Qilchalar soni kam. Hammasi deyarli qo‘sh jinsli, jinsiy organlari tanasining bosh qismida joylashgan, pilla qo‘yib ko‘payadi.
Yomg‘ir chuvalchangi tuzilishi va hayoti. Yomg‘ir chuvalchangi: chirindilari ko‘p zaxroq joylarni, ko‘pincha ariqlarning atrofi yoki nam ko‘p bo‘lgan tuproq ostini kovlab hayot kechiradi.
Gavdasi 10-30 sm uzunlikda bo‘lib, qizg‘ich shilimshiqli (buni shilimshiqli) teridagi maxsus ho‘jayralar ajratib chiqaradi. Yomg‘ir chuvalchangini bahor va yoz oylarida ko‘plab uchratish mumkin. Yomg‘irdan so‘ng yer yuziga chiqqani uchun shu nom berilagan.
Zuluksimonlar (Hirudinomorpha) sinfi vakillari va tarqalishi.
Zuluklar ham belbog’li chuvalchanglar guruhiga kirib, asosan dengiz, chuchuk suvlarda va dengizda van am tuproqda yashaydi. Zuluklarni barcha vakillarida orqa so’rg’ich mavjud bo’lib substratga yoki xo’jayniga yopishib turish vazifasini boshqaradi. 500 ta turi bor. Parazit formalarida tuklar yo’qolgan.
Zulukning shilimshiqli yashil tusli terisida jigarrang qoramtir chiziqlar bilan birga orqasida sarg‘ish yoki qizg‘ish yо‘li “guldor” shakllar ravshan kо‘zga tashlanadi. Bosh tomonida har xil kattalikdagi 10 ta kо‘zchalar joylashgan (bular shunday qaraganda kо‘rinmaydi).
Terining ustki yupqa kutikula bilan qoplangan bо‘lib, uning ostidagi epiteliya oralig‘ida shilimshiq modda ajratuvchi bezlar kо‘p. Epiteliyaning ostiga halqali va chо‘ziq muskullarning tolalari tutashgan. Zuluklarda qorin-orqa yо‘nalishidagi va qiya joylashgan muskul tolalari kuchli taraqqiy etgan.
Meditsina zulugi (Hirudo medicinalis) ning tuzilishi va hayoti.
Meditsina zulukgi ba’zi sayozroq ko‘llar, kattoroq havza va botqoqliklarda ko‘p uchraydi. 8-15 sm uzunlikdagi bu chuvalchangning ancha yo‘g‘onlashgan ko‘kimtir-yashil tanasining esa bundan 2-3 marta kattaroq anal so‘rg‘ichi joylashgan. Bular hayvon tanasiga yopishishga va harakatlanishga yordam beradi. Bosh tomoni ingichkalashgan, dum tomoni yo‘g‘onroq bo‘lib, tanasi juda ko‘p mayda “halqalar” hosil qiladi. Lekin bu soxta halqalardir. Aslida zulukning haqiqiy-ichki segmentlari 33 ta bo‘lib, bu son ko‘pchilik zuluklar uchun xarakterlidir.