vazirligi huzurida Mo-nopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi
tashkil etildi. 2000-yil 2 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
"Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish
Davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi farmoniga asosan monopoliyaga
qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarilib, mustaqil davlat qoʻmitasiga
aylantirildi.
Oʻzbekiston davlatining raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan
siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa
shakllarini vujudga keltirish asosiy oʻrin tutadi. Xususiylashtirish natijasida,
birinchidan, mulk oʻz egalari qoʻliga topshirilsa, ikkinchidan, koʻp ukladli
iqtisodiyot va raqobatchilik muxiti vujudga keladi.
Raqobatni shakllantirishda iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak
boʻlgan sohalardagi korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban
moslashuviga imkon beradigan xoʻjalik yuritish mexanizmini ishlab chiqarish
muhim oʻrin egallaydi. Bu mexanizm davlat korxonalari iqtisodiy jihatdan erkin
boʻlishini, ularning faoliyati tijoratlashgan boʻlishini nazarda tutadi. Bozor iqtisodi-
yotiga oʻtish davrida raqobatning asosiy usuli narx boʻlganligi sababli, narxlarni
erkin qoʻyib yuborish raqobatli muhitni vujudga keltirishning asosiy talabi
hisoblanadi. Shu maqsadda Oʻzbekistonda "Monopolistik faoliyatini cheklash
toʻgʻrisida"gi qonun (1992-yil 3 avgust) qabul qilindi hamda uning asosida
raqobatchilikni rivojlantirishga karatilgan bir turkum normativ hujjatlar ishlab
chiqildi. Mazkur qonunga koʻra, bozorda ataylab takchillik yaratish, narxlarni mo-
nopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga toʻsqinlik qilish,
raqobatning gʻirrom usullarini qoʻllash man etiladi.
Hozirgi davrda Oʻzbekistonda, agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar
tovarlar bozoridagi shunday mahsulotning 35% dan ortiq boʻlsa, bu korxona
monopolist korxona sifatida Davlat reyestriga kiritiladi (oziqovqat tovarlari guruhi
uchun bunday mezon darajasi 20% qilib belgilangan).
Respublikada monopoliyalar roʻyxatiga kirgan korxona (tarmoq)larning bozordagi
mavqeini tartibga solishda bir qator usullardan: a) monopol mav-qedagi
mahsulotlarga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellik chegarasini
belgilab qoʻyish; b) oʻz monopol mavqeini suiisteʼmol qilgan monopolik
birlashmalarni bulib tashlash yoki maydalashtirish usullaridan foydalaniladi.
Oʻzbekiston Respublikasining "Isteʼmolchilarning hu-qukdarini himoya qilish
tugʻrisida" (1996-yil 26-aprel) qonuni asosida gʻirrom raqobatga, shu jumladan,
bozorlarga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarning kirishiga yoʻl
qoʻymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida eʼtibor berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining "Tovar bozorlarida monopolistax faoliyatni cheklash
va raqobat toʻgʻrisida" qonuni (1996-yil 27 dekabr) monopolistlar tomonidan
hukmronlik mavqeini suiisteʼmol qilishning oldini olish va mo-nopoliyadan
chiqarish va sogʻlom raqobat muhitini yaratish maqsadlarini koʻzlaydi.
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqdarida raqobat muhitini shakllantirish iqtisodiy
jihatdan maqsadga muvofiq emas. Bu tarmoqdagi korxonalar, odatda, "tabiiy
monopoliyalar" deb ataladi. Oʻzbekiston Respublikasining "Tabiiy monopoliyalar
toʻgʻrisida"gi qonunida (1997-yil 25 apr; yangi tahrirda 1999-yil 19 avgust)
respublikada tabiiy mo-nopoliyalarga nisbatan davlat siyosatining huquqiy asoslari
belgilab berildi. Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlarning tub mohiyatidan kelib
chiqqan holda monopoliyalarga qarshi va tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi
qonunchilik takomillashtirilib, ularning Yevropa Ittifoqi va boshqa rivojlangan
qonunchilik andozalariga mos kelishi taʼminlab borilmoqda.