1– tajriba ishi
Yanchish apparatlarda rudalarning yanchilish darajasini aniqlash
Ishdan maqsad
: Rudalarning qattiqligini, yanchilish darajasini va yanchuvchi
uskunalarning tuzilishini o„rganish.
Ishni bajarish uchun qisqacha nazariy ma’lumotlar
Yanchish jarayoni rudani boyitishdan oldingi tayyorlash jarayoni hisoblanadi.
Boyitish usuliga qarab rudalar 10 – 20 mm dan 0,1 – 0,04 mm yiriklikgacha
yanchiladi.
Dastlabki va yanchilgan mahsulotlar tarkibidagi eng katta bo„laklarning nisbati
yanchish darajasi deb ataladi.
Yanchish darajasi chiziqli (i=d
b
/d
o
) va hajmiy (i=v
b
/v
o
)
yanchish darajalariga
bo„linadi. Bu yerda “b” va “o” indekslari boshlang„ich va oxirgi o„lcham va hajmni
ko„rsatadi.
Amalda eng katta bo„laklar va yanchilgan mahsulot o„lchamlari elak
ko„zining o„lchamlari bilan belgilanadi. Bunda elak ko„zining shakli dastlabki va
yanchilish mahsulot uchun bir xil bo„lishi kerak (dumaloq, kvadrat, to„g„ri
to„rtburchak va h.k.).
Rudali jismni kerakli o„lchamgacha
maydalash va yanchish ezilish,
ishqalanish, zarba, kesilish va h.k. usullar bilan amalga oshirilishi mumkin.
1.
Ezilish – ruda yuk ta‟sirida butun hajm bo„ylab deformatsiyalanadi va undagi
ichki kuchlanish uning mustahkamligi (siqilish) dan oshib ketganda – ruda
parchalanadi (4.1 – rasm, a).
2.
Bo„linish – ruda, tegirmonning maydalovchi tig„li
ishchi elementlari hisobiga
ezilib, yuklama konsentratsiyasi yuqori bo„lgan joylaridan parchalanadi (4.1 – rasm,
b).
3.
Sindirish – rudani egilish kuchlari ta‟sirida rudaning parchalanishi (4.1-rasm, e).
4.
Kesish – rudani oldindan belgilangan o„lcham va shakldagi qismlarga bo„linadi
(4.1-rasm, f).
5.
Arralash – natijalar yog„och taxtalarni arralash natijasida hosil bo‟luvchi yog„och
taxta qirindilari bir xil bo„ladi (4.1 – rasm, g).
6.
Ishqalanish – ruda siqish, tortish va kesish kuchlari ta‟sirida yanchiladi (4.1 –
rasm, h).
7.
Siqiq zarba – ruda, tegirmonning ikkita ishchi qismi orasida parchalanadi.
Bunday parchalanishning ta‟siri zarba kuchining kinetik energiyasiga bog„liq. (4.1 –
rasm, i).
8.
Erkin zarba – rudaning parchalanishi uni tegirmonning
ishchi organi bilan yoki
boshqa harakatlanayotgan jismga (ruda bo„laklarining bir biriga urilishi) to„qnashuvi
natijasida sodir bo„ladi. Bunday parchalanishning ta‟siri, rudalarning yoki
tegirmonning ishchi qismi harakatlanishidan qat‟i nazar, ularning to„qnashuv tezligi
bilan belgilanadi (4.1-rasm, j).
Sanoatda maydalash uchun “ezilish” usuli bo„yicha ishlovchi jag„li
maydalagichlar, “ezilish va ishqalanish” bo„yicha ishlovchi
konusli maydalagichlar,
yanchish uchun “siqiq zarba” usuli bo„yicha ishlovchi sharli tegirmonlar, “erkin
zarba” usuli bo‟yicha ishlovchi o„ziyanchuvchi tegirmonlar va h.k.lar ishlatiladi.
4.1-jadval