1. Tadbirkorlikning rivojlanish tarixi va mohiyati Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy



Yüklə 72,66 Kb.
səhifə3/7
tarix12.06.2022
ölçüsü72,66 Kb.
#61310
1   2   3   4   5   6   7
1. Tadbirkorlikning rivojlanish tarixi va mohiyati Tadbirkorlik

Qonunlar


Qonunlarning asosiy mohiyati

Trestlarga qarshi Sherman qonuni (1890 y.)

a) monopoliya yoki monopoliyalashtirishni taqiqlash;
b) shtatlararo yoki tashqi savdoni cheklashga qaratilgan turli xildagi shartnoma, kelishuv va birlashmalarni ta’qiqlash.

Oziq-ovqat mahsulotlari va meditsina preparatlarining sifatliligi haqidagi qonun (1906 y.)

Shtatlararo savdo-sotiqqa qalbakilashtirilgan yoki marka yopishtirilmagan mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, sotishni taqiqlash. Bu qonun 1938 yilda oziq-ovqat, dori-darmon va kosmetika vositalari haqidagi Federal qonuniga almashtirildi. 1958 va 1962 yillarda unga jiddiy o’zgartirishlar kiritildi.

Federal savdo komis-siyani ta’sis etish haqidagi qonun (1954 y.)

«Savdoda raqobatning vijdonsizlik uslubi noqonuniyligi» ni tekshiruvchi idorani-komissiyani ta’sis etishni nazarda tutadi.

Kleyton qonuni
(1914 y.)

Amaliy faoliyatning ayrim turlarini taqiq etuvchi Sherman Qonuniga qo’shimcha ki­ritildi (narxlarni kamsitish turlarini aniqlash, shartnomaga hamkor harakatini cheklovchi moddani kiritish, sotishning cheklash tajribasini qo’llash, boshqa korporatsiyalar aktsiyalariga ega bo’lish, qo’shma direktorat tashkil etish).

Uiler Li qonuni
(1938 y.)

Raqobatga zarar keltirish yoki keltirmaslikdan qatiy nazar nopok, firib harakat va usullarni taqiqlash; oziq-ovqat, dori-darmon reklamasi ustidan Federal savdo komissiyasining nazoratini ta’sis etish.

Tovarning aslligi uning o’rami va markasida aks etishi haqidagi qonun (1966y.)

Keng iste’mol tovarlar o’rami va markalashiga qoida joriy etilishi o’ram ichida nima borligini, ishlab chiqargan shaxs nomini va o’ram ichidagi narsaning aniq miqdorini ko’rsatishni talab qiladi.

Iste’mol tovarlarining xavfsiz bo’lishligi haqidagi qonun (1972 y.)

Iste’mol tovarlarining xavfsiz bo’lishi bilan bog’liq muammolar bo’yicha komissiya ta’sis etilishi va unga iste’mol tovarlariga nisbatan xavfsizlik standartlarini qo’llash va ushbu standartlarga rioya qilmasligi uchun sanktsiya qo’llash vakolati berildi.

Qarzlarni vijdonan undirib olish haqidagi qonun (1978 y.)

Qarzlarni undirib olishda odamlarni qo’rqitish, ta’qib qilish, ayovsizlarcha munosabatda bo’lish, tuhmat qilish noqonuniy deb e’lon qilindi.

Davlatnint ishbilarmonlik faoliyatini tartiblashtirish kerakligini asoslab berar ekan, F.Kotler ushbu qonunlar paydo bo’lishining uch asosiy sabablarini ko’rsatib berdi:
- firmalarni bir-biridan himoya qilish zarurligi. «Tadbirkorlar bir ovozdan raqobatni maqtaydilar, lekin ularning manfaati raqobat bilan to’qnash kelganda uni bartaraf qilishga harakat qiladilar8».
Shundan kelib chiqib, «g’irrom raqobat» ning oldini olish qonunlari paydo bo’ldi:
- vijdonsiz amaliyotdan iste’molchilarni himoyalash zarurligi.
Shundan kelib chiqib, nazoratsiz qolib, sifatsiz tovar chiqarayotgan, reklamada yolg’on axborot berayotgan, o’rash va narx yordamida aldayotgan firmalarga qarshi qaratilgan qonunlar joriy etildi.
F.Kotler ta’kidicha, tadbirkorlik faoliyati har doim ham bizga yaxshi hayotni ta’minlamaydi.



Yüklə 72,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin