3.Tadbirkorlik g’oyalarining manbalari. qiziqishlar / shaxsiy manfaatlar;
shaxsiy ko’nikmalar va tajriba;
franshiza (boshqa firma mahsulotini ishlab chiqarish va sotish huquqi);
ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, televideniye, internet);
ko’rgazmalar; tadqiqotlar;
shikoyatlar;
aqliy hujum;
ijodkorlik;
Qiziqishlar / manfaatlar Xobbi (qiziqish) – bu bo’sh vaqtda xohish bo’yicha bajariladigan mashg’ulot yoki faoliyat. Ko’pgina odamlar o’z qiziqishlari bilan shug’ullanish jarayonida yoki manfaatlarini qondirish orqali tadbirkorlikga kirishgan. Agarda siz, misol uchun, kompyuter o’yinlari yoki noan`anaviy retseptlar bo’yicha taom tayyorlash, musiqa, sayyohat, sport yoki san`atning ijro turlari (qo’shiq, drama va h.k.) va faoliyatning ko’pgina boshqa turlaridan lazzat olsangiz, siz ularni ko’pincha to’laqonli tadbirkorlikdaa rivojlantirishingiz mumkin. Masalan, agar siz sayyohat, san`atning ijro turlaridan lazzatlansangiz va mehmonlarni qabul qilishni xush ko’rsangiz, siz jahon iqtisodiyotining eng yirik sohalaridan biri bo’lgan turistik tadbirkorliki bilan shug’ullanish imkoniyatini ko’rib chiqishingiz mumkin.
Shaxsiy ko’nikmalar va tajriba. Muvaffaqiyatli korxonalarga asos bo’lgan g’oyalarning qariyb yarmi ish joyida yig’ilgan tajribadan kelib chiqqan; katta garajda ishlagani tufayli tajriba orttirgan va shuning natijasida avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish uchun o’zining shaxsiy stantsiyasini ochishga qaror qilgan yoki avtomobilni o’z tadbirkorlikida ishlatayotgan avtochilangar bunga misol bo’la oladi. Shunday qilib tadbirkorning shaxsiy xususiyatlari (orttirilgan ko’nikmalar ham bunga kiradi), tadbirkorlik bilan shug’ullanish to’g’risida qaror qabul qilishda hamda korxona to’rini tanlashda juda muhim rol o’ynaydi. Ko’nikmalaringiz va tajribangiz, nafaqat g’oyalarni yaratish nuqtai nazaridan, balki ularni (g’oyalarni) kapitalizatsiya qilish imkoni nuqtai nazaridan ham, ehtimol sizning eng muhim resursingizdir.
Franshiza. Tanilgan savdo markaga ega bo’lgan mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqaruvchi yoki yagona distribyuterining (litsenziya egasi) mustaqil chakana sotuvchilarga bu tovar yoki xizmatni, litsenziya egasiga tegishli kompensatsiya to’lanishi, ishlash standartlari esa bu korxonaning standartlariga mos bo’lishi evaziga, mahalliy tarqatishga alohida huquqni berish to’g’risidagi litsenziya bitimi – franshiza, deb ataladi. Franshiza turli xil shaklga ega bo’lishi mumkin, lekin litsenziya egasi o’z nomi, imiji, tadbirkorlikni olib borish usuli va o’z ish jarayonlarini taqdim etadigan shakli - eng qiziqarli shakllardan biridir.
80-yillar va 90-yillar boshida franchayzing AQSH va Yevropada millionlab tadbirkorlar uchun tadbirkorlikga kirishishning juda muhim yo’li bo’lib, keskin o’sish davrini boshdan kechirdi. Faqat AQShda franshizaning 2000 dan ziyod turi mavjud, uning hisobiga yiliga 300 milliard dollardan ortiq sotuvlar hajmi va chakana savdoning yillik hajmidan uchdan bir qismi to’g’ri keladi. Franshizaning o’zini xarid qilishdan tashqari tadbirkor franshiza kontseptsiyasini ishlab chiqishi va sotishi mumkin. Qo’shimcha axborot taqdim etishi mumkin bo’lgan ko’plab kataloglar, ma`lumotnomalar hamda uyushmalar, jumladan, Halqaro Franchayzing Uyushmasi mavjuddir.