O`timli-o`timsiz fe`llarni tasniflashda fe`lning har xil turi yoki so`z turkumlari biron birikishiga va passiv transformatsiyada ishlatilishiga va nominalizatsiyaning ma`lum turiga kirishiga asoslanadi. Fe`lning to`ldiruvchi bilan birikishiga, bu fe`l birikmalarini boshqa so`zlar bialn birikuvini aniqlashga asoslanib, P. Robert`s fe`llarni quyidagi guruhlarga bo`ladi:
O`timsiz fe`llar (intransitive verbs)
O`timli fe`llar (transitive verbs)
Faraz qilish ma`nosini ifodalaydigan fe`llar (seenrclass verbs)
Paydo bo`lishni ifodalaydigan fe`llar (middle verbs )
Ish-harakat obyektga yo`naltirilganda o`timsizlik deyiladi. O`timsiz fe`llar gapda eganing faoliyatini ko`rsatadi. Ba`zi bir hollarda hisoblaganda S-V- strukturali gaplarda aniq nisbat formasidagi fe`l ish –harakatning bajaruvchisi gapning egasi ekanini ko`rsatadi. Ingliz va o`zbek tillarida o`timsizlik murakkablashmagan sodda, yasama va qo`shma fe`llar vositasida ifodalanib, bu xususiyat har ikki tilga majburdir.
O`timsizlik – fe`l birikmalari vositasida ham ifodalanishi mumkin.
Everyone began to move (wells)
His coffee grew cold while he scanned the paper indifferently. (drisser)
Fe`ldan anglashilgan ish-harakat to`g`ridan-to`g`ri grammatik obyektga o`tmasdan faqat grammatik subyektning o`zigagina bog`liqligini ko`rsatuvchi fe`l o`timsiz fe`l deyiladi.