Xulosa Ingliz va o`zbek tillarida fe`l


To send –yubor, to beet –urmoq, to eat – emoq, to love-sevmoq



Yüklə 281,5 Kb.
səhifə4/18
tarix19.06.2023
ölçüsü281,5 Kb.
#132672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Ingliz va o`zbek tillarida fe`l

To send –yubor, to beet –urmoq, to eat – emoq, to love-sevmoq
O`zidan keyin vositasiz to`ldiruvchini qabul qilmaydigan fe`llar o`timsiz fe`llar deyiladi.
Masalan: to live a long life- uzoq umr ko`rmoq , to die a violet death –birov tomonidan o`ldirilmoq.
3). to fight of heroes – qaxramonlarcha kurashmoq.
O`timli fe`l bilan vositasiz to`ldiruvchining munosabiti fe`l otlanganida ham saqlanadi. Fe`lning o`timli – o`timsizlikka aylanish darajasiga qarab, fe`llar birlamchi o`timli, birlamchi o`timsiz va ikkilamchi o`timli , ikkilamchi o`timsizlarga bo`linadi.
Birlamchilik va ikkilamchilik mazkur ma`noning fe`l negizida bo`lish- bo`lmasligi qarab aniqlanadi.Turli tillarda semantekasiga ko`ra ba`zi fe`llar o`timlilikni , ba`zilari o`timsizlikni anglatadi. Masalan: ingiliz tilida come, live, sleep, o`zbek tilida kelmoq, yasamoq, uxlamoq va boshqa bir qancha fe`llar birlamchi o`timsiz fe`llardir. Ular egani to`g`ridan to`g`ri aniqlaydi. O`timsiz fe`llar –gapning egasi bilan bevosita aloqador bo`ladi. O`timli fe`llar ega avval to`ldiruvchi bilan keyin ega bilan birikadi. Birlamchi o`timli –o`timsizlik asosan o`zak fe`llar yoki qo`shma fe`llarga xosdir. Lug`at so`zlashish sifatida birlamchi o`timsiz fe`llar, birlamchi o`timligiga nisbatan ancha mustaqildir. Shuning uchun birlamchi o`timli fe`llar lug`atlarda turli fe`l obyekt birikmalar bilan bayon etiladi. O`timli fe`llarning leksik ma`nosi vositasiz to`ldiruvchini talab etadi. Aks xolda uning ma`nosi to`la bo`lmaydi. O`timli – o`timsiz fe`llar ma`nolarini qanchali mustaqilligiga qarab, tilda ikki bo`lakli va uch bo`lakli kostruksiyalar paydo bo`ladi. S-V ikki bo`lakli, S-V-D uch bo`lakli konstruksiyalardir. Ikkilamchi o`timli – o`timsizlik turli yo`llar bilan ifodalanadi. a) o`timli – o`timsizlik bilan aloqador bo`lgan so`z yasovchi mofemalar fe`l negiziga kirilishi natijasida; b) fe`lga nisbat formalarini yasovchi gramatik morfemalar qo`shilish natijasida c) sintaktik usul bilan yangi ma`no yasash natijasida;



  1. J. Bo`drenov “Ingiliz va o`zbek tillarning qiyosiy gramatikasi” 150-153 bet Toshkent 1973 y

Bu xolatning o`lchovi ham o`zbek tili uchun birlamchi va uchinchisi ingiliz tili uchun hosdir. Nisbat belgilari bir vaqtning o`zida o`timli – o`timsizlikning hosil qilish mumkun. Shuning uchun ham ikkilamchi o`timli – o`timsizlik garammatik usul deb ataladi. Fe`lning o`timlilikdan- o`timsizlikka o`tishini hamda ularga nisbatan yasovchi affiksni qo`shishni, ikkilamchi o`timli – o`timsizlik yasalishining morfologik usul deyiladi. Boshqa turkiy tillar qatorida o`zbek tilida ham nisbat yasovchi suffiks o`timli – o`timsizlikni o`zgartira oladi. Fe`llar o`timli – o`timsizlarga yasalishining leksik – morfologik usuli so`z yasovchi afekslar ishtirokida amalga oshiriladi. Afeksal morfima yordamida yasalgan har bir fe`l yo o`timli fe`llar guruhiga yo o`timsiz fe`llar guruhiga ta`luqli bo`ladi.


Bazilarida o`timlilik, bazilarida esa o`timsizlik ustun bo`ladi. Leksik – morfologik usul unchalik xarakterli emas, chunki affeks yordamida yasalgan fe`lning o`zi bir vaqtda ham o`timli ham o`timsiz fe`l kabi qo`llanilishi mumkin.
O`timli – o`timsizlik yoki ikkilamchi o`timli - o`timsizlik yasalishining ko`rsatilgan usullari so`z va forma yasash usullari bilan bog`liqdir. Morfologik va sintaktik usullar va forma yasash bilan leksik usul mustaqil so`zlar yasash bilan bog`liqdir. O`timli – o`timsizlikning o`zgarishini va boshqa so`z turkumlaridan yasalgan yangi fe`llarning qo`llanilishini keyingi ot bilan fe`lning birikishiga bog`liqdir. Undan tashqari o`timli – o`timsizlikning darajasi ko`proq gapda ega vazifasida kelgan so`zining hususiyatiga ham bog`liq. Ingliz til sistemasida o`timli- o`timsizlik muxim axamiyatga ega. Avvalo fe`lning nisbat aloqasi fe`lning o`timli va o`timsizlik hususiyatiga bog`liq bo`lsa, otning subyekt va obyekt funksiya bajarishi ham shunga bog`liq.
Hozirgi ingliz tilida o`zlilik, birgalilik, umumiylik kabi nisbat ma`nolarini ifoda etish uchun maxsus nisbat formalari yuq. Buning ustiga fe`l bilan birikadigan otlarning yo`naltirilgan va yo`naltirilmaganligi morfologik jixatlardan aniqlanmagan. O`timli – o`timsizlilik ingliz tili fe`l sistemasida murakkab masali xisoblanadi. Ushbu masala yuzasidan proffessor B.A.Ileshi “fe`llarning o`timli va o`timsizga ajratish masalasi nazariy grammatikadagi eng qiyin masalalar qatoriga kiradi” deb yozadi. Ingliz tilida to`ldiruvchi o`timli- o`timsizlik va yo`naltirilgan –yo`naltirilmaganlik belgilari yo`qligi sababli o`timli va o`timsiz fe`llar orasiga aniq chegara kiritish qiyin.
Ingliz tilining semantik planida o`timsizlik deganda fe`l bilan ifodalangan ish-xarakat yoki subyektdan obyektga ish – xarakatini bajaruvchidan qabul qiluvchiga, ish-xarakatning bajaruvchidan uning obyektiga o`tish tushuniladi. Sintaktik birikish usuliga ko`ra o`zidan keyin vositasiz to`ldiruvchining qabul qiladigan fe`llar o`timli fe`llar deyiladi.

Yüklə 281,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin