Maydalash va yanchish jarayonining nazariy asoslari .maydalagichlarning turlari.
Tayanch iboralar - jag'li, bolg'ali, vintli, konusli maydalagichlar,maydalnish darajasi, maydalash usullari, maydalash qonuni
Boyitish va metallurgik korxonalariga kelayotgan tog‘ jins- lari turli o‘lchamdagi bo‘laklardan iborat bo‘lib, ularda foydali minerallar va puch tog‘ jinslari bir-biri bilan uzviy chambar- chas bog‘lanib, bir butun massa hosil qilgan. Minerallarni ochish va ularni bir-biridan mexanik ajratish uchun tog‘ jinsini maydalash kerak.
Bo‘lakli materialni maydalash turli rusumdagi mayda- lagichlar qo‘llagan holda birnecha bosqichda olib boriladi.
Maydalash jarayoni uch bosqichda (yirik, o‘rtacha, mayda) olib boriladi ularning umumiy xusususiyatlari 4- jadvalda keltirilgan.
Maydalagichlar (maydalash mashinasi — I ) texnikada — qattiq materiallar (rudalar, kumir, fosforitlar va boshqalar)ni mayda (5 mm dan kichik) zarralarga aylantirish uchun moʻljallangan mashina — tegirmon. Konchilikla foylali qazilmalarni boyitish uchun, metallurgiya, kimyo va sement sanoati, qurilish va boshqa sohalarda qoʻllaniladi. Foydali qazilmalarni, kimyo va sement sanoati materiallarini maydalash uchun, asosan, barabanli (sharli, sterjenli, toshli va boshqalar) tegirmonlarpai; qurilishda toshlar, kesaklar, kvars, dala shpatini maydalash uchun yugurdaklarlan, yumshoq va oʻrtacha yumshoq materiallar (fosforitlar, kumir) ni maylalashla rolikli va halqali tegirmonlardan; mayin (1–2 mm dan 0,05 mm gacha) materiallarni tuy i shla titrama tegirmonlardan; yirikligi 0,1—0,2 mm li oʻta mayin materiallarni 2—10 mkm gacha yiriklikda tuyishla oqimli tegirmonlardan foydalanilali.
Materiallarni yaxshi maydalash va tuyysh uchun saralagichlar (klassifikatorlar) ishlatiladi. M.da yaxshi maydalanmay yoki tuyilmay qolgan materiallar saralagichdan yana M.ga qaytariladi va yana maydalanadi yoki tuyilali; 2) chorvachilikda — dagal yem-xashaklarni qirqib va yanchib maydalash uchun moʻljallangan moslama va mashinalar. Dagal xashak va poyalar (somon, joʻxori va supurgi poyalari) tez aylanib turuvchi lisk-pichoq, qoʻzgalmas tayanch, tolalarni titib beruvchi moslama (shtift)lar va alektr dvigateldan iborat mashinalarda maylalanadi. Ildiz-mevalilar (xashaki sabzi, lavlagi, pyulgom, kartoshka va boshqalar) va koʻkatlar pichoqli baraban, kesuvchi apparat va zchunchi ish organidan iborat mashinada maydalaniladi. Dagʻal yem-xashakni dastaki qirqqichlarda ham maydalash mumkin. Ular uchlari sharnirli (oshiqmoshiqli) biriktirilgan dastali katta chopqi (pichoq) va toʻrt oyoqli qoʻzgalmas tayanchdan iborat boʻladi; 3) qishloq xoʻjaligida — mineral utitlar maydalagichi; ulardan uzoq muddat turib qotib qolgan oʻgʻitlarni yumshatishla, qar xil oʻgitlarni aralashtirish va elashda ham foydalaniladi. U pichoqlar mahkamlangan ish organi. bunker va transporterdan iborat buladi. Bunday M. traktordan harakatlantiriladi.
Barcha maydalash mashinalari bo`laklagich va tegirmonlarga bo`linadi.
Bo`laklagichlar yirik va o`rta maydalash, tegirmonlar esa o`rta, kichik, mayin va kolloid maydalashda ishlatiladi.
Maydalash mashinalarining quyidagi turlari mavjud: jag’li, bolg’ali, valikli, konusli, sharli, sterjenli, halqali, kolloid va hokazo.
Kesish mashinalari plastinali, diskli, rotorli, torli turlarga bo`linadi.
Barcha maydalash mashinalariga quyidagi talablar qo`yiladi: maydalangan mahsulot zarralarining bir xilligi; maydalangan mahsulot zarralarining maydalash kamerasidan uzluksiz chiqarilishi; chang hosil bo`lishining imkon darajasida kam bo`lishi; maydalash darajasining rostlash imkoniyati; energiya sarfining kam bo`lishini ta`minlanish.
Dostları ilə paylaş: |