1 Tajriba ishi O’zgarmas tok elektr zanjirlarini tekshirish



Yüklə 59,54 Kb.
səhifə1/2
tarix11.04.2023
ölçüsü59,54 Kb.
#96413
  1   2
1 Tajriba ishi O’zgarmas tok elektr zanjirlarini tekshirish


1 Tajriba ishi O’zgarmas tok elektr zanjirlarini tekshirish.

1. Ishdan ko`zda tutilgan maqsad


1. Elektr energiyasi iste'molchilarining sxemasini yig`ishni o`rganish (ketma-ket, parallel va aralash ulash)


2. Turli ulash sxemalarida, zanjirning ayrim qismlari va butun zanjir uchun tok kuchi va kuchlanishni o`lchashni o`rganish.
3.O`zgarmas tok zanjiri uchun Kirxgofning birinchi va ikkinchi qonunlarini amalda tekshirish.

2.Tajriba ishini tushuntirish





  1. Uch lampadan har birining qarshiligini ampermetr va voltmetr usuli bilan aniqlash (1.1-rasm). Bunda lampalarni navbati bilan ulab, ampermetr va voltmetrlarning ko`rsatishlari yozib olinadi, shu qiymatlarini Om qonuni formulasiga qo`yib har bir lampa spiralining qarshiligi aniqlanadi.


Uchta parallel ulangan cho`g`lanish lampasi spiralining umumiy qarshiligini aniqlash (1.1-rasm).
Om qonuni bo`yicha
bu yerda I -ampermetrning ko`rsatishi, a ,
U-voltmetrning ko`rsatishi, v
Lampalarni parallel ulash sxemasi bo`yicha quyidagi asosiy nisbatlar tekshiriladi:
a) zanjirdagi umumiy tok, parallel ulangan iste'molchilardagi toklarning yig`indisiga teng (Kirxgofning 1-qonuni).
Ium = I1 +I2 +I3 .
Berilganlar 1.1 va 1.2-jadvallardan olinadi;
b) parallel ulangan iste'molchilarning hisobiy zanjir qarshiligi (Rh) qo`yidagi formula bilan hisoblanadi:

bu yerda

R1 , R2 , R3 larning grafiklari 1.1-jadvaldan olinadi.
Jadvaldan olinganlar buyicha (1.2-jadval) hisobiy qarshilik (Rh) umumiy qarshilik (Rum) bilan solishtiriladi.

  1. Ketma-ket ulangan lampalar spiralining qarshiligini aniqlash.

Ketma-ket ulanganda, har bir lampa spiralining qarshiligi Om qonuni bo`yicha aniqlanadi:

bu yerda I-zanjirdagi tok, a.
U1, U 2 , U 3- har bir lampadagi kuchlanishning tushuvi, v.
Kuchlanishlarning bu tushuvi har bir lampaga navbati bilan ulanadigan voltmetr yordamida o`lchanadi.
Umumiy qarshilik Om qonuni bo`yicha aniqlanadi:

bu yerda U–tarmoq kuchlanishi, v.
Lampalarni ketma-ket ulash sxemasi bo`yicha (1.2-rasm) quyidagi asosiy nisbatlar tekshiriladi;
a) lampalar ketma-ket ulangan zanjirning hisobiy qarshiligi (Rx) alohida lampalar qarshiliklarining yig`indisiga teng:
Rh = R1 +R2 +R3
Bu qiymatlar jadvaldan olinib, RUM bilan solishtiriladi;
b) zanjirga berilgan kuchlanish, ayrim lampalardagi kuchlanishlar tushuvining yig`indisiga teng (Kirxgofning 2-qonuni)
U = U1 +U2 +U3
v) zanjirning barcha qismlarida tokning miqdorlari teng.
4. Aralash ulanganda (1.3-rasm) lampa spiralining qarshiligi va butun zanjirning umumiy qarshiligi Om qonuni bo`yicha aniqlanadi.

L2 va L3 lampalar parallel ulangani uchun U2 =U3 deyish mumkin.
U1 , U 2 ,U 3 va U-kuchlanishlar voltmetr yordamida o`lchanadi. Hisobiy qarshilik quyidagi ifodadan aniqlanadi:

Bu miqdor tajribadan olingan Rum bilan solishtirib ko`riladi.

  1. Turli tajribalardan olingan R1, R2, R3 qarshiliklarning bir xil emasligiga

e'tibor berilsin. Bunga turli ulash sxemalarida cho`g`lanish spiralidan o`tayotgan toklar kattaligining teng emasligi sabab bo`ladi.
O`tkazgichdan o`tgan tok, kattaligi jihatidan shu tok kuchiga proportsional bo`lgan issiqlik ajratib chiqaradi (Joul-Lens qonuni). Bu issiqlik o`tkazgichning temperaturasini, binobarin uning qarshiligini ham oshiradi.
Qaysi cho`g`lanish lampasi spiralidan katta tok o`tsa, usha spiralning qarshiligi katta bo`ladi.
3. Ishni bajarish tartibi



  1. Kompyuterda “Elektronics Workbench” dasturiy paketi ishga tushuriladi.

  2. 1.1-rasmdagi sxema yig`iladi. Buning uchun elektr jihozlari panelidan kerakli elementlar olinadi.


1.1-rasm

  1. L1,L2,L3 lampalarning toklari ampermetrlar ko’rsatishlaridan va kuchlanish voltmetrning ko`rsatishidan 1.1-jadvalga yozib olinadi.

  2. Uchta lampa parallel ulangan hol uchun, ampermetr va voltmetr ko`rsatkichlari 1.2-jadvalga yozib olinadi.

  3. 1.2- rasmdagi sxema yig`iladi.




1.2-rasm

  1. Voltmetrlar va ampermetrning ko`rsatishlari 1.3-jadvalga yozib olinadi.

  2. 1.3-rasmdagi sxema yig`iladi.


1.3-rasm

  1. Voltmetr va ampermetrlarning ko`rsatishlari 1.4-jadvalga yozib olinadi.

  2. Har bir lampaning qarshiligi, shuningdek barcha sxemalar uchun umumiy va hisobiy qarshiliklarni hisoblash natijalari 1.1,1.2,1.3 va 1.4–jadvallarga yozib olinadi.


Yüklə 59,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin