Xulosa Ingliz va o`zbek tillarida fe`l



Yüklə 281,5 Kb.
səhifə1/18
tarix19.06.2023
ölçüsü281,5 Kb.
#132672
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Ingliz va o`zbek tillarida fe`l


Ingliz va o`zbek tilida omonimiya hodisalari
1. Ingliz va o`zbek tillarida fe`l
2. o`timli va o`timsiz fe`llar haqida.
3.Holatni yoki turg`unlikni bildiruvchi leksik-semantik omonimlar
4. Harakatni bildiruvchi leksik-semantik guruhga kiruvchi omonimlar
Xulosa


1.Ingliz va o`zbek tillarida fe`l
So`zlar bir- biridan ma`no va Grammatik xususiyatlari jihatidan farq qiladi. Ba`zi so`zlar mustaqil ma`no ifodalay olsa , ayrimlari boshqa so`zlar bilan birgalikdagina ma`lum Grammatik ma`noni ifodalab, o`zicha mustaqil ma`no bildirmaydi, shu sababli mustaqil qo`llana olmaydi. Shunga ko`ra so`zlar uch turkumga ajratiladi:
Mustaqil so`zlar (ot, sifat, son, olmosh, fe`l, ravish)
Yordamchi so`zlar (ko`makchi, bog`lovchi, yuklama)
Undov so`zlar va taqlid so`zlar:
J. Bo`ronovning fikricha – ingliz va o`zbek tillarida fe`l so`z turkumi harakat yoki holatni bildirib, zamon, aspekt, mayl, nisbat, perfekt va boshqa grammatik kategoriyalarga ega bo`lgan so`z turkumi fe`l deyiladi. Fe`l – asosan shaxs faoliyatini ko`rsatib keladi. Fe`llarning aniq va noaniq formalari (finite and non-finite forms of the verb). Fe`l formalari gapda tuslanib yoki tuslanmay kelishiga ko`ra aniq yoki predikativ forma va noaniq yoki predikativ bo`lmagan formaga bo`linadi. Shaxs, zamon, son va mayl kategoriyalarida o`zgarib, gapda kesim vazifasida keluvchi fe`l formalari fe`lning aniq yoki predikativ formalar deyiladi. Harakat yoki holatni umuman ko`rsatish bilan birga qisman belgi yoki predmetlashganlikni ko`rsatib keluvchi fe`l formalari fe`llarning noaniq yoki predikativ bo`lmagan formalari deyiladi. Fe`lning noaniq formalari harakat yoki holatni gapning egasi bilan bog`lanib emas, balki undan ajralgan holatda, o`z - o`ziga ko`rsatib kelishi mumkin.
Fe`lning – noaniq formalari odatda shaxs-son, zamon, mayl kabi kategoriyalarini to`g`ridan-to`g`ri ko`rsatmaydi. Bu formalarga hozirgi ingliz tilida infinitiv, sifatdosh gerundiy kiradi. Fe`llarning aniq formalari gapda kesim vazifasida keladi, noaniq formalari ega gapda kesim bo`la olmaydi. Balki uning bir qismi vazifasida kelishi mumkin. fe`l strukturasi (verb structure) yasalgan fe`llar qo`shma yasama fe`llar deyiladi.
Predmetning harakatini va jarayon tarzidagi holatini bildirgan mustaqil so`z turkumi fe`l deyiladi. Fe`l nima qlmoq? so`rog`iga javob bo`ladi. Yozmoq, o`qimoq, bormoq, kelmoq, topmoq kabi. Fe`llar shaxs va predmetlar harakatini ifodalash bilan birga turlicha holatini, belgining o`zgarishini ham harakat tarzida anglatadi.
O`zbek tilida harakat va holat ma`nosi doim fe`llar orqali ifodalanavermaydi. Otlar ham mavhum harakat va holatni anglatadi. Fe`l ish-harakatning biror bajaruvchi tomonidan ma`lum vaqtda bajarilganligini bildiradi. Fe`llar ham boshqa so`z turkumlari kabi sodda, yasama va qo`shma fe`llarga bo`linadi. Sodda yoki tub fe`llar. Bir o`zakdan iborat bo`lgan fe`llar sodda fe`llar deyiladi.
Masalan: to come, to see, to work, to bright, to draw va boshqalar.
Fe`l, zamon, shaxs, nisbat kabi grammatik kategoriyalarida kelgan kategorial grammatik suffekslar uning strukturasini o`zgartirmaydi, ya`ni fe`llar sodda fe`ligicha qoladi. Masalan: Work – worked , works-working. Yasama fe`llar o`zak va affikslarning qo`shilishidan yasalgan fe`llar yasama fe`l deyiladi. Qo`shma fe`llar ikki yoki undan ortiq o`zaklarning o`zaro qo`shilishidan yasalgan qo`shma fe`l deyiladi. Qo`shma fe`llarga boshqa suffekslar qo`shilishi natijasida harakat bilan bajaruvchi orasida aloqa gapda fe`lning shaxs-son shakllar orqali egaga tobeligining ko`rsatadi .Fe`l biror holat belgining o`zgarishini bildirishi jixatidan sifatga zid qo`yiladi. Fe`l faol o`zgarishi jarayonidagi harakat va xolatni ma`lum vaqt bilan bog`liq tarzida ifodalaydi. Bu uning zamon shakllarida ko`rinadi. Fe`l- gap tizimida ot kabi sintaktik asos bo`lib xizmat qiladi. Fe`llarida uyushtiruvchilik xususyati kuchli bo`lib, ko`pincha boshqa so`zlarni o`ziga ergashtirib, uni boshqarib keladi.
Gapning ikkinchi darajali bo`laklari xol va to`ldiruvchi asosan fe`lga bog`lanadi. Ma`no xususyatiga qarab, fe`llar ikki turga bo`linadi:
1).Mustaqil fe`llar 2). Yordamchi fe`llar
Mustaqil fe`llar harakat va holat ma`nosini mustaqil ravishda bildiradi, fe`lga xos barcha grammatik xususyatlarga ega. Yordamchi fe`llar mustaqil fe`llarga birikib, xilma-xil ma`no anglatgan formalar xosil qiladi: o`qib chiqdi, cho`chib ketdi, o`qib beradi, o`qiy boshladi kabilar.
Yordamchi fe`llarning bir turi deb qaraluvchi to`liqsiz fe`llar asosan fe`lning analitik zamon shakllarini yasashda xamda ot kesimning bog`lama qismi vazifasida qo`llaniladi.
Fe`l- nisbat, mayl, zamon va shaxs-son kabi grammatik kategoriyalari predeaktiv munosabati ifodalanishining asosiy shakllariga kiradi. Fe`lning o`timli va o`timsizligigi, bo`lishili va bo`lishsizligi shakllari ham uning o`ziga xos xarakterli belgilaridandir. Fe`llar bo`lishli va bo`lishsiz shaklda bo`ladi. Fe`lning bo`lishli shakli harakatning bajarilishi xaqida tasdiqni bildirsa, bo`lishsiz shakli esa harakatning bajarilishi haqida inkorni bildiradi.
Masalan: yozaman, -yozmayman, o`qiyman,- o`qimayman. Fe`lning bo`lishli shakli maxsus affiksga ega emas. Bo`lishsiz shakli ega maxsus affeksga ega emas. Bo`lishsiz shakli esa maxsus grammatik vositalar orqali hosil qilinadi.
1). Fe`l asosiga – ma, affiksini qo`shish bilan.
Bu affiks fe`l shakllarida inkor ma`nosini ifodalovchi asosiy morfologik ko`rsatgich xisoblanadi.-ma affiksi bilan yasalgan bo`lishsiz shaklda xarakatning bajarilmasligi , bajarilmayotganligi ifodalanadi: Masalan: Uning havas bilan ishlayotganligini ko`rib indamadi. 2). Emas- yordamchi bilan: emas –yordamchisi asosan gap affikili sifatdan va moqchi- affikisi kelasi zamon fe`lining bo`lishsiz shaklini xosil qiladi. Masalan: 1).U xalqni , kalxozni aldamoqchi emasdi.2).Urushga qatnashganlar unitilmaydi. 3).yuq- yordamchi bilan hosil qilinadi . Bu yordamchi asosan –gan, -yotgan affiksli sifatdoshlarga qo`shilib, bo`lishsiz shakl xosil qiladt Masalan: Bu asarni hech kim o`qiyotgani yuq. 4). Na----na –inkor yuklamasi yordamida ifodalanadi. Bu yuklama bo`lishli fe`l bilan ishlatiladi. Bo`lishsizlik ma`nosi ifodalanadi.

Yüklə 281,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin