1. tadbirkorning huquqi tadbirkorning majburiyati shartnoma majburiyatlarini bajarish



Yüklə 94,29 Kb.
səhifə4/17
tarix27.06.2023
ölçüsü94,29 Kb.
#135409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1. tadbirkorning huquqi tadbirkorning majburiyati shartnoma majb (1)

Innovatsion faoliyat deb ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmat sifatini oshirish nomenklaturasini kengatirish va yangilash, ularni tayyorlash texnologiyasini oshirish takomillashtirish va istiqbolda o’zlashtirish hamda ichki va tashqi bozorlarda samarali realizatsiya etish maqsadida ilmiy tadqiqot va ishlanmalar natijalarining ishlatilishi va tijoratlashuviga aytiladi.Innovatsion faoliyat o’zida bir qator ilmiy, texnologik, tashkiliy, moliyaviy va tijorat tadbirlarini qamrab olib, ular bir butunlikda innovatsiyalarga aylanadi.
Innovatsion faoliyatning asosiy ko’rinishlari quyidagilardir:
Ishlab chiqarishni tayyorlash va tashkil etish. U o’z ichiga yangi texnologik jarayonniyaratish uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish asbob-uskunasi, vositalari hamda ulardagi o’zgarishlarni, shuningdek, ishlab chiqarish va sifat nazorati jarayonlari, metodlari va standartlaridagi yangiliklarni qo’lga kiritishni qamrab oladi.
Ishlab chiqarish oldi tadbirlari.Ularga mahsulot yoki texnologik jarayon modifikatsiyasi, yangi texnologiya va asbob – uskunani qo’llash maqsadida xodimlarni qayta tayyorlash ishlari kiradi.
Yangi mahsulotlar markretinggi. U yangi mahsulot sotuvi bilan bog’liq bo’lgan bozorni boshlang’ich o’rganish , mahsulotlarni turli bozorlarga moslashtirish, reklama kompaniyasini o’tkazish kabi faoliyat turlarini ifodalaydi.
Chetdan nomoddiy texnologiyani qo’lga kiritish. Ular patent, litsenziya, nou-xau, savdo belgilari, konstruksiya, modellar va texnologik mazmundagi xizmatlar shaklida bo’lishi mumkin.
Moddiy texnalogiyani qo’lga kiritish. Texnologik mazmuniga ko’ra innovatsion korxonada mahsulot yoki jarayon innovatsiyalarini tadbiq etish bilan bog’liq bo’lgan mashina va asbob-uskunalarni xarid qilishni bildiradi.
Ishlab chiqarishni loyihalashtirish. Mazkur faoliyat ishlab chiqarish jarayonlarini va texnologik tadbirlarni aniqlash maqsadida reja va chizmalarni tayyorlashga yo’naltiriladi.
Innovatsion faoliyatning poydevori ilmiy-texnik faoliyat bo’lib, u fan va texnikaning barcha sohalarida ilmiy-texnik bilimlarni yaratish, rivojlantirish, tarqatish va amalda qo’llash nazarda tutiladi. Ilmiy-texnik faoliyat tushunchasiYUNESKO tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, fan va texnika statistikasida xalqaro standartlarning muhim kategoriyasi hisoblanadi. YUNESKO tavsiyalariga muvofiq, ilmiy-texnik faoliyat statistika obyekti sifatida uch ko’rinishda namoyon bo’ladi:
Ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar;
Ilmiy-texnik ta’lim va kadrlar tayyorlash;
Ilmiy texnik xizmatlar.
Ilmiy-texnik faoliyatni amalga oshirishda ilmiy ishlar mashtabi tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi, quyidagilarni mujassamlashtiradi:
Ilmiy- texnik yo’nalish-mustaqil xarakterdagi yirik ilmiy ish bo’lib, fan va texnikaning muayyan tarmog’ining muhim vazifalarini yechishga bag’ishlanadi. Ilmiy yo’nalishga yechim toppish qator ilmiy tashkilotlar sa’i – harakatlari bilan amalga oshadi.
Ilmiy-texnik muammo – ilmiy-texnik yo’nalishning bir qismi bo’lib, yo’nalish yechimining yo’llaridan birini bildiradi. Ilmiy ish maqsadli ilmiy texnik dastur ko’rinishida yechilishi mumkin va unda resurslar, ijrochilar, ijro muddatlari kabilar aks ettiriladi.
Ilmiy mavzu – ilmiy tashkilot doirasida hal etilayotgan muammoning bir qirrasi. U qoida bo’yicha , moliyalashtirish,rejalashtirish va ish hisobotlarida asosiy birlik sifatida ishtirok etadi. Mavzu maqsadi - patent yoki iqtisodiy ishlar tadqiqotlari aniq vazifasini samarali yechishdir. Mavzu murakkabligiga bog’liq ravishda bosqichlar va ost bosqichlarga bo’linishi mumkin.

Ilmiy-texnika va innovatsion salohiyat mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida hal qiluvchi ahamyatga ega omillardan hisoblanadi. Xususan, islohotlar davrida yuzaga kelgan ijtimoiy – iqtisodiy muammolarni hal etishda davlat ilmiy-texnika va innovatsiya siyosatining roli ortib bormoqda. Iqtisodiyotning ilmtalab tarmoqlarini rivojlantirish , yalpi ichki mahsulotning ilmiy sig’imini oshirish, qo’shilgan qiymat ulushi yuqori bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni keng o’zlashtirish jarayonlarida ilmiy-texnika va innovatsion resurslaridan oqilona va yuqori darajada foydalanish muhim va dolzarb vazifalardan hisoblanadi.


Ilmiy salohiyat bu fundamental ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish shartsharoitlari
va resurslarining yig’indisidan iboratdir.

Ilmiy – texnika salohiyati esa amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni, xususan, tajriba-konsturuktorlik va tajriba texnologik ishlarni amalga oshirish shart-sharoitlari va resurslarning yig’indisidir.

Innovatsion salohiyat ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning amalda, jumladan ishlab chiqarishda qo’llanilishini ta’minlashga xizmat qiladigan shart-sharoitlar va resurslarning yig’indisi hisoblanadi.

Ilmiy, ilmiy – texnika va innovatsion salohiyat ishlab chiqarish vositalari va usullarining samaradorligini oshirishni ta’minlaydi, yangi texnologiyalar va mahsulotlarning o’zlashtirilishini jadallashtiradi.


Ilmiy, ilmiy-texnika va innovatsion salohiyat bir-birini taqozo etuvchi va o’zaro bog’liq bo’lib , ilmiy-innovatsion jarayonning alohida bo’ginlarihisoblanadi. Yangi, ilg’or g’oyalarning tug’ilishi , fundamental tadqiqotlar, amaliy tadqiqotlar , tajriba konsturiktorlik ishlari va tajriba texnologik ishlanmalar, tajriba namunasi, sanoat xarakteridagi sinovlar , ishlab chiqarishning o’zlashtirilishi, yangi mahsulotning amalda keng qo’llanilishi jarayonlari yagona ilmiy-texnika taraqqiyotining uzviy bir-biriga bog’liq bosqichlaridan iboratdir. Mana shu jarayonni boshqarish, tartibga solish va qo’llab quvvatlash maqsadida davlat ilmiy – texnika va innovatsiya siyosatini amalga oshiradi. Bu siyosatning alohida yo’nalishlari O’zbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazi, O’zbekiston Republikasi Fanlar Akademiyasi, Oliy Attestatsiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Fundamental va amaliy tadqiqotlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishga salmoqli hissa qo’sha oladigan ilmiy-texnika faoliyatining ustuvor yo’nalishlarini belgilash, ilmtalab, resurslar, energiya va mehnat xarajatlari kam bo’lgan ishlab chiqarish va texnalogiyalarni jadal rivojlantirishga imkon beruvchi ilmiy tadqiqotlardaustuvorlik berish, ilmiy, ilmiy-texnika va innovatsion faoliyatning bevosita ta’limva kadrlar tayyorlash tizimi bilan bog’liqligini yuqori darajada ta’minlash, ilmiytexnika va innovatsion faoliyatni davlat tomonidan boshqarishda ko’proq iqtisodiy usullardan foydalanish, sohaga xorijiy invaestitsiyalarning kirib kelishini rag’batlantirish kabilar davlat ilmiy-texnika siyosatining ustuvor yo’nalishlari hisoblanadi. Innovatsion va fan-texnika siyosatining maqsadi mamlakatning milliy inovatsion tizimini shakllantirish, tanlab olingan rivojlanish strategiyasiga muvofiq mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi aniq amalga oshirishdan iborat. Bu siyosatdoirasida dinamik rivojlanayotgan bozor iqtisodiyotiga mos keluvchi, mamlakatning resurslar imkoniyati va barqaror rivojlanish strategiyasiga to’la mos keladigan ilmiy , ilmiy-texnika va texnologik salohiyatni shakllantirish muhim rol o’ynaydi. Ko’rsatib o’tilgan strategik maqsad qo’shimcha maqsadlarga erishish yo’li bilan quyidagilar amalga oshiriladi:
Iqtisodiyotning rivojlanishi va muhim ijtimoiy vazifalarning hal etilishiga fan va texnika hissasini oshirish;
Fan-texnika salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish;
Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida ilg’or tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlash;
Ishlab chiqarish samaradorligini va mahsulot raqobatdoshligini oshirish;
Ekologik vaziyat va resurslar saqlanishini yaxshilash;
Mamlakatning mudofaa qobiliyati, shaxs, jamiyat va davlat xavsizligini mustahkamlash;
Jamiyatda fanning nufuzini oshirish;
Fan va ta’lim o’rtasidagi aloqalarni mustahkamlash.

Yüklə 94,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin