1. Tabiat haqida beriladigan bilimlarning yoshga mosligi haqida ma`lumot bering



Yüklə 104 Kb.
səhifə1/12
tarix26.10.2023
ölçüsü104 Kb.
#161460
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1. Tabiat haqida beriladigan bilimlarning yoshga mosligi haqida -fayllar.org (1)


1. Tabiat haqida beriladigan bilimlarning yoshga mosligi haqida ma`lumot bering

Bilet 8

1.Tabiat haqida beriladigan bilimlarning yoshga mosligi haqida ma`lumot bering


2.Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish ish shakllari va o‘ziga xosligi
3.Kichik guruhda tabiat bilan tanishtirishga oid o‘yinlarini tashkil etishning mashg‘ulot ishlanmalarini tuzish
4.Test tayyorlash ( o’zi o’qiyotgan fandan 2 ochiq,3 ta yopiq)
5.Topshiriq, o’zi o’qiyotgan fandan glossariy yoki tayanch tushunchalarga izoh berish. (5 ta)
1.Tabiat haqida beriladigan bilimlarning yoshga mosligi haqida ma`lumot bering






1.2. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tabiat bilan tanishtirishning tarixiyligi
Tabiat – bu insoniyat yashashi uchun buyuk makon, nozu-ne‘matlar manbai bo‘lib, uni asrash har bir insonning burchi, bu borada xalqimiz o‘zining milliy-tarixiy an‘analariga ega. Bu an‘analar doimo rivojlantirilib, boyitib kelingan.
O‘tmishdan ma‘lumki, tabiat insoniyat uchun bebaho qadriyatdir. Tabiat, tug‘ilish, yashash, o‘sish-faoliyat maydoni. Inson tabiat bilan birga yashaydi, o‘sadi, rivojlanadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng tabiatni muhofaza qilishga oid ma‘naviy qadriyatlar ham xalq hayotida to‘laroq namoyon bo‘la boshladi.
Mustaqillik tufayli yurtimizda qadim-qadim zamonlarda kechgan davlatchilik taraqqiyoti, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma‘naviy hayotni atroflicha tahlil va tadbiq etish imkoniyati vujudga keldi9.
"Xalqning madaniy qadriyatlari, ma‘naviy merosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma‘naviyat manbai bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay O‘zbekiston xalqi avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an‘analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi" deb ta‘kidlaydi I.A.Karimov10 .
Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekistonda bu muammoning echimiga intilish uzoq tarixga ega. Zero, "Sivilizastiya belgilarini asrab-avaylash qanchalik zarur bo‘lsa..., yer va suvni asrab-avaylash ham shunchalik muhimdir.
Er, havo, suv va olov (Quyosh) Markaziy Osiyoda qadimdan e‘zozlab kelingan, ajdodlarimizning zardushtiylikdan tortib to islomgacha bo‘lgan barcha dinlari tomonidan munosib qadrlab kelingan"
Ta‘lim-tarbiyaning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi va vazifalarini yaxshi bilmasdan turib Yosh avlodni tabiat bilan tanishtirishda ularni maqsadga muvofiq tarbiyalab bo‘lmaydi. Buning uchun xalq manfaatlarini aks ettiruvchi tarbiyaning maqsadlari to‘g‘risidagi tasavvur qanday vujudga kelgan va bu tasavvurlar keyinchalik qanday rivojlanganligi hamda pedagogik tomondan qanday ta‘rif va tavsif berilganini eslash maqsadga muvofiqdir.
Shuni aytish kerakki, hayotda har bir fanning yuzaga kelishi hayotiy zarurat natijasidir. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi ham ana shunday hayotiy zaruratning mahsulidir. Bu fan o‘z oldiga ana shu tabiat elementlari vositasida
Yoshlarni tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yadi. Tarbiya esa pedagogikaning bosh vazifasidir.
Tabiat - bitmas-tuganmas xazinadir. O‘simliklar dunyosi, hayvonot olami yosh qalbning to‘g‘ri o‘sib shakllanishida, tabiatda bo‘ladigan voqea-hodisalarning sir-asrorini o‘rganib voyaga etishida katta manba bo‘lib xizmat qiladi.
Tabiatdagi narsalar ikki qismdan: jonsiz va jonli tabiatdan iboratdir. Jonsiz tabiatga er, quyosh, yulduzlar, suv, havo, toshlar, tuproq, jonli tabiatga esa o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, odamlar kiradi. Jonsiz tabiat deyilishiga sabab ular oziqlanmaydi, o‘smaydi, ko‘paymaydi, rivojlanmaydi. Masalan, toshni olsak, unga suv ham, havo ham kerak emas.
Jonli tabiatga kiruvchilar esa oziqlanadilar, nafas oladilar, o‘sadilar va ko‘payadilar. Jonli tabiat vakillari o‘simlik, havo, suv, yoruhlik, issiqlik va ozuqa bo‘lmasa yashay olmaydi.
Jonli tabiatdagi barcha mavjudotlardan eng qudratlisi insondir. Inson fikrlaydi, mehnat qiladi, turli kashfiyotlar ixtiro qiladi. Tabiat insonni ma'naviy boyitishning bitmas-tuganmas manbaidir.
Tabiat bilan inson o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta‘minlashda ekologik ta‘lim-tarbiyaning roli nihoyatda katta. Ta‘lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan uzluksiz ekologik ta‘lim va tarbiya insonning tabiatiga, qolaversa, o‘ziga nisbatan Yangi munosabatlarning shakllanishini tag‘ozo etadi. Bu o‘z navbatida barkamol insonning shakllanishida poydevor bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tabiatga nisbatan muhabbat uyg‘otish ona Vatanga, uning tabiat yodgorliklari, tarixiy obidalari, xalqimizning an'analariga hurmat ruhida tarbiyalashga, yuksak ma‘naviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi.
O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan o‘zbek xalqi qadimdan ekologik madaniyat merosiga ega. Eng mo‘tabar, qadimgi qo‘lyozmamiz «Avesto» xalqimizning bebaho mulki sanaladi. Bu nodir kitob bundan o‘ttiz asr muqaddam shu zaminda yashagan ajdodlarimizning biz avlodarga qoldirgan ma‘naviy tarixiy merosidir. «Avesto», ayni zamonda, bu qadim o‘lkada buYuq davlat, Yuqsak ma‘naviyat va madaniyat bo‘lganligidan guvoqlik beruvchi tarixiy qujjatdir.
«Avesto» tabiat, jamiyat va inson o‘rtasidagi munosabatlarni ma‘naviy, ruhiy va axloqiy mezonlar orqali uyqunlashtiruvchi, kishini qurshab olgan olamni o‘rganishga chorlaguvchi falsafadir.
«Avesto»da noyob dorivor giyoqlar haqida qimmatli ma‘lumotlar mavjud. Bundan tashqari, uy-joy, atrof-muqit, tabiatni muqofaza qilish, uni asrash to‘g‘risida tavsiyalar berilgan.
«Avesto»da er, suv, xona, inson tana azolari, kiyim-kechaklarni toza tutish haqida yozilgan. Atrof-muqit, ko‘chalarni, butazorlaru o‘tloqlarni, erni iflos qilgan kishilar jazolanganlar. Shuningdek, muqit tozaligini saqlash va kasalliklarni oldini olish maqsadida axlatlarni, ifloslangan joylarni tosh, tuproq, qum bilan ko‘mib tashlash buyurilgan.
Asarda kasallik tarqatuvchi qasharotlarni yo‘qotish, shuningdek, uy hayvonlarini to‘g‘ri parvarish qilish yo‘llari ham ko‘rsatilgan.
"Eng mo‘‘tabar, qadimgi qo‘lyozmamiz "Avesto" ning yaratilganiga 3000 yil bo‘lyapti – dedi Prezidentimiz Islom Karimov tarixchi olimlar bilan uchrashuvida. Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma‘naviy, tarixiy merosidir. "Avesto" ayni zamonda bu qadim o‘lkada buyuk davlat, buyuk ma‘naviyat, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi".
"Avesto" da dunyoning yaratilishi, insonning xalq bo‘lib kamol topishi, ezgulik uchun yovuz kuchlar bilan kurashi, erkinlik, ijodkorlik va bunyodkorlik yo‘lidagi orzulari o‘z ifodasini topgan.
"Avesto" faqat odamninggina emas, balki bir hovuch tuproq, bir qultum suv, bir nafaslik havoning ham muqaddas ekanligi haqidagi kitob. "Avesto" erning, daryolaru bog‘lar, tog‘laru buloqlar, ko‘lu sahrolar, otu tuyalar uyuri, molu itlar, o‘simligu giyohlarning bunyod etish tarixiga doir asar
Ajdodlarimiz ekologik ta‘lim-tarbiya borasida ham boy meros qoldirgan. Bunga "Avesto"da ifodalangan ekologik yo‘nalishdagi qarashlar va o‘gitlar, zardushtiylik bilan bog‘liq an‘analar, urf-odatlar, bayramlar, suvga, erga sajda qilish, olovning poklovchi kuchiga e‘tiqod, ajdodlar ruhiga topinish misol bo‘la oladi.
Zardushtiylikning yaratuvchilari turli xalqlarning tabiatga va tabiat hodisalariga topinishidan, diniy bayramlar va urf-odatlaridan ustalik bilan foydalanganlar. Uning negizidagi asosiy narsa yorqin dualizm: dunyoning ibtidosidagi nur va zulmat, ezgulik va yovuzlik bo‘lib, ular yaxshilik xudosi Ahura Mazda va yovuzlik xudosi Anhra Manu timsolida namoyon bo‘ladi. Ularning birinchisi ezgu hodisalar: er, suv, havo, olovning ijodkori bo‘lib, hayot, poklik, salomatlik, aql, ezgulik timsoli hisoblansa; ikkinchisi ifloslik, nopoklik, kasalliklar, o‘lim yaratuvchisi shu bilan birga yolg‘on, yovuzlik, axloqiy tubanlik timsolidir.
Qadimgi zardushtiylarning o‘ziga xos o‘simlik va hayvonot olami, hayot tarzi bilan aloqador tarixiy sharoit havo, suv, tuproq va olovning ilohiylashtirilishiga olib keldi.
"Avesto" da hayvonlarga ozor bermaslik, ularni asrash chora-tadbirlari to‘g‘risida, turli xil suvlar va ularning foydasi haqida yozilgan. "Avesto" da maxsus bo‘lim bo‘lib, uning nomi "Suvlar qasidasi" dir. Unda Markaziy Osiyoning yirik daryolaridan biri – Amudaryo haqida so‘z yuritiladi.
Suvni toza tutish uchun qo‘yilgan talablar tuproqqa ham qo‘yilgan. Ona zamin tabiatning ajralmas bo‘lagi, shu sababli ajdodlarimizning erga mehri o‘zgacha bo‘lgan. Ona zaminni ehtiyot qilishda sir-asror mo‘l-ko‘l, karomat kattadir, chunki er barcha boylikning asosi, butun tiriklikning manbaidir13 . Zardushtiylar e‘tiqodicha, er har xil iflos narsalar, ayniqsa, inson va hayvonlar jasadining ko‘milishidan paydo bo‘ladigan narsalardan poklanishga ehtiyoj sezadi. E‘tiqodga ko‘ra, o‘limning o‘zi ham yovuz kuchlarning ishi hisoblangan. Bu yovuz
kuchlar o‘limdan so‘ng ham jasad atrofini tark etmaydi. Shunga ko‘ra vafot etganlarning jasadlari tog‘ qoyalari, sahrolar, maxsus sokinlik minoralarida qoldirilgan va ularning suyaklarigina qolmaguncha qo‘l tekkizilmagan. So‘ng suyaklar yig‘ilib maxsus idish – "assuar"larga solingan va maxsus joylarga ko‘milgan. E‘tiqod qiluvchilar uchun o‘lik tananing muqaddas er, suv yoki o‘simliklarga tegib turmasligi favqulodda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
Zardushtiylik ta‘limotida atrof muhitga nisbatan madaniyatning teranligi va kuchliligi insonni hayratga soladi. Zero, uning dolzarbligi hozir ham o‘z kuchini saqlab qolmoqda. Bu o‘rinda erni ifloslantirmay va hosildorligicha saqlash, o‘simlik va daraxtlarni o‘stirish, hayvonlarni parvarishlash kabi masalalar ko‘zda tutilgan.

Axlatlarni maxsus usulda tozalash lozim bo‘lgan. Toza va quruq axlat masalan, singan idish, suyaklar erga zarar keltirmaydigan narsalar sifatida ko‘mib tashlangan. Qolgan barcha narsalar tomida tuynuksimon teshigi bo‘lgan kichikroq uychaga to‘plangan hamda vaqti-vaqti bilan ishqor ta‘sirida yo‘q qilib turilgan.


Zardushtiylik aqidalarida insonga ongli jonzot sifatida qarash alohida ahamiyat kasb etgan. U shu sababli ham atrof muhitni saqlash uchungina emas, balki o‘zining jismoniy sog‘ligi, axloqiy-ma‘naviy holatini kuzatish, qarindosh-urug‘lari haqida g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga ham mas‘ul qilingandir. Shuning uchun "Avesto" da tabiatni – ya‘ni suv, tuproq, olov, havo, quyoshni e‘zozlash va insonning yaratuvchanlik mehnatini ulug‘lash birlamchi ahamiyat kasb etgan14 .
O‘zbek xalqining yil fasllari almashuvi, hosilni yig‘ib-terib olish bilan bog‘liq umumxalq bayramlari ham maxsus ekologik mazmun bilan boyitilgan. Ular orasida eng ommaviy bayram "Navro‘z"dir. U zardushtiylarning astrologik taqvimlarida alohida ahamiyat kasb etgan.
"Navro‘z" o‘zbek xalqining tabiat, er va uning in‘omlariga bo‘lgan muhabbatining o‘ziga xos jamuljamidir. U O‘zbekistonda bahor va mehnat bayrami hisoblanadi. Shunga ko‘ra o‘zida nihoyatda katta tarbiyaviy imkoniyatni mujassamlashtiradi hamda insonlarda mehnatsevarlik, insonparvarlik, o‘zaro hurmat, muhabbat, ezgulik, adolat, do‘stlik va boshqa ijobiy fazilatlarni mustahkamlashga imkon yaratadi.
"Navro‘z" bayrami bahorning boshlanishida o‘tadi. Bu paytda dehqonlar erga dastlabki urug‘ni qadashadi, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazishadi, erni "bezash"ga harakat qilishadi, toki u kishilarga ezguliklar keltirsin, ularning qalbiga umid va ishonch tuyg‘ularini singdirsin, yaqin qarindoshlar hamda do‘st-yorlar bilan munosabatda o‘zlarini erkin va baxtli his etishsin.
Qadimgi an‘analarga ko‘ra bu paytda kishi quyidagi shartlarni bajarmog‘i kerak: ko‘cha va hovlilarni tartibga keltirish, tozalashda ishtirok etishi, daraxtlarni oqlash, ko‘chat (kamida uchta) hamda gullar o‘tqazish, xushchaqchaq va shoduman yurishi, bir-birlariga yaxshi niyatlar tilash, urushgan kishilar bilan yarashish, halol va munosib hayot kechirishga intilish. Shunga ko‘ra, ekologik
madaniyat tamoyillari, me‘yorlari antropogen omillar xarakteriga ega bo‘lib faqat insonning bevosita tabiat bilan bo‘lgan munosabatlaridagi harakatlarigagina tatbiq etilgan va baholangan. Barcha insonlar ana shu o‘lchov me‘yoriga amal qilganlar. Shu sababdan ham suvga tuflama, suvga suprindi tashlama, suv oqqan ariqni iflos qilma, havoni ifloslama kabi fikrlar ular uchun dasturi amal bo‘lgan.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki ajdodlarimiz asrlar davomida to‘plagan xalq an‘analari, urf-odatlari va marosimlarida er, suv, havo, atrofdagi o‘simlik hamda hayvonot dunyosiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga rioya qilganlar. Ular to‘plagan ekologik tajribasining bir avloddan ikkinchi avlodga, bir xalqdan boshqa xalqga vorisiyligini ta‘minlash muhimdir.


Tabiat, jamiyat va hayotni inson uchun yaratilgan moddiy-ma‘naviy ne‘mat sifatida talqin etish, uni asrab-avaylashga da‘vat etish qadimgi ma‘naviy merosimizning buyuk gumanistik mazmunini tashkil etadi. "Avesto" - buning yorqin namunasidir .
Islom ta‘limotida ekologiya muammosiga alohida e‘tibor berilgan. Qur‘oni karim va Hadisi sharifda tabiatni muhofaza qilish, boyitish, pokiza saqlashga oid pand-nasihatlar o‘z aksini topgan.
Qur‘oni karim kitobi insonlarni tabiat bilan uyg‘unlikka da‘vat etadi. Jumladan, "Furkon surasi" ning 2-oyatida: "Alloh hamma narsani yaratdi va o‘lchovini mukammal qildi", deyiladi. Ya‘ni dunyodagi har bir narsa – suv ham, tuproq ham, havo ham, hayvonot olami ham, nabobat olami ham Alloh taolo tomonidan muayyan o‘lchov bilan bir-biriga o‘zaro bog‘liq qilib yaratilgan. Agar bu muvozanatlik buziladigan bo‘lsa, tabiat uchun, shu jumladan, inson uchun ham jiddiy muammolar kelib chiqishi ehtimoli nihoyatda katta.
Alloh taolo ilohiy kitoblarda insonni ulug‘lab, unga tabiatni asrab-avaylash, o‘z ne‘matlaridan bahramand bo‘lish, ularni nobud qilmay, ezgu maqsadlarga ishlatishni amr etgan. "A‘rof surasi" ning 56-oyatida Parvardigor shunday deb amr qiladi: "Obod qilib qo‘yilgan Er yuzida buzg‘unchilik ishlarini qilmang"15 .
Shuningdek, "Al-Isro" surasi tunggi sayr degan ma‘noni bildiradi. Bunda borliqdagi barcha jonli-jonsiz mavjudot o‘zaro bog‘lanishda ekanliklari to‘g‘risida aytilgan. "Raxmon" surasida jannatga ta‘rif beriladi, "Duoxon" tutun degan ma‘noni anglatib, bunda ham do‘zax va jannat manzaralari haqida ta‘riflanadi. "Shuaro" surasidagi Nuh payg‘ambarning kemasida odamlar bilan hayvonlar va parrandalarning saqlab qolinishi hikoyatlari, "Nahl" asalari, "Naml" chumoli deb nomlangan suralarida ham zaif va zahmatkash mahluqlarning ibratli hayot tarzi haqida hikoya qilinadi16 .
Islom ta‘limotining yetuk namoyandalaridan biri, 4-jildli "Al-jomi‘ as-sahih" hadislarini yozgan Abu Abdulloh Muhammad Ibn Ismoil al-Buxoriy ham tabiat va uning ne‘matlari haqida, tabiat in‘omlarining inson uchun yaratilganligi va ulardan oqilona foydalanish, ko‘chat ekish, er haydash va ijaraga berish, o‘lik erni jonlantirish, suv, ov va ovga tasliya aytmoq haqida kitob yozganlar. Hadisi sharifda17 tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida fikrlar bildirilgan. Jumladan: soyasidan xalq foydalanib turgan daraxtni kesib yuborgan odamni tangri do‘zaxga maxkum etadi; dunyo yam-yashil va go‘zaldir, kimki undan haqli ravishda halollik bilan olsa, baraka topadi, kimki nafs xohishi bilan boylikka mukkasidan ketsa qiyomat kuni do‘zaxdan boshqa narsaga erisha olmaydi; dunyoni buzib, bulg‘ab yurgan kishi mening ummatim emas; englar, ichinglar, sadaqa qilinglar, ammo isrofgarchilikka o‘tmanglar; tangri pokdir, poklikni yaxshi ko‘radi, saxiydir-ki saxiylikni yaxshi ko‘radi; hovli saxni va turar joylaringizni toza tutinglar; bu dunyoda jonivorlarga qattiq azob beradigan kishilarni tangri qiyomat kuni qattiq azoblaydi; qo‘y barakadir, tuya ahliga izzatdir; ekmoq niyatida qo‘lingizda ko‘chat turgan paytda bexosdan qiyomat qoyim bo‘lib qolishi aniq bo‘lganda ham ulgursangiz uni ekib qo‘ying kabi hadis namunalaridan keltirishimiz mumkin.
Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy madaniyati xalqni atrof muhitga nisbatan ekologik madaniyatining ko‘pqirrali bo‘lganligini ko‘rsatadi. U tarixan taraqqiy etib kelgan insoniyat tajribalari davomiyligining muhim omili bo‘lganligidan darak beradi.

Xalq ekologik madaniyati ana shu evolyustion ziddiyatli jarayonda shakllangan. Ajdodlarimiz atrof muhitning rang-barang ko‘rinishlarini saqlab qolish uchun tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlariga amal qilganlar.


Ota-bobolarimiz o‘tmishda tabiat zaxiralaridan pala-partish foydalanishni taqiqlaganlar, suvdan foydalanishda uni isrof va iflos qilmaslik (ayniqsa, cho‘l hududlarida sardobalar bunyod etish), er, o‘simlik va hayvonot dunyosiga oqilona munosabat, hunarmandchilikda chiqitsiz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, dehqonchilik va chorvachilik uchun ajratiladigan erlar mutanosibligiga muntazam e‘tibor berish, farzand (o‘g‘il) tug‘ilishi bilan ko‘chat o‘tqazish, bahor paytida ariq va zovurlarni tozalash, yo‘l, ko‘priklarni qurish va saqlashda bahorgi hashar usulini qo‘llash, oziq-ovqat mahsulotlaridan tejab-tergab foydalanish, mollarni semirtirib so‘yish kabi ekologik muammolarga amal qilishganlar.
Markaziy Osiyo xalqlari qadimgi davrlardayoq o‘zlarini tabiatning bir qismi ekanligini anglab, tabiatga hurmat bilan qaraganlar. O‘z bolalarini tabiatga nisbatan chuqur hurmat, e‘tiqod ruhida tarbiyalaganlar.
O‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Zahiriddin Muhammad Bobur tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. Amir Temur, Alisher Navoiy kabi davlat arboblari esa butun umr davomida obodonchilik va sug‘orish ishlari, bog‘-rog‘lar barpo etish bilan shug‘ullanganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e‘zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar .
Ular o‘z asarlarida tabiatni asrash va uning boyliklariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, uni saqlash va ko‘paytirish zarurligini uqtirganlar va unga o‘zlari amal qilganlar. Ular dunyoni ilmiy bilishga, inson ongida tabiat va olamni umumlashtirish jarayonlari, buning natijasida esa tabiatdagi barcha jonzotlar orasida mavjud bo‘lgan o‘zaro aloqadorlikni ekologik nuqtai nazardan ilmiy asoslab berganlar.

Buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy (782-847) risolalaridan birida bunday deb yozadi: "Biling-ki, daryoning ko‘zlari yoshlansa uning boshiga g‘am, kulfat tushgan bo‘ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig‘ tutmanglar". Dunyoning yoshli ko‘zlari deganda Muhammad al-Xorazmiy nimalarni ko‘zda tutdi ekan? Ehtimol, u daryo suvining ortiqcha isrof bo‘lishini nazarda tutgandir? Vaholanki, buyuk bobomiz eng avvalo daryo bilan odamlarning bir-birini tushunishlari va til topishlari, o‘zaro mehr-muhabbat qo‘yishlarini nazarda tutgan. Xorazmiy 847 yili "Ma‘mun akademiyasi" olimlari bilan olib borgan tadqiqot ishlarini umumlashtirib "Kitab surat al-arz" ("Er tasviri") kitobini yozgan. Xorazmiy ushbu kitobda 637 ta noyob tabiiy joylar, 209 ta tog‘ning geografik tafsilotini bergan. Shuningdek, asar butun dunyo qit‘alar, okeanlar, qutblar, ekvator, sahrolar, ko‘llar, o‘rmonlar, turli mamlakatlar, o‘lkalar, u erdagi hayvonot, o‘simlik dunyosi va boshqa tabiiy resurslar haqidagi ma‘lumotlarni o‘z ichiga oladi. Xorazmiyning mazkur asariga kiritilgan xaritalarda er yuzi etti iqlimga bo‘lib chizilgan, shundan faqat to‘rttasigina bizgacha etib kelgan18 .


O‘rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-falsafiy fikrining eng yirik va mashhur vakillaridan biri Abu Nasr Forobiyning (870-950) ilmiy-falsafiy merosi nihoyatda boy. Uning asarlari hozirgacha aniqlanmagan. Nemis olimi M.K.Brokkelmanning ro‘yxatida Forobiyning turli sohalarga oid 180 ta asarining nomi keltiriladi. Bu asarlar bir necha guruhlarga bo‘linadi. Shulardan 11 - guruhga Forobiyning tabiatshunoslik ilmi, amaliy faoliyat va hunarmandchilik masalalariga oid asarlari kiradi. Forobiy tabiatshunoslikning turli tarmoqlari bilan shug‘ulllangan bo‘lib, "Kitob al-hajm va al-miqdor", "Kitob al-mabodi al-insonia" ("Insoniyatning boshlanishi haqida kitob"), "Qalam fia‘zo al-hayvon" ("Hayvon a‘zolari to‘g‘risida kitob") nomli asarlari bunga dalil bo‘la oladi. Ularda inson va hayvonlar organlari, ularning funkstiyasi, bir-biriga o‘xshash xossalari va tafovuti kabi masalalar yoritiladi. "Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi" asarida tabiiy fanlarni izohlashda u minerologiya, hayvonot va o‘simliklar olami, ularning turlari va xarakterli xususiyatlariga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, tabiatshunoslik ikki xil tanlash – bu inson qo‘li va faoliyati bilan yuzaga keltirilgan tanlash va tabiatning
o‘zi yaratgan tanlash ajratiladi. Shu sababli, u sun‘iy turlar vujudga kelishini birinchilardan bo‘lib ta‘riflagan va biologiya hamda fiziologiya (birlimchi va ikkilamchi signal sistemalari to‘g‘risida) fanlari rivojiga munosib hissa qo‘shgan.
Abu Rayhon Beruniyning (973-1048) fikricha inson tabiat qoidalariga rioya qilgan holda borliqni ilmiy ravishda to‘g‘ri o‘rgana oladi. Beruniyning ilmiy qarashlari asosan "Saydana", "Mineralogiya", "Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar", "Hindiston", "Geodeziya" kabi asarlarida uchratiladi. Beruniyning "Hindiston", "Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar", "Geodeziya" kabi asarlarida turli xalqlarning ekologik qarashlari, an‘ana, urf-odatlari, ularning tabiat bilan aloqador bayramlari tavsif va tahlil qilingan.

Beruniy "Saydana" degan asarida 1116 tur dori-darmonlarni tavsiflagan. Ularning 750 tasi turli o‘simliklardan, 101 tasi hayvonlardan, 255 tasi esa minerallardan olinadi. Har bir o‘simlik, hayvon va minerallarning xossalari, tarqalishi va boshqa xususiyatlari keltirilgan.


"Hindiston" degan asarida o‘simlik va hayvonlarning tuzilishi hamda ularning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasi haqida ham qiziqarli ma‘lumotlar keltiriladi. "Hindiston" asarida jirafa, delfin, karkidon, kiyik, fil va boshqa hayvonlar, qushlarning tarqalishi, tashqi ko‘rinishi, xususiyatlariga batafsil to‘xtab o‘tgan. Beruniy o‘zining ilmiy-nazariy Bitiruv malakaviy ishlari, tajribalari asosida barcha tabiat hodisalari ma‘lum qonuniyat asosida yuz beradi va ularni hech qanday tashqi kuch o‘zgartira olmaydi, degan xulosaga keladi. Beruniyning to‘plagan ma‘lumotlarini xulosalaganda shunga iqror bo‘lamizki, barcha millatlarda insonlarning tabiatga nisbatan uyg‘unligi namoyon bo‘ladi.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) jahon madaniyatiga buyuk hissa qo‘shgan olimlardan biridir. Yirik enstiklopedist olim sifatida u o‘z davri ilmining deyarli barcha sohalari bilan shug‘ullangan. Turli yozma manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi eslatiladi. Bizgacha esa uning 240 ta asari etib kelgan. Ibn Sino asarlari orasida "Tib qonunlari" shoh asari tibbiyot ilmining qomusi bo‘lib, o‘rta asr tibbiyot ilmi tarqalishining oliy cho‘qqisi hisoblanadi. Ushbu asarda insonni o‘rab turgan atrof muhit, tabiatdagi o‘simliklar dunyosi kasallarni davolash uchun dori-darmon vazifasini o‘tashi ta‘kidlangan. Bu qarashlar hozirgi vaqtda ham tibbiyotda keng qo‘llanilmoqda. O‘tmishda alloma kasallarni davolashda havo, suv, tuproq, iqlim, oziq-ovqat, yashash joyi muhimligini ko‘rsatgan. Bularning inson salomatligiga ta‘sirining muhimligiga alohida e‘tibor berganlar. Bug‘, tutun va boshqa narsalar bilan ifloslangan havoning inson salomatligiga salbiy ta‘siri tahlil qilingan. Suvni tozalashga oid tavsiyalar berilgan. Kasalliklarning paydo bo‘lishi va uni davolashda hayotiy sharoit hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini asoslab bergan. ―Tib qonunlari‖ning maxsus bobi inson salomatligini saqlashga bag‘ishlangan. Asarda shu narsa juda ochiq ko‘rinadiki, davlatning kuchliligi, insonlar sog‘lig‘i bilan chambarchas bog‘liqdir.
Abu Ali ibn Sinoning falsafiy va tabiiy-ilmiy qarashlari uning jahonga mashhur asari "Kitob ash-shifo", ya‘ni "Davolash kitobi"da bayon etilgan. Bu asarda materiya, fazo, vaqt, shakl, harakat, borliq kabi falsafiy tushunchalar,
shuningdek matematika, kimyo, botaniqa, zoolgiya, geologiya, astronomiya, psixologiya kabi fanlar haqida fikrlar bayon etilgan.

Ibn Sinoning "Er yuzida chang va tutun bo‘lmasa, inson ming yil yashar edi" degan iborasining qanchalik to‘g‘ri ekanligi bugungi kunda isbotlandi.


Sohibqiron Amir Temur (1336-1405) har doim mamlakatda (qo‘lga kiritilgan erlarda ham) birinchi navbatda obodonchilik, erlarni o‘zlashtirishga katta e‘tibor bergan. Sohibqiron qo‘riq va bo‘z erlarni o‘zlashtirganlarni, koriz qurgan yoki biror bog‘ ko‘kartirganlarni rag‘batlantirgan. "Temur tuzuklari" da yangi o‘zlashtirilgan erlardan "Birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o‘z roziligi bilan berganni olsinlar, uchinchi yili esa qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig‘ilsin", deb ta‘kidlanadi. Sohibqiron Samarqandda 12 ta bog‘ yaratadiki, ularning har biri o‘ziga xos tabiiy muhitga ega bo‘lib, iqlimiga, eriga, nomiga g‘oyat katta e‘tibor beradi .
Tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbat, adolat tuyg‘usi Alisher Navoiy (1441-1501) siymosida alohida o‘rin tutadi. A.Navoiy rahbarligida o‘nlab kanallar qazilgan, hovuzlar, quduqlar, sardobalar barpo qilingan. Shuningdek Navoiy qarashlarida suvni isrof qilish – nonni isrof qilishdek gunoh ekanligini, hovuz, quduq, sardoba suvini toza saqlash hamma uchun ham savob, ham farz ekanligini tushuntirilgan. A.Navoiy tabiatga yoki biron-bir jonzotga xiyonat qilishni, do‘stga xiyonat qilishini qoralagan. U bunday deb yozadi: "Dehqon agar to‘g‘rilik bilan don sochsa, haq biriga yuz eshigini ochadi, sochgan donasi ko‘karguncha, o‘rib xirmon qilib, hosilni ko‘targuncha, qurtu qush undan bahramand bo‘ladi, dasht vaxshiylari u bilan shodlanadi. Chumolilar uyi undan obod, hayvonlar ko‘ngli u bilan shod. Kaptarlar undan mast bo‘ladi, to‘rg‘aylar undan sevinchga to‘ladi". Navoiy "Xamsa" sidagi 5 dostonda ham tabiatga, hayvonotga alohida to‘xtalgan. Asarlardagi qahramonlar o‘zining shodu hurram kunida ham, qayg‘uli kunlarida ham tabiat qo‘yniga yo‘l olishadi, bog‘da o‘z sevinchu yoki xasrat-dardlarini baham ko‘rishadi.
Zahiriddin Muhammad Boburning (1483-1530) asarlari bamisoli tagi yo‘q xazinadir. "Boburnoma" uning eng yirik asaridir. Asarda Boburning ko‘rgan-kechirganlari, yurgan joylarining tabiati, boyligi, odamlari, urf-odatlari, hayvonoti, o‘simliklari tasvirlangan. Har bir kasb egasi bu kitobdan o‘ziga keraklicha ma‘lumot topadi. Asar muhim atamalar va toponimik manbalarga boy. Unda er, suv, havo turli tabiiy hodisalarga tegishli xalq so‘zlari ko‘plab topiladi. "Boburnoma" asari o‘lkamiz tarixi, geografiyasi, tabiati, etnografiyasi, madaniyati to‘g‘risidagi beqiyos manbadir.
Bugungi kunda o‘tmish ajdodlardan qolgan an‘ana va urf-odatlar uchun o‘zaro bog‘langan ikkita ijtimoiy vazifa mavjud:
  1. o‘zbek xalqiga xos munosabatlarni mo‘‘tadillashtirish;


  1. an‘ana va urf-odatlarni qayta ishlab, yosh avlod hayotiga singdirish va takomillashtirish.


Tabiat boyliklariga ehtiyotkorona munosabat va undan oqilona foydalanishga oid boy tarixiy merosning qayta tiklanishi va rivojlanishi yo‘nalishida faol ish olib


borish yosh avlodning ekologik madaniyati, ma‘naviy imkoniyatlarini oshirishning asosi bo‘lib, u Bolalarda ona-Er, ona-Vatan bilan faxrlanish tuyg‘ularini tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

Ajdodlarimiz ekologik o‘gitlarining unutilishi, tabiat zaxiralariga o‘ylamay-netmay isrofgarchilik bilan munosabatda bo‘lish O‘zbekiston hududida ham yuz bergan. Buning oqibatida ko‘plab ekologik muammolar yuzaga keldi. Shuning uchun ekologik tarbiyadagi eng muhim yo‘nalish, Respublika hududidagi hozirgi zamon ekologik bo‘hronlarni ilmiy asoslash va uni maqsadga muvofiq tarzda ilmiy-amaliy jihatdan o‘rganish, Bolalardagi ekologik nuqsonlarni bartaraf etish va ularni ekologik muammolarni hal etishga qodir ekologik madaniyatli insonlar qilib shakllantirish muhim pedagogik muammo bo‘lib hisoblanadi.


Xulosa qilib aytganda, O‘zbek xalqi tarixi yosh avlodlarni tabiat bilan tanishtirishga doir boy ijodiy merosga ega bo‘lib, bu merosni o‘rganish, hayotga tatbiq etish hamda kelajak avlodlarga yetkazish shu kunning eng muhim vazifasidir.



Yüklə 104 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin