bir qatnashchining zararni qoplashdagi ulushini bildiradi. Shuning uchun, sug‘urta qatnashchilarining doirasi qanchalik keng bo‘lsa, sug‘urta badalining hajmi shunchalik oz va sug‘urta ham samarali bo‘ladi. Agarda sug‘urtada millionlab sug‘urtalanuvchilar ishtirok etsa va yuz millionlab obyektlar sug‘urtalansa, u holda minimal badallar hisobiga maksimal zararlarni qoplash imkoni paydo bo‘ladi.
Sug‘urta zararlarni qoplashni hududiy birlik va ma’lum vaqt davomida amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Bunda yil davomida sug‘urtalanuvchi xo‘jaliklar o‘rtasida sug‘urta fondini hududlar bo‘yicha samarali qayta taqsimlash uchun yetarlicha katta hudud va anchagina sug‘urtalashga tegishli obyektlar talab qilinadi. Faqatgina mazkur shartga rioya qilish bilangina katta hududlarni qamrab oluvchi tabiiy ofatlar yetkazgan zararlarni qoplash imkoni bo‘ladi.
Zararni sug‘urta yordamida qoplash ma’lum vaqt davomida amalga oshiriladi, chunki ixtiyoriy sug‘urta doimo muddat bilan chegaralanadi.
Sug‘urta – bu ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan maqsadli sug‘urta fondlarini uning qatnashchilari o‘rtasida badallar hisobidan shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan qayta taqsimlash munosabatlari yig‘indisi.
O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunining 3-moddasida sug‘urtaga quyidagicha ta’rif berilgan:
«Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi».
Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyatiga uning funksiyalari mos keladi. Ular sug‘urtani moliya tizimining bir bo‘g‘ini sifatida xususiyatlarini oydinlashtirishning tashqi shakllari hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar
Гвозденко А.А. Основы страхования: Учебник. – 2-е изд., перераб. И доп. – М.: Финансы и статистика, 2003. – 320 с.
Mahmudova L. Sug‘urta ishi-O‘quv qo‘llanma—T.-TAKI 2004
Основы страховой деятельности: Учебник./ Отв. Ред. Проф. Т.А. Федорова. – М.: Издательство БЕК, 2002.-768 с.
Сплетухов Ю.А. Страхование ответственности. Учебное пособие – М.: Аудитор, 2004.-172с.
Страховое дело: Учебник. В 2 т. (пер. С нем. О.И. Крюгер и Т.А. Федоровой). – т.1: Основы страхования / под ред. О.И. Крюгер. – М.: Экономист, 2004. – 447 с.
Xo‘jaev Y. Tashqi iqtisodiy faoliyatda sug‘urta. O‘quv qo‘llanma.-T.: Soliq akademiyasi, 2005.
Bozor munosabatlari takomillashuvi iqtisodiy infratuzilmaning qaror topishi bilan birgalikda kechadigan jarayondir. Sug‘urta faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida bir tomondan, ijtimoiy kafolatni ta’minlasa, ikkinchi tomondan, shartnomaviy majburiyat va tariflar mexanizmi orqali turli sug‘urta risklaridan ogoh etish negizida iqtisodiyot sub’ektlari manfaatlarining himoyasini ham o‘z zimmasiga oladi.
Sug‘urta faoliyati jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini himoya qilish, ularning risklar yuz berishi oqibatida ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararlarini qoplashning zaruriy vositasi sifatida paydo bo‘ldi hamda rivojlandi. Shunday anglanilgan zarurat – aniq sug‘urta manfaatlari negizida sug‘urta munosabatlari yuzaga keldi.
Sug‘urta munosabatlari, ularning tashkiliy shakllari qandayligidan qat’i nazar, sug‘urta fondini yaratish va undan foydalanish jarayonidir. Ta’kidlash lozimki, sug‘urta munosabatlari – murakkab va keng qamrovli moliyaviy-pullik iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, ular yuzaga kelishi uchun o‘zaro bog‘liq shart-sharoit majmuasi mavjudligi ham muhimdir.
Hozirgi kunda mamlakatimizda sug‘urta faoliyatida talab darajasidagi risk transferi shakllanishi va rivojlanishi hamda uni ilmiy asosda o‘rganish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, iqtisodiyot sub’ektlarining erkinliklari kengayib borayotgan, ular tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish)ning yangi turlari o‘zlashtirilishi sug‘urta faoliyatida risk transferining ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etish va takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyojni orttirmoqda.
Sug‘urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini to‘liqroq ochib berish uchun ilmiy adabiyotlarda bu masalaga bo‘lgan yondashuvlarni o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Ularda «sug‘urta-xizmat ko‘rsatish industriyasi»[3] ekanligi qayd etilgan, shunga asoslanib, keyingi yillarda xalqaro iqtisodiy atamashunoslikda «xizmatlar iqtisodiyoti nazariyasi» qaror topayotganligini ta’kidlash mumkin.
Sug‘urta faoliyatida o‘z mohiyati nuqtai nazaridan, aynan «xizmat» tushunchasi fundamental hisoblanadi. Sug‘urtachi tomonidan taklif etilayotgan «xizmat» o‘zida dastlab moddiylikni aks ettirmaydi, ya’ni u o‘z mijoziga faqat «va’dani sotadi». Shu nuqtai nazardan xalqaro savdoda unga «ko‘rinmaydigan faoliyat»1 deb ham tasnif beriladi. Sug‘urtalanuvchiga shartnoma tuzilganligini tasdiqlovchi dalil-hujjat sifatida «polis»2 beriladi xolos. Sug‘urta shartnomasida sug‘urtalanuvchiga sug‘urta voqeasiga ko‘ra, ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararining ekvivalent qiymatidagi pul to‘lovi (ayrim hollarda mol-mulk ko‘rinishida) ta’minlanishi nazarda tutiladi. Shartnomaning bajarilishi unda qayd etilgan ma’lum davr oralig‘ida amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda bosqichma – bosqich bozor munosabatlari shakllanishi va rivojlanishi, iqtisodiyot sub’ektlarining yuksak darajadagi iqtisodiy mustaqilligi, erkinligi darajasi ortib borayotgan jarayonda doimo risklar mavjud bo‘lishi kuzatiladi. Ular manfaatlariga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan va doimiy takrorlanib turadigan risklarni qayta taqsimlash, ya’ni o‘ziga xos bo‘lgan maxsus xizmat bilan sug‘urta shug‘ullanadi.
«Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda, ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi».
Sug’urta odatda faqat xatarlarni sug’urtalovchi va xavf yuzaga kelganda etkazilgan zararni qoplashni ta’minlaydigan tizim sifatida qabul qilinadi. Biroq, bir qator xususiyatlari tufayli sug’urta tizimi iqtisodiyotdagi bir qator muhim vazifalarni ham bajaradi.
Eng muhimi, jiddiy tejamkorlik manbaibu. Jamg’arma iqtisodiy rivojlanishda muhim rol o’ynaydi. Biroq, rivojlanayotgan mamlakatlarda jon boshiga daromad darajasi yuqori emas. Aholining aksariyat qismi daromad darajasi past. Shunday qilib, iste’molni kamaytirish va jamg’armalarni ko’paytirish bo’yicha ko’riladigan choralar ushbu segmentda muvaffaqiyat qozonish imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Keyin tejashni ko’paytiradigan boshqa muassasalar ham bo’lishi kerak
Iqtisodiy tizim sifatida qaralganda, jamg’armani sarmoyaga aylantirishning uchta usuli mavjud. Birinchi yo’l – bank tizimi, ikkinchi yo’l – kapital bozorlari tizimi. Jamg’arma mablag’larini investitsiyalarga aylantirishUchinchi yo’l – bu sug’urta tizimi. Dastlab aytganimizdek, sug’urta tizimi bu xatarlarga ishonchni ta’minlaydigan va zarar yetganda zararni to’laydigan tizimdir. Fond kuchiBu pul mablag’larini investitsiya sohalariga yo’naltirish va iqtisodiyot uchun moliyaviy resurslarni yaratish tizimidir.
Sug’urta tizimida mablag ‘yig’ish kuchi hayotni sug’urtalashda eng keng tarqalgan. Hayotiy sug’urtadan yig’ilgan mukofotlar uzoq muddatli fondni tashkil qilganligi sababli, ushbu mablag’larni sanoat investitsiyalariga osongina o’tkazish mumkin.
Ushbu xususiyat sanoati rivojlangan mamlakatlarda yanada mashhur bo’lib, ajralmas resurs yaratadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sug’urta sektori tomonidan yaratilgan mablag’lar Ikkinchi Jahon urushida mag’lubiyatga uchragan va butun sug’urta portfelini yo’qotgan G’arbiy Germaniyaning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. Shu munosabat bilan tejash rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida va ayniqsa, muhim manba hisoblanadi hayot sug’urtasi rag’batlantiriladi. Shu sababli, mamlakatimiz iqtisodiyotida hayotni sug’urtalash va xususiy pensiya tizimlari rag’batlantirilmoqda.
Sug’urta tizimining mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’siri tejash jihatidan biz ko’rib chiqdik. Endi zaxiralar kompaniyalar tomonidan saqlanadi, ya’ni zaxira Keling, vaziyatni ko’rib chiqaylik. Kompaniyalar kelajakdagi noaniqliklarni oldini olish maqsadida o’z kapitallarining bir qismini zaxira sifatida ajratib qo’yishgan. Yong’in, zilzila, o’g’irlik, mashinalarning sinishi va shunga o’xshash xatarlarga qarshi ajratilgan ushbu mablag’lar, aslida, kompaniyalar uchun sarmoya kiritib bo’lmaydigan bo’sh pullar edi. Bu erda sug’urta tizimining kompaniyalar o’zlari ko’radigan xavf-xatarlarni o’z zimmalariga olish ehtiyojlarini bartaraf etishlari mumkin. Rivojlanayotgan mamlakatlarda kapital allaqachon cheklanganligini hisobga olsak, iqtisodiyotga shu tarzda kirib kelayotgan foydalanilmagan zaxiralar muhim manba yaratadi. Bu bizning mamlakatimizda sodir bo’layotgan narsa.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti nuqtai nazaridan sug’urta tizimining yana bir muhim samarasi ish o’rinlarini yaratishuning hissasi. Tizim o’sishi va kengayishi bilan sug’urta kompaniyalari soni ham, mavjud sug’urta kompaniyalari xodimlarining soni ham ko’paymoqda. Bunga parallel ravishda sug’urta agentliklari soni ham ko’paymoqda va agentliklar bilan bir qatorda brokerlar va zararni to’g’rilash kabi mutaxassis xodimlar soni ham ko’paymoqda.
Sug’urta sanoatiMamlakatimizda u mablag ‘yig’ish funktsiyasini qancha bajaradi? Buni tushunish uchun yig’ilgan mablag’larning rivojlanishi va uning qanchasi kapital bozoriga o’tkazilishini ko’rib chiqish kerak.
Yig’ilgan mukofotlarning Yalpi milliy mahsulotga nisbati sug’urta faoliyatining iqtisodiyotdagi o’rnini ko’rsatadi. Bundan tashqari, jon boshiga o’rtacha mukofot miqdori sug’urta xizmatlarining keng tarqalishini, ya’ni odamlarning sug’urtaga bo’lgan munosabatini ko’rsatadi.
Sug’urta kuzatuv kengashi tomonidan olib borilgan tahlillarga ko’ra, yig’ilgan mukofotlar miqdori oshgan bo’lsa-da, ushbu mukofotlarning YaMMdagi ulushi etarlicha yuqori emas.
Shunga qaramay, tahlillarga ko’ra, mukofotlar asosan yong’in, baxtsiz hodisalar va transportni sug’urtalash kabi yuqori likvidli ehtiyojlarga ega sug’urta sohalarida to’plangan. Biroq, hayot sug’urtasi bo’yicha mukofot ishlab chiqarish juda yuqori bo’lishi kerak. Chunki mana shu tarzda uzoq muddatli mablag’larni olish mumkin. Ushbu mukofot miqdori ham ko’paymoqda, ammo etarli emas. Rivojlangan mamlakatlarda jami mukofotlardagi hayot mukofotlari ulushi 50 foizga etgan bo’lsa, bizning mamlakatimizda bu deyarli 20 foizga etgan.
Mamlakatimizda jami ichki jamg’armalarda sug’urta sohasining ulushini hisobga olsak, bu o’sib borayotgan bo’lsa ham, kerakli darajada emas. Uzoq muddatli mablag ‘manbai bo’lgan hayot filialida mukofotlarning ichki jamg’armalardagi ulushi nihoyatda past.
Har doim aytilganidek, ushbu tariflar sug’urta to’g’risida xabardorlikni o’rnatish bilan ortadi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishishi bilan sug‘urta sohasida ro‘y bergan o‘zgarishlar
1991-yilning noyabr oyida «Mol-mulklarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida» qonunning qabul qilinishi bilan O‘zbekiston Respublikasida keng miqyosda davlatga tegishli bo‘lgan korxonalarni ijaraga topshirish, ularni aksionerlik jamiyatlariga aylantirish jarayoni boshlandi. Iqtisodiy islohotlar kuchli ijtimoiy siyosatni uyg‘unlashtirish orqali bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
Xususiylashtirishning birinchi bosqichida, ya’ni 1992-1993-yillarda, davlatga qarashli kichik korxonalar va uy-joy fondi eng kam narhlarda, asosan, korxonaning xodimlariga sotildi. Bu davrda 54000 korxona xususiylashtirildi, 18000 dan ortiq oilaviy korxonalar va 26000 ta aksionerlik jamiyati tashkil etildi. Shuningdek, mazkur bosqichda 700 dan ortiq davlat qishloq xo‘jaligi korxonalari jamoa va ijara xo‘jaliklariga aylantirildi.
Ma’lumki, ilgari hamma korxonalar davlatning ixtiyorida bo‘lganligi tufayli, ularni har xil noxush hodisalardan sug‘urta qilishga ehtiyoj bo‘lmagan. Sababi, ushbu korxonalarga sug‘urta hodisalari natijasida zarar yetkazilsa, bu zararlar davlat mablag‘lari hisobidan bemalol qoplanaverar edi. Ammo, yuqorida ta’kidlaganimizdek, mol-mulklarni davlat ixtiyoridan chiqarish va xususiylashtirish natijasida nodavlat sektorida o‘n minglab korxonalarni paydo bo‘lishi, o‘z-o‘zidan, sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabni sezilarli ravishda oshirdi. Negaki, ilgarigi tajribadan farqli o‘laroq, nodavlat sektoridagi korxonalar stixiyali hodisalar tufayli zarar ko‘rganda, bu zararlar davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanmaydi.
Yuqorida bayon etilganlarga qo‘shimcha ravishda ta’kidlash lozimki, amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar sug‘urta tizimini tubdan o‘zgartirib yubordi. Davlat sug‘urta tashkilotlariga raqobatbardosh xususiy sektorda mustaqil sug‘urta kompaniyalari vujudga kela boshladi. Bu shubhasiz, ularning faoliyatini tartibga soladigan maxsus qonun qabul qilishni talab etdi. 1993-yilning 6 mayida O‘zbekiston Republikasi Oliy Kengashi (hozirgi Oliy Majlis) “Sug‘urta to‘g‘risida» qonun qabul qildi. Ushbu qonun sug‘urtani rivojlantirishning, sug‘urta bozorini shakllantirishning huquqiy asoslarini, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda sug‘urtaning mavqei va o‘rnini belgilab berdi, fuqarolar va yuridik shaxslarning sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talablari to‘liqroq qondirilishini kafolatladi, sug‘urta munosabatlari barcha ishtirokchilarining manfaatlari himoya qilinishi va majburiyatlariga rioya etilishini ta’minladi. Shunisi diqqatga sazovarki, mazkur qonunda davlat sug‘urtasining monopoliyasiga barham berildi. Boshqacha so‘z bilan ifodalaganda, davlat sug‘urta tashkilotlari va nodavlat sug‘urta tashkilotlari uchun teng sharoitlar yaratildi.
1992-1994-yillarda iqtisodiyotning barcha bo‘g‘inlarida monopoliyaga barham berilish va xususiylashtirish jarayoni kuchayishiga qaramasdan, O‘zbekiston sug‘urta bozorida davlat sug‘urta muassasalarining ustunligi saqlanib qoldi. Mamlakatning shahar va qishloq joylaridagi asosiy sug‘urta operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi davlat sug‘urta Bosh boshqarmasi va uning joylardagi bo‘linmalari tomonidan amalga oshirildi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1992-yilda davlat sug‘urta tashkilotlari tomonidan jami 2415,1 mln. Rubl miqdorida sug‘urta badallari yig‘ib olingan. Bu ko‘rsatkich 1991-yilda yig‘ib olingan sug‘urta badallaridan uch marta ko‘pdir. Agar, ushbu davrda sug‘urta badallari tarkibini chuqurroq tahlil qiladigan bo‘lsak, umumiy hajmda shaxsiy sug‘urtaning ulushi kam ekanligini ko‘ramiz. Xususan, 1991-yilda sug‘urta badallarining umumiy hajmida shaxsiy sug‘urtaning ulushi 38,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1992-yilda bu ko‘rsatkich – 16,2 foizni tashkil etdi. Buning asosiy sababi, pulning qadrsizlanishi va o‘sha paytda ijtimoiy- iqtisodiy hayotda ro‘y bergan tangliklar bilan bog‘liqdir. Shaxsiy sug‘urta turi bo‘yicha 1990-yilda 6915,9 ming shartnomalar tuzilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1992-yilda 2624,0 mingni tashkil etdi yoki shartnomalar soni 2,6 martaga kamaydi.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, yuridik shaxslarning mol-mulkini ixtiyoriy sug‘urta qilish iqtisodiy nuqtai-nazardan samarali hisoblanadi. Chunki, iqtisodiy islohotlarning mohiyati ham ko‘proq korxonalarni moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan o‘zaro bog‘langan chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirish bilan chambarchas bog‘liq. Bunday chora-tadbirlardan biri korxonalarni mol-mulkini ixtiyoriy sug‘urta qilishdir. 1992-yil statistik ma’lumotlariga ko‘ra, davlat sug‘urta organlari tomonidan yig‘ib olingan jami sug‘urta badallari hajmida mol-mulk sug‘urtasining ulushi keskin kamayib ketdi.
1992-1994 va undan keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasida majburiy sug‘urta qilish bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘tkazish faqat davlat sug‘urta tashkilotlari tomonidan amalga oshirildi. Bunday sug‘urta turlariga qishloq xo‘jalik mol-mulkini sug‘urtasi, fuqarolarni mol-mulkini sug‘urtasi va yo‘lovchilarni baxtsiz hodisalardan majburiy sug‘urta qilishni o‘z ichiga olgan edi. Shu yerda ta’kidlash zarurki, 1991-yilning 1 yanvaridan sobiq ittifoq hududida qishloq xo‘jaligi korxonalari mol-mulkini majburiy sug‘urta qilish bekor qilingan edi. Ammo, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotining muhim tarmog‘i hisoblangani uchun, bu tarmoqqa qarashli mol-mulklarni sug‘urta qilish ishlari uzluksiz davom ettirildi. 1993-yilning oxirida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, qishloq xo‘jaligi korxonalari mol-mulkini majburiy sug‘urta qilish joriy etildi.
1992-yil boshlarida O‘zbekistonda nodavlat sektorida o‘nga yaqin sug‘urta kompaniyalari faoliyat ko‘rsatdi. Ular, davlat sug‘urta tashkilotlaridan farqli o‘laroq, amaldagi sug‘urta qilish qoidalarini ancha takomillashtirdilar. Jumladan, sug‘urta badali stavkasini kamaytirgan holda sug‘urta javobgarligi hajmini kengaytirdilar. 1992-yil davomida mamlakatda «Umid» qo‘shma sug‘urta kompaniyasi, «Inobat», «Ishonch», «Temir yo‘lchi» kabi bir qator nodavlat sug‘urta tashkilotlari turli xil sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirdilar.
1993-1994-yillar davomida sug‘urta sohasida monopoliyadan chiqarilish jarayoni bir muncha tezlashdi. 1994-yil oxirlarida mamlakat nodavlat sektorida 60 dan ortiq sug‘urta tashkilotlari faoliyat ko‘rsata boshladi. 1993-yilda davlat sug‘urta tashkilotilari tomonidan jami 26892,8 mln. Rubl miqdorida sug‘urta badallari yig‘ib olingan va uning qariyb 81,3 foizi majburiy sug‘urta turlaridan kelib tushgan. Aniqroq qilib ta’kidlaydigan bo‘lsak, ushbu kelib tushgan majburiy sug‘urta badallarining 79,4 foizi yoki 21,4 mlrd. Rubli qishloq xo‘jalik korxonalarining mol-mulkini sug‘urta qilishdan kelib tushgan. Mol-mulklarni ixtiyoriy sug‘urta qilish va shaxsiy sug‘urta turlari bo‘yicha kelib tushgan badallar umumiy sug‘urta tushumlarida tegishli ravishda 7,3 va 9,4 foizlarni tashkil etdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, 1993-yilda davlat sug‘urta muassasalari 12,8 mlrd. Rublni bevosita sug‘urta hodisalari tufayli ko‘rilgan zararlarni qoplashga sarfladi. 1994-yilning 1 iyulida Moliya Vazirligi huzuridagi davlat sug‘urta Bosh boshqarmasi fuqarolar tomorqalaridagi qishloq xo‘jaligi ekinlari va ko‘p yillik dov-daraxtlarni ixtiyoriy sug‘urta qilish qoidalarini tasdiqladi. Bu qoidalarga ko‘ra, kartoshka, sabzovat, poliz ekinlari, ko‘chatlar, tomorqada o‘stirilayotgan mevali, rezavor hamda boshqa ko‘p yillik daraxt, buta – o‘simliklar ixtiyoriy sug‘urtaga olindi. Sug‘urta badallarining stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinlari turlariga qarab belgilandi. Masalan, bir yillik va ko‘p yillik ekilgan o‘tlar uchun sug‘urta badalining stavkasi sug‘urta summasiga nisbatan 7 foiz miqdorida belgilandi.
1993-1994-yillarda nodavlat sug‘urta tashkilotlari ichida eng ko‘p sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirgan hamda eng dastlabki nodavlat sektoridagi sug‘urta kompanyalaridan biri – «ARK sug‘urta guruhi»dir. Bu kompaniya ilk marta 1991-yilning 21 fevralida «ASTROVAZ» nomi bilan rossiyalik hamkorlar yordamida tashkil etildi. 1992-yilning yanvar oyida Rossiyalik hamkorlar ta’sischilar safidan chiqarildi. Shu yilning 24 iyunida «ASTROVAZ» yopiq turdagi aksionerlik jamiyatiga aylantirildi. 1993-yilning mart oyidan boshlab bu tashkilot «ARK sug‘urta guruhi» deb atala boshlandi. U, asosan, O‘zbekiston hududida akkreditatsiya qilingan chet davlatlar vakolatxonalari, elchixonalarining mol-mulkini sug‘urtalash bilan shug‘ullangan.
«ARK sug‘urta guruhi» bilan bir qatorda 1992-1994-yillarda «Umid» osiyo sug‘urta kompaniyasi ham nisbatan faol sug‘urta qilish ishlarini amalga oshirdilar. Bu kompaniyaning asosiy ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi hom-ashyo birjasi va Pokiston Islom Respublikasidan bo‘lgan hamkorlardir. Ushbu kompaniya dastlab, eksport-import yuklarini, transport vositalarini sug‘urtalashga ixtisoslashdi. Keyinchalik «Umid» osiyo sug‘urta kompaniyasi tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlarni o‘z vaqtida qarz oluvchilar tomonidan qaytarib bera olmaslik tavakkalchiligini sug‘urta qila boshladi. Hozirgi paytda «Umid» sug‘urta kompaniyasi o‘z faoliyatini to‘xtatgan.
Yuqorida bayon etilganlar shundan dalolat beradiki, O‘zbekiston sug‘urta bozorida davlat sug‘urta tashkilotlari bilan bir qatorda xususiy, aksionerlik va boshqa mulk shaklidagi sug‘urta kompaniyalari ham raqobat asosida faoliyat ko‘rsatishlari mumkin.
Sug‘urta sohasida olib borilayotgan islohotlar
Umuman, sug‘urtaning insoniyat hayotidagi va iqtisodiyotning uzluksiz rivojlanishini ta’minlashdagi ahamiyati beqiyos. Buni e’tiborga olib, mamlakatimizda bozor infratuzilmasining ushbu bo‘g‘inini rivojlantirishga katta e’tibor berilyapti.
Birgina 2002-yilda sug‘urta sohasini rivojlantirish yuzasidan davlat miqyosida bir qator chora-tadbirlarning belgilanganligi fikrimizning tasdig‘idir. Xususan, 2002-yilning 31 yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining e’lon qilinishi sug‘urta tizimini taraqqiy ettirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Mazkur Farmonga muvofiq, mulk shaklidan qat’iy nazar barcha sug‘urta tashkilotlari 2002-yilning 1 fevralidan boshlab uch yil muddatga daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 27 noyabrda qabul qilgan qarori sohani rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston hukumati tomonidan sug‘urta sohasini rivojlantirishga katta e’tibor berilib, sug‘urta bozorini bosqichma-bosqich isloh qilish tamoyili amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonning mustaqil rivojlanishi davrida sug‘urtalashning huquqiy bazasiga va sug‘urta sohasida bozor tuzilmasini rivojlantirishga poydevor qo‘yildi, misol uchun sug‘urtalashda tomonlarning o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi va respublikada sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishning tamoyillarini belgilovchi xalqaro andozalarga mos keluvchi hamda talablarga javob beruvchi O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni 2002-yil 5 aprelda qabul qilindi. Aytish kerakki, yangi qonun yurtimizda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy sohalarda o‘tkazilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, mamlakatimizda olib borilayotgan erkinlashtirishni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Bu qonunning qabul qilinishi sug‘urta munosabatlarida ishtirok etuvchi tomonlarning huquq va manfaatlarini himoyalashga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi.
Sug‘urta sohasini tartibga soluvchi qonunchilik hujjati normalari xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi. Jumladan, rivojlangan chet mamlakatlardagidek bizda ham sug‘urta xizmatlari bozori ikkiga ajratildi: hayotni sug‘urta qilish bilan bog‘liq xizmatlar bozori va umumiy sug‘urta xizmatlari bozori. Hayotni sug‘urta qilishga ixtisoslashgan tashkilotlar umumiy sug‘urta turlarini o‘tkazish, umumiy sug‘urta turlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar esa hayotni sug‘urtalash huquqiga ega bo‘lmaydi. To‘g‘ri, bizda hayotni sug‘urta qilish, ayniqsa, uzoq muddatli sug‘urta turlarini rivojlantirishda ba’zi muammolar mavjud. Bu sug‘urta turini amalga oshirish uchun fuqarolarda sug‘urta tashkilotlariga ishonch bo‘lishi bilan bir qatorda yetarli miqdorda mablag‘ ham bo‘lishi zarur. Faqat hayot sug‘urtasi bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishda emas, balki korxona va tashkilotlarning mol-mulki hamda boshqa ixtiyoriy sug‘urta turlarini o‘tkazishda ham talay muammolar mavjud. Bu muammolarni hal etish sug‘urta tashkilotlari va ularning salohiyatli mijozlari bo‘lmish ko‘pming sonli aholi, yuridik shaxslarning o‘zaro hamkorligiga bog‘liq. Jamiyatda aholi va korxona hamda tashkilot rahbarlarining sug‘urtaga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirish lozim. Bu, o‘z navbatida, sug‘urta tashkilotlari tomonidan faol tushuntirish, targ‘ibot ishlarini olib borishni taqozo etadi.
Bugun yurtimizda xizmat ko‘rsatish tarmog‘i jadal suratlar bilan rivojlanayotgan bo‘lib, bunga sug‘urta kompaniyalarining faoliyat doirasi ham tobora kengayib borayotgani yorqin misol bo‘la oladi. Hozirda mazkur bozorda yangi sug‘urta ishtirokchilarining yuzaga kelayotgani mavjud sug‘urta turlarini yanada ko‘paytirish hamda shu orqali keng toifadagi yuridik va jismoniy shaxslarni sifatli sug‘urta xizmatlari bilan ta’minlash imkonini bermoqda.
Mamlakatimiz Prezidentining 2007-yil 10 apreldagi PQ-618-sonli «Sug‘urta bozorini isloh qilish va yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori muhim omil bo‘ldi. Umuman aytganda, bugungi kunda mamlakatimizda sug‘urta xizmatlari bozorini xalqaro talablar darajasiga olib chiqish, jismoniy va yuridik shaxslarning sug‘urta bozorida faol ishtirok etishini rag‘batlantirish maqsadida sug‘urta kompaniyalari uchun har tomonlama shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bu esa, bozordagi sog‘lom raqobat muhitini ham shakllanishiga olib kelmoqda.
Sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich isloh qilish sug‘urta bozorida turli mulkchilik shaklidagi tashkilotlarning paydo bo‘lishiga xizmat qilmoqda. Bu borada qabul qilingan huquqiy hujjatlar sug‘urta tizimining jamiyatdagi o‘rnini yuksaltirish, jahon andozalariga mos, sifatli xizmat ko‘rsatish hamda sug‘urta bozori infratuzilmasini takomillashtirish imkonini berayotir.
Ayni vaqtda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan o‘ttizdan ortiq ixtisoslashgan sug‘urta kompaniyalari tomonidan mijozlarga ikki yuzdan ortiq turda xizmat ko‘rsatilmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2008-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi maoruzasida bozor iqtisodiyoti institutlari, xususan, sug‘urtaning zamonaviy shakllarini keng rivojlantirish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.
Mamlakatimiz sug‘urta sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21 maydagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-872-sonli Qarorining qabul qilinishini aytishimiz mumkin. Unga asosan, sug‘urta faoliyatini yanada takomillashtirish, sug‘urtalovchilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va sug‘urta kompaniyalarining investitsion jarayonlardagi ishtirokini rag‘batlantirish, shuningdek, sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini samarali himoya qilishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining taklifiga binoan 2010-yilning 1 yanvaridan boshlab sug‘urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlarini oshirish belgilandi
Dostları ilə paylaş: |