Halqali chuvalangchanglar tipiga 8000 ming tur kirib dengizlarda, chuchuk suvlarda va tuproqda yashaydi. Ular tanasi birin – ketin joylashgan aniq halqalar – bо‘g‘imlarga bо‘lingan. Shuning uchun ham ularni halqali chuvalchanglar deb aytiladi.
Ko‘p tuklilar (Polychaeta) sinfi vakillari tuzilishi va hayoti.
Ko’p tuklilarning deyarli barchasi dengiz hayvonlari bo’lib 8000 dan ortiq turi bor. Ko’pchiligi substratni qazib hayot kechirish tarziga ega. Bir qancha turlari suv tubida o’rmalab ba’zilari pelagik hayot kechiradi. Shunday turlari borki, suv tubida trubka hosil qilib, uni ichida yashaydi.
Trubka ichida yashovchi formalari (bentos) Tampa ko’rfazida (Florida) 1m2 bentosda 37 ta turi, 13425 individi uchraydi. Suv osti qoyalari va mollyuskalar chig’anog’ini parmalab yashaydiganlari ham bor.
Polixetalar o’rtacha kattalikda, uzunligi 10 sm gacha, diametri 2-10mm bo’ladi. Ayrim gigant turlari: Masalan Eunice, Negeis – uzunligi 1m yo’g’onligi barmoqcha keladi. Eunice ophroditois – uzunligi 3m gacha boradi. Qon “xlorokruorin” yashil bo’ladi.
Kam tuklilar (Oligochaeta) sinfi vakillari va tarqalishi
Kam tukli yoki oz qilli halqali chuvalchanglar – chuchuk suvlarda, chirindi ko‘p zax joylar, ekinzorlar, yaylovlar tuprog‘ida hamda dengizlarda tarqalgan. 3500 ga yaqin turi bor.