1. Talab miqdoriga ta'sir qiluvchi omillar. Talab qonuni va Giffen samarasi.
2. Monopoliyaga qarshi qonunchilikning shakllanishi.
3. Zarar kormaslik nuqtasi. Umumiy foyda.
1. Talab miqdoriga ta'sir qiluvchi omillar. Talab qonuni va Giffen samarasi.
Kishilarning ehtiyoji ilmiy va hayotiy tushuncha bo’lib, iqtisodiy taraqqiyotning
barcha bosqichlarida amal qilib kelmoqda, chunki bu tushuncha kishilarning hayotiy
vositalarga bo’lgan zaruriyatini bildiradi. Ehtiyojning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi
ko’rinishi va amal qilishi talabdir. Lekin talab ehtiyojdan
farq qiladi va mustaqil
iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Uning farqi shundan
iboratki, kishilarning ehtiyoji o’sib boraveradi, cheksizdir. U pul bilan ta‘minlansa
va sotib olish kurbiga ega bo’lgan taqdirda talabga aylanadi.
Demak, aytish mumkinki,
talab – bu pul bilan ta‘minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj sotib
olish uchun zarur bo’lgan pul bilan ta‘minlanmasa, u “xoxish”, “istak” bo’lib
qolaveradi.
Bozordagi narxlarni o’zgarib turish darajasida iste‘molchilarning
tovar va
xizmatlarning ma‘lum turlarini va ma‘lum miqdorlarini sotib olishga layoqati
bo’lgan ehtiyoj talab deyiladi.
Talablar turlicha bo’ladi. Bir xil tovar va xizmatga bo’lgan talabning ikki turi bor va
ular bir-biridan farq qilinadi. Shu boisdan, yakka talab va bozor talabi bo’ladi.
Har bir iste‘molchining, ya‘ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning moddiy va
nomoddiy ne‘matlarga bo’lgan talabi – bu
yakka talab deyiladi. Bir
qancha
iste‘molchilarning
tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talablari
yig’indisi bozor talabi deyiladi.
Misol keltiramiz. Bir kg kartoshkani narxi 600 so’m bo’lsa, talab 5 kg bo’ladi (bir
oy davomida). 500 so’m bo’lsa, 7 kg bo’ladi, 300 so’m bo’lsa, talab 10 kg
chiqadi. Bozor talabi esa, 1 tonna, 2 tonna, 4 tonna va xaqozo bo’lishi mumkin.
Mahsulot narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o’zgarishi o’rtasida bo’ladigan
teskari yoki qarama-qarshi bog’liqlik
talab qonuni deyiladi.
Talab miqdori va hajmi faqat narxga bog’liq bo’lib qolmasdan, bir qator omillar ham
ta‘sir qiladi:
1. Iste‘molchilarning didi, ya‘ni tovarlar va xizmatlarni sotib olishga yoki
olmaslikka moyilligi yoki moyil emasligidir.
2. Bozor iste‘molchilarning soni.
3. Iste‘molchilarning daromadlari
4. Bir-biriga bog’liq tovarlarning narxi
5. Kelajakda narx va daromadlarning o’zgarishi ehtimoli.
Ana shu omillar o’zgarishi talab hajmining o’zgarishiga qanday ta‘sir ko’rsatishga
harakat qilamiz:
1. Biron-bir tovarga iste‘molchining didida ijobiy o’zgarish ro’y bersa,
narxning
tegishli darajasida unga bo’lgan talab ortadi va aksincha bo’ladi.
2. Bozorda iste‘molchilar soni ko’paysa, talab ortadi, iste‘molchilarning soni
kamaysa talab qisqaradi.
Masalan, aloqa vositalarining takomillashuvi xalqaro
moliyaviy bozor doirasini,
undagi qimmatli qog’ozlarning oldi-sotdi jarayonlarida ishtirok etuvchilar sonini
mislsiz kamaytiradi hamda aktsiya va obligatsiya kabi moliyaviy aktivlarga bo’lgan
talabning o’sishiga olib keladi. Tug’ilish darajasining pasayishi bolalar bog’chasi va
maktabga bo’lgan talabni kamaytiradi.
3. Pul daromadi o’zgarishining talab hajmiga ta‘siri
boshqa omillarga qaraganda
ancha murakkab. Daromad yuqori bo’lsa, iste‘molchilar yuqori sifatli tovarlarni
xarid qiladilar va aksincha. Masalan, non, kartoshka o’rnida go’sht,
asal va sut
maxsulotlari xarid qilinadi.
Daromadning o’zgarishi bilan talab miqdori to’g’ri bog’liqlikda o’zgaradigan
tovarlar oliy toifali tovarlar deyiladi. Daromadlar o’zgarishi bilan talab miqdori
teskari bog’liqlikda o’zgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi.
Iste‘molchilar daromadi va ular tomonidan sotib
olinadigan tovarlar miqdori
o’rtasidagi bog’liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernst Engel (1821-1896)
tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Shunga ko’ra, iste‘molchi daromadi bilan u
tomonidan sotib olinishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdori o’rtasidagi o’zaro
bog’liqlik
Engel qonuni deyiladi. Haqiqatan ham, aholi daromadlari o’sib borishi
bilan tovarlar ko’proq xarid qilinadi, daromadlar pasaysa (kamaysa) xarid qilish ham
pasayadi.
Past toifali tovarlar uchun Engel egri chizig’i pasayuvchi ko’rinishda bo’lib,
daromadlar oshib borishi bilan iste‘molchilar ularni kamroq miqdorda sotib oladilar.
Agar tovarning iste‘moli daromad darajasiga bog’liq bo’lmasa, u xolda Engel egri
chizig’i tik holda bo’ladi.