1. tadbirkorning huquqi tadbirkorning majburiyati shartnoma majb (1)
2-Mavzu: Shaxsiy biznes faoliyatini ochishda marketing tadqiqotlarini o’tkazish usullari. Ishlab chiqarishni keng ma’noda o‘rganadigan fanlar xilmaxil bo‘lib, ularni ikki guruhga bo‘lish mumkin; biri ishlab chiqarishning — texnikaviy tomonini, ikkinchisi esa ijtimoiy- iqtisodiy tomonlarini o‘rganadigan fanlardir. Ishlab chiqarishning texnikaviy tomonini o‘rganuvchi fanlarga: materialshunoslik, materiallar qarshiligi, metallshunoslik kabi fanlar kiradi, ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini asosan iqtisodiy nazariya fani o‘rganadi. Bu fan kishilarning ishlab chiqarish jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarini, kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash va ayirboshlash qonunlarini o‘rganadi. Iqtisodiy qonunlarning xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlarida aniq namoyon bo‘lishini va amal qilishini tarmoq iqtisodiy fanlari o‘rganadi. Marketing tadqiqotlari fani ham shu fanlar jumlasidandir. Bu fan umuman iqtisodiyoda va xususan, iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari, sof marketing firmalari va korxona (firma)larining marketing bo‘limi va guruhlari tomonidan, marketing soxasida iqtisodiy qonunlarning o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lishi va harakat qilishini o‘rganadi hamda ulardan marketingni boshqarishda ongli ravishda foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini ishlab chiqadi. Marketingni tadqiq qilish rahbarlik, tashkilotchilik va ma’muriy xarakterga ega bo‘lgan faoliyatda foydalaniladi. U o‘z ichiga jamiyat, tarmoqlar, korxonalar va umuman mamlakatlararo marketing faoliyatini tadqiq qilish muammolarini oladi. Marketingni tadqiq qilish fani tovarlarni yaratishdan tortib ularni taqsimlash, sotish, saqlash, xaridorlarga etkazib berish va iste’mol qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni tashkil qilish, amalga oshirishni tadqiq qiladi, foydalanilmay yotgan imkoniyatlarni ochish va ularni ishlab chiqarishga, iqtisodiyotga jalb qilish yo‘llarini ko‘rsatib beradi va ishlab chiqadi. Bu fan marketingning samaradorlikka ta’sirini o‘rganadi, ya’ni bu jarayon shunchaki stixiyali ravishda emas, balki ilmiy asoslangan bo‘lishini ta’minlaydi. Marketingni tadqiq qilish o‘z mohiyatiga ko‘ra iqtisodiyotning barcha jabhalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Uning ishlab chiqarish samaradorligiga oqibat natijadagi ta’siri korxonaning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarida namoyon bo‘ladi. Bilvosita ta’siri esa uning umumiy xalq xo‘jalik ko‘rsatkichlarini, xaridorlarning turmush darajasini yaxshilash orqali, oqibat natijada ishlab chiqarish samaradorligini ko‘tarish orqali aniqlanadi. Shuningdek, marketing faoliyatini o‘zining ish yuritish yo‘nalishi, amaliy faoliyat maqsadi, vazifasi qilib tashkil etilgan maxsus firma (korxonalar) o‘z faoliyatlarining natijasi sifatida foyda oladilar, har qanday mustaqil xo‘jalik birligi tarzida ish yuritadilar. Byudjetga foydadan soliq, qushilgan qiymat solig‘i kabi to‘lovlar orqali namoyon bo‘ladi. Korxona (firma)larning marketing bo‘limlari, hatto, mustaqil xo‘jalik hisobida bo‘lmagan taqdirda ham ishlab chiqarish samaradorligiga o‘z faoliyatlarini mukammallashtirish, ko‘rsatkichlarini yaxshilash orqali ijobiy ta’sir ko‘rsatishlari mumkin. Masalan, firma marketingini boshqarishda kompyuter va avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanish hujjatlar sonini, hisoblash, ishlov berish vaqtini keskin qisqartiradi, ularning foydalanish darajasini oshiradi. Marketing tushunchasi sobiq sho‘ro davrida tan olinmagan va uni kapitalizm uchun xos kategoriya deb qaralib, unga sinfiy urg‘u berilgan. Ya’ni marketing ishchilarni kapitalistlar tomonidan ekspluatasiya qilish quroli, mamlakat boyliklarini talontaroj qilish vositasi sifatida qaralgan. Lekin ijtimoiyizm sharoitida marketingning fan sifatida shakllanmaganligi ijtimoiyizmda marketing mutlaq bo‘lgan emas, u faqat kapitalizm uchun xos kategoriya degan ma’noni bermaydi. Marketingning ko‘pgina elementlarini har bir ishlab chiqarish korxonasi, tashkilot va vazirliklar o‘zlari bilib-bilmagan holda foydalanganlar. Masalan, xaridor va iste’molchilarning tovarlarga bo‘lgan ehtiyojlari har tomonlama va chuqur o‘rganilgan Ular umumlashtirilib, umumdavlat miqyosiga olib chiqilgan, moddiy balanslar tuzilib, xalq xo‘jaligini rivojlantirish rejalariga asos bo‘lgan va h.k. Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tilayotgan hozirgi kunida marketingni tadqiq qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu davrda marketing keng yoyildi. Korxonalarda marketing bo‘lim va guruhlari, vazirliklarda marketing boshqarmalari tuzish deyarli tugallandi. Oliy o‘quv yurtlarida, kollej va hatto ayrim liseylarda ham marketing fan sifatida o‘qitila boshlandi. Xullas, marketingning rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratildi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi yakuni shuni ko‘rsatadiki, rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida marketingni tadqiq qilish maxsus bilimli marketolog-menedjerlar orqali amalga oshiriladi. Ular maxsus ma’lumotli mutaxassislardir. Marketingni tadqiq qilish oqibat natijada quyidagi vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo‘lishi lozim: — marketing faoliyatida amal qilayotgan barcha iqtisodiy qonun va qonuniyatlarning holatini, harakat doirasini o‘rganish, ulardan ongli ravishda foydalanishni yo‘lga qo‘yish, marketingni mukammallashtirishda ularga tayanib yo‘l-yo‘riq ishlab chiqish; — marketingning oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqqiyatli va eng yuqori samara bilan hal qilish. Buning uchun barcha sharoitlarni yaratish, bozorni kompleks tadqiq qilish, tovar assortimentini yaratish, taqsimlash va uni reklama qilish va h.k.; — marketing xodimlarini o‘z vazifalarini to‘g‘ri va to‘liq bajarishga manfaatdorligini oshirish, safarbar qilish. Marketingni tadqiq qilish fanini o‘rganish usuli va uslubiyatlari deganda uni o‘rganish jarayonida qo‘llaniladigan barcha vositalar, hisoblash, o‘lchash, taqqoslash, guruhlash, koeffisent, indeks, ayirmalar usuli, zanjirli bog‘lanish, umumlashtirish va h. k. lar tushuniladi. Marketingni tadqiq qilish fani bo‘yicha masalani o‘rtaga qo‘yish tadqiqot mavzuini aniqlash va ilmiy nazariyani shakllantirish, shuningdek, aniqlangan natijaning haqiqiyligi, ya’ni o‘rganilayotgan ob’ektga muvofiqligi jihatidan tekshirish usul va uslubiyatlari qo‘llanishining eng muhim tomoni hisoblanadi. Har qanday usul va uslubiyat kabi marketingni tadqiq qilish fanining usuli va uslubiyatlari fani ham tadqiqot yoki bilish, anglash yo‘li, voqelikni amaliy yoki nazariy o‘zlashtirish usulidir. Bu fanni o‘rganishning asosiy usuli dialektik materializmni tashkil etadi. Dialektik va tarixiy materializm usuli yordamida marketing va uning barcha faoliyat soxalarida ro‘y beradigan iqtisodiy jarayot va xodisalarning o‘zaro bog‘likligi, ularning uzluksiz harakati, taraqqiyoti, o‘zgarishi, miqdor ko‘rsatkichidat sifat ko‘rsatkichiga o‘tishi rivojlanishning qarama-qarshiliklar kurashidan iborat ekanligini nazarda tutadi. Marketingni o‘rganishda masalaga tarixiy yondashishning ahamiyati katta. Masalan, marketing paydo bo‘lishining dastlabki bosqichida uning elementlaridan qanday qilib va qanchalik foydalanilganligini bilish bizning o‘tish davri iqtisodiyoti uchun ham ma’lum naf keltirishi mumkin. Marketingni tadqiq qilish fanining o‘rganish usullari ichida marketing masalalarini kompleks hal qilish usuli alohida o‘rin tutadi. Darhaqiqat, marketing tizimsini tuzish, rivojlantirish va uning me’yorli ishlashi uchun barcha muammolarni bir yo‘la hal etish nihoyatda murakkab va muhim masala bo‘lib, shu usul yordamida hal qilish mumkin. Bu usulning amal qilishida teskari aloqa usullari yordamga keladi. U marketingni tadqiq qilish, uning haqiqiy holatini aniqlashda boshqarish algoritmiga tegishli o‘zgartirishlar kiritishga imkon beradi. Masalan, marketing-direkt — teskari aloqa yordamida bozor segmentlari nishasi haqida ma’lumot yig‘ib, unga tovarni kirib borish vaqtini, miqdorini yoki turini o‘zgartirishi mumkin. Marketingni tadqiq qilish fanining usullaridan biri ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazishdir. Bu usul marketingni chuqur va har tomonlama tadqiq qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish maqsadida bajariladigan ishlar majmuidan iborat bo‘lib, ular o‘z ichiga anketa so‘rovlari, testlar, psixologik treninglar o‘tkazish, grafiklar chizish kabilarni oladi. Masalan, marketingni tahlil qilishda axborotni, ayniqsa yorqin tasvirlashga erishish uchun uning barcha bosqichlarida grafiklar qo‘llanilishi mumkin. Grafiklar yordamida turli hajmlar (talab va taklif kabi) o‘rtasidagi nisbatni yaqqol ko‘rsatish, marketing elementlari o‘rtasidagi aloqalarni aniqlash va loyihalashtirish, tovarlarni sotish topshiriqlarining bajarilishini tezkor hisobga olib borish va shu asosda buyruqlar, farmoyishlar ishlab chiqish mumkin. Keyingi yillarda ilmiy-texnika taraqqiyoti marketing sohasiga, ayniqsa shiddat bilan kirib kelmoqda. Buni marketingni tadqiq qilish jarayonining nihoyatda katta ahamiyatga ega ekanligi bilan uning murakkabligi, sermashaqqatligi talab qilmoqda. Marketingni tadqiq qilish ilmiy asosga ega bo‘lmog‘i lozim. Bu esa iqtisodiy matematika usullaridan tobora kengroq foydalanishni zarur qilib qo‘yadi. U marketing jarayonlarini modellashtirish orqali uni chuqur va har tomonlama o‘rganish hamda ular asosida optimal boshqarishga erishish imkonini beradi. Iqtisodiy matematik modellashtirishdan maqsad, avvalo, marketingni nazariy-sifat jihatdan tahlil qilish va asosiy parametrlarini aniqlash, ularga asoslanib optimallik mezonini belgilashdir. Keyingi maqsad iqtisodiy matematik modelni tengsizliklar va tengliklar shaklida ifodalash, so‘ngra bu modelning miqdoriy echimini aniqlaydigan usul tanlash va nihoyat ular asosida marketingni amalga oshirishning samarali yo‘llarini aniqlash. Yuqorida qayd qilingan vazifalar katta hisoblash ishlarini olib borishni talab qilgani tufayli ularni elektron hisoblash mashinalar va kompyuterlar yordamida hal qilish maqsadga muvofiqdir. Marketingni tadqiq qilish fanining o‘rganish usullaridan biri balans usulidir. Bu usul marketing jarayonlarini tadqiq qilishning mohiyatidan va mazmunan balansga asoslanishini ko‘rsatadi. Masalan, talab va taklifni aniqlashda (ular ham oqibatda tenglikka, balansga intiladi) aholining pul daromadi va xarajatlarining balansi, tovarlarning resurslar va taqsimot balansi, moliya balansi kabilardan foydalaniladi. Shuni qayd qilmoq lozimki, aholining daromad va xarajatlar balansi aholining to‘lov qobiliyatini aniqlash, talabni tadqiq qilish, aholining turmush darajasini ko‘tarish tadbirlarini asoslashga xizmat qiladi. Marketingni tadqiq qilishda balans usulidan foydalanish oqibat natijada ishlab chiqarish va iqtisodiyotning umumiy samaradorligini oshirishga imkon beradi. Marketingni tadqiq qilishda tarmoqlararo balanslarning roli ayniqsa kattadir. Bu balansning g‘oyasi shundan iboratki, unda har bir tarmoq bir vaqtning o‘zida ishlab chiqaruvchi va iste’molchi tarzida qaraladi. U ishlab chiqarishning barcha tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro tovar etkazib berish asosiy ishlab chiqarish fondlarining hajmi va tarmoq tarkibi, mehnat resurslari kabilar haqida umumlashgan va yagona axbrot tizimsidir. Demak, bunday axborotning bo‘lishi marketingning barcha elementlarini to‘g‘ri, aniq va har tomonlama tadqiq etishda muhim qurol sifatida foydalaniladi. Marketingni tadqiq qilish fanining o‘rganish usul va uslubiyatlariga yana taqqoslash (analiz va sintez), umumlashtirish (induksiya va deduksiya), mavxumlikdan aniqlikka qarab borish kabilar ham kiritilishi mumkin. Ular o‘zlarining maqsad va vazifalariga ko‘ra umumiy xususiyatga egadirlar. U ham bo‘lsa, marketingni tadqiq qilish fanini yanada chuqurroq o‘rganib, uning yangidan-yangi foydali qirralarini ixtiro etish va ishlab chiqarishga joriy etishdir.