Qurilamaviy ta’minot:
Apparat qism: personal kompyuter, lokal yoki tarmoqli printer.
Dasturiy qism: VirtualBox dasturi, Linux OTi diski yoki obrazi, Microsoft Word matn
muharriri.
Qisqacha nazariy ma’lumot:
Linux operatsion tizimi UNIX operatsion tizimi asosida yaratilgan bo’lib, bu tizimni
Linus Torvald ishlab chiqqan (1991 yil). Linux OT ning asosiy g’oyasi – tizimning ochiqligi
va foydalanuvchi hohlagancha modul qo’shishi va uni ochiq holda qoldirishi shart.
Linux operatsion tizimi UNIX operatsion tizimi asosida yaratilgan bo’lib, bu tizimni
Linus Torvald ishlab chiqqan (1991 yil).
Linux OT ning asosiy g’oyasi – tizimning ochiqligi va foydalanuvchi hohlagancha modul
qo’shishi va uni ochiq holda qoldirishi shart. Linux – bu monolit tizimli operatsion tizim
hisoblanadi. Ushbu tizim qurilmalarga xizmat ko’rsatuvchi drayverlar va dasturiy
ta’minotlarni boshqarish uchun mo’ljallangan modullardan iborat. Linux tizimi boot
GRUB orqali ishga tushadi va bu dastur maxsus tizimni ishga tushiruvchi xotira sektorida
joylashadi (/boot/grub).
GNU – bu linux uchun ko’p sathli qobiq instrument (dastur) bo’lib, 6 ta sathdan tashkil
topgan.
1-sath -> bir foydalanuvchili terminal
2-sath -> ko’p foydalanuvchili terminal
3-sath -> ko’p foydalanuvchili terminal va tarmoq komponentasi
4-sath -> oraliq sath
5, 6 – sath -> tizimni o’chirish va qayta yuklash
"Barcha ma'lumot erkin va ochiq bo'lishi kerak” – Stolmen “ta’limoti”
GNU - rekursiv: "GNU - Not UNIX", o'zbekcha ma'nosi: "GNU - Yuniks Emas"
qisqartmasi demakdir.
1985 yili Stolmen loyiha mablag'ini boshqarish uchun erkin dasturiy ta'minot fondini
(Free Software Foundation - FSF) tashkil qiladi. Bu jamg'arma orqali yaratilayotgan
dasturlar sotilib, mablag’ loyihani qo’llab-quvvatlashga sarflanadi
1990 yillarga kelib, GNU loyihasi ichida erkin operatsion tizim hosil qilish taklifi paydo
bo’ladi. "Barcha ma'lumot erkin va ochiq bo'lishi kerak” – Stolmen “ta’limoti”
GNU - rekursiv: "GNU - Not UNIX", o'zbekcha ma'nosi: "GNU - Yuniks Emas"
qisqartmasi demakdir.
1985 yili Stolmen loyiha mablag'ini boshqarish uchun erkin dasturiy ta'minot fondini
(Free Software Foundation - FSF) tashkil qiladi. Bu jamg'arma orqali yaratilayotgan
dasturlar sotilib, mablag’ loyihani qo’llab-quvvatlashga sarflanadi
1990 yillarga kelib, GNU loyihasi ichida erkin operatsion tizim hosil qilish taklifi paydo
bo’ladi.
Ubuntu- zulu tilida «odamiylik», ma’nolarini beradi. Ubuntu logotipi «do’stlar»
davrasini anglatadi. Canonical kompaniyasi operatsion tizimni rivojlantirib kelmoqda.
Ubuntu tizimi ostida hamma saytlarning 8.2% ishlaydi.
Ubuntu asosida 131 ta distributiv ishlamoqda. Ubuntu One serverlari Amazon S3
joylashtirilgan. Amazon S3 foydalanuvchilarining 54% Ubuntu tizimlari afzal ko’rishadi.
2008 — yildan buyon Ubuntu Wikipedia tizimi serverlarida ishlatilyapti.
Fedora - Linux (avvalgi Fedora Core) 2002- yilda Gavayi universitetida Red Hat Linux
bilan birlashgan ma’lumotlar omborini tashkil etish uchun yaratildi.
Debian- eng mashhur distributivlardan biri bo’lib, boshqa proyektlar uchun asos sifatida
olingan. Distributiv nomi proyekt mualliflari Yan Merdok (Ian Murdock) va uning do’sti
Debraning (Debra) ismlaridan kelib chiqqan.
2013 — yilda uning ochiq kodli matnida 100 million qator borligi ma’lum qilinidi. Eng
faol qatnashuvchi Yonas Smedegord hisoblanib, 2001-yildan buyon 9349 ta o’zgarishni
amalga oshirildi. Dasturlar kodining 32.1% qismi C, 18.7% C++, 9.8% XML, 7.6%
Autoconf, 4.5% shell tillarida yozilgan.
LINUX ga eng ko’p o’zgartirishlar mobil telefonlar va elektronika ishlab chiqaruvchi
kompaniyalar tomonidan kiritilmoqda.
Linaro, Samsung va Texas Instruments kabi kompnaiyalar tomonidan o’zgartirishlar
kiritilmoqda. Google kompaniyasi tomonidan Android bilan bog’liq bo’lgan 7000 qator kod
tizimning hamma quyi tizimlarini qamrab olgan: tarmoq tizimi, havfsizlik va boshqalar.
Samsung kompaniyasi yadroga yangi fayl tizimi F2FS ni, Android tizimi bilan bog’liq
bo’lmagan boshqa patchlarni kiritdi.
Linux emblemasi uzoq tanlandi va oxiri pingvin Tux da to’xtaldi. Sababi esa
Torvaldsning «Just for Fun» kitobida keltiriladi: 1993-yili Avstraliya zooparklaridan
biridagi sayrda uni pingvin cho’qib oladi va bu holat Tux ning yaralishiga sabab bo’lgan.
Linux emblemasi amerikalik dasturchi Larri Erving tomonidan yaratilgan.
Hozirgi vaqtda Torvalds RedHat kompaniyasi aksiyalariga egalik qiladi va Linux
Foundation da ishlaydi.
Multics loyixasida qatnashib Thompson, Kennet 1969 yili komputeri uchun Unix ОТ ni
yaratgan.
1971-1973 yillarda Thompson, Kennet ва Деннис Ричи UNIX ОTni PDP-11 computer
uchun terminallarini qurgan.
1973 yilda Unixning katta qismi C tilida qayta yozib chiqilgan.
1974 yilda UNIXning dastlabki buyruqlari AQSH universitetlarida keng tarqalgan.
UNIX ni rivojlanish dinamikasini 3 ta guruxga ajratish mumkin:
Open source –Mininx 1.x, Linux 0.01, FreeBSD, BSD, NetBSD, OpenBSD lar ni kiritish
mumkin.
Mixed Shared Source-аралаш тақсимланган манбалар-Unix version 1.0, PWB/UNIX,
Closed Source –Sun OS, AIX, Xenix, SCO Xenix, System III, Unix Ware, HP-UX,
Solaris OS kiritish mumkin.
Eng birinchi AQSH universitetlarida UNIX operatsion tizimining bir necha versiyalari
mavjud bo’lgan.
AT&T kompaniyasi tomonidan 1982 yilda bir necha bir xil System III nomidagi
operatsiyon tizim versiyalari va 1983 yilda esa System V Versiyasi ishlab chiqarilgan.
1993 yilda AT&T UNIX OTining mualliflik huquqini Novell firmasiga sotdi, keyinchalik
u ham mazkur huquqni X/Open va Santa Cruz Operation (SCO) firmalariga sotdi.
Boshqa yo’nalishdagi UNIX – BSD versiyasi koliforniya universitetida ishlab
chiqarilgan.
AIX, A/UX, BSD, GNU, HP-UX, NetBSD, NEXTSTEP, OpenBSD, OPENSTEP, OSF,
POSIX, RISCiX, Solaris, SunOS, System V, Ultrix, USG Unix, Version 7, Xenix vа
hokazo.
Server-kompyuter, boshqa kompyuterlarning so’rovlariga tarmoq orqali ishlov berish va
saqlash qayta ishlash va ma’lumotlarni jo’natish uchun o’z resurslarini taqdim etadi. UNIX
boshqaruvidagi serverlar quyidagicha ko’rinishga ega:
Fayl serverlari;
Web-server;
Oqimli server;
Masofadan turib qayt qilish serveri (аутентификации);
Yordamchi Web-xizmat serverlari (DNS, DHCP);
Internet serverlar.
Operatsion tizim kompyuterning qurilmaviy qismda quyidagi minimal talablarga ega bo’lishi
kerak:
• Protsessor: 1,4 GHz, 32- razryadli ;
• Tezkor xotira : 512 Mb (32-bit)
• Diskda bo’sh joy: 16 GB (32-bit)
• Videadapter : DirectX 9 grafigini qo’llashi, 64 MB joy;
• DVD disklarni o’qish uchun qurilma.
Ubuntu operatsion tizimini o’rnatishda birinchi qilinadigan ishimiz kerakli tilni
tanlashimiz hisoblanadi. Undan so’ng “Папробовать Ubuntu” tugmasini bosib, Ubuntu
tizimini o’rnatmasdan ham ishlatib ko’rishimiz mumkin.
1-Rasm. Ubuntuni o’rnatish va tilni tanlash menyusi
Ubuntu operatsion tizimni o’rnatish uchun joriy oynadan “Установить Ubuntu”
tugmasini bosishimiz bilan o’rnatish jarayoniga tayyorgalik boshlanadi.
2-Rasm. Ubuntuni o’rnatish va tilni tanlash menyusi
Keyingi chiqadigan oynada operatsion tizim eng samaradorli o’rnashi uchun kompyuter
quyidagi 3 imkoniyat mavjud bo’lishi kerakligi haqida ogohlantitiladi:
Diskda minimum 4,4 Gb bo’sh joy bo’lishi;
Elerktr manbayiga ulangan bo’lishi;
Internet tarmog’iga ulangan bo’lishi.
Bundan tashqari o’rnatilish davomida yangilanishlarni yuklash va Ubuntu
operatsion tizimiga tashqi dasturiy ta’minot o’rnatish taklif qilinadi. Davom etish uchun
“Продолжить” tugmasi bosiladi.
3-Rasm. OT ni o’rnatish turlari
Keyingi bosqichda operatsion tizim o’rnarish uchun 2 variant tanlanadi:
“ Стереть диск и установить Ubuntu”- Bu variant tanlanganda,
diskdagi barcha ma’lumotlar o’chirilib, Ubuntu operatsion tizim
o’rnatiladi.
“Другой вариант”- Bu variantni tanlaganda diskni o’zingiz istagancha bo’lib,
istalganiga tizimni o’rnatishingiz yoki Ubuntu uchun bir nechtasini tanlashingiz
mumkin.
4-Rasm. OTni o’rnatish diskni tanlash
Disklar ajratilgach tizimni qaysisiga o’rnatishimiz kerak bo’lsa o’sha tanlanadi va
“Установить сейчас” tugmasi bosiladi. Tugma bosilishi bilan o’rnatilish jarayoni boshlanib
ketadi.
5-Rasm. OTni o’rnatilish jarayoni joyi va klaviatura tilini tanlash menyusi
O’rnatilish jarayoni davomida bizga joylashuvimizni tanlash va klaviatura raskladkalarini
tanlash taklif etiladi.
Ubuntu o’rnatilish jarayonida har xil lavhalar bizni Ubuntu operatsion tizim
imkoniyatlari, qulayliklari haqida ma’lumot berib ketadi. Bundan tashqari Ubuntu o’zining
qulay dasturiy muhitidan ham xabar berib uning yangi imkoniyarlarini havola qilib
foydalanuvchini tanishtirib o’tadi.
Tizim o’rnatilish jarayoni davomida bizdan ismimiz kompyuter nomi va foydalanuvchi
nomi oxirida parol kiritsh so’raladi. Yana bizga kirish avtomatik yoki tizimga kirishdan
oldin parol so’ralsin kabi opsiyalarini tanlashimiz mumkin. Bundan tashqari asosiy papkani
shifrlash imkoniyatiga ham egamiz. Shu bilan barcha boshlang’ich sozlanmalar sozlandi.
“Продолжить” tugmasi bosilishi bilan tanishtiruv lavhalari boshlanadi.
1-Rasm. Foydalanuvchini ro’yxatdan o’tkazish menyusi
Operatsion tizim o’rnatilgach bizdan kompyuterni o’chirib qayta yoqish so’raladi. Ubuntu
operatsion tizimining ishchi oynasi quyidagicha ko’rinishda bo’ladi.
1-Rasm. Ubuntuni asosiy ishchi oynasi
Tizimni sozlash uchun chap tomondagi kalit ikonchasini bosib undan so’ng ochilgan
oyna orqali tizimni sozlashimiz mumkin. Sozlanmalarni ba’zilarini izoh berib o’tsak:
1-Rasm. OT ni sozlash menyusi
Appearance – ishchi oyna rasmini va mavzusini o’zgartish sozlanmasi;
Brightness and Lock – ekran bir necha daqiqa jonsiz turganda bloklanish sozlanmasi;
Keyboard Layout – klaviatura raskladkasi sozlanmasi;
Language Support – tizim tilini tanlash sozlanmasi;
Privacy – qayta tiklanish sozlanmasi;
Ubuntu One – maxsus Ubuntu One bulut dasturi sozlanmasi;
Addictional Drivers – qo’shimcha dayverlar sozlanmasi;
Power – energiya tejamkorlik sozlanmasi;
Displays – ekran hajmlari sozlanmasi;
User Accounts – foydalanuvchi sozlanmsi;
Time & Date – vaqt va sana sozlanmasi;
Network – Internet sozlanmalari va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |