Bunday hollarda vositasiz to`ldiruvchi nazarda tutiladi, chunki u gapda asosiy hisoblanmaydi. Obyektsizlikning bu turi hamisha biror to`ldiruvchi bilan qo`llaniladigan o`timli fe`l o`timli fe`l yordamida aniqlanadi.
Fe`l o`timsizlanganda ;
O`timsiz fe`llar o`z semantikasiga ko`ra vositasiz to`ldiruvchini istisno qiladi.
Fe`l o`timliligiga ko`ra belgilanganda shu fe`ldan keyin qanday so`z kelishi kerakligi o`z-o`zidan aniq bo`ladi.
Semantik jihatdan o`timli-o`timsizlik nisbatining ma`lum bo`limlari bilan bog`liqdir. Masalan: maxsus morfemalardan yasalgan tegishli formalar bilan ifodalangan majhullik, o`zliklik va birgalilik bir paytning o`zida o`timsizlikni ifodalaydi, aks holda kauzativlik o`timlilikga sabab bo`ladi. Grammatikaga subyektning ikkinchi bir subyektni ish harakat yoki protsesni bajarilishiga majbur qilishni yoki ish-harakatning biror predmet ustidan bajarilishini ko`rsatuvchi kategoriya kauzativlik kategoriyasi deyiladi.
Kauzativlik kategoriyasi ingliz tilida faqat leksik-semantik yaruslarda ifodalanadi. O`zbek tilida esa kauzativlik, morfologik, leksik va semantik yaruslarda ifoda etiladi. Fe`l –o`z navbatida quyidagi kategoriyalarga bo`linadi.
Bog`lovchi fe`llar: do, shall, will, can va boshqalar. Bular asosiy fe`lga quyidagi fe`llarni qo`shib ishlatiladi. Ya`ni may do, shall see, will do.
Munosabatni bildiruvchi fe`llar:
to consist – tashkil topmoq to resemble – o`xshamoq to lack - yetishmaslik o`zining formasi jihatidan fe`llar quyidagi bo`linmas grammatik darajalarga ega. Bular zamon, aspekt va nisbat kategorialaridir. Fe`lning eng asosiy ma`nosi ish –harakatning bajaruvchisi shaxs yoki predmet bilan ifodalanadi. Fe`l odatda harakat obyekti sifatida keladi. Fe`lning shaxsli va shaxssiz formasi mavjud.